44
1. Marketing tushunchasining ma’nosini ayting.
2. Marketing faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsadlarni sanang.
3. Marketing tadqiqotlari bosqichlarini sanang.
4. Tovarni reklama qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlarni sanang.
5. Reklamaning afzallik va kamchiliklarini aytib bering.
6. Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanib borishi marketing
tizimiga qanday ta’sir qilmoqda?
7. Tovarni sotish yo‘llari haqida nimalarni bilasiz?
8. Bozorda o‘rnashish deganda nimani tushunasiz?
9. Ulgurji va chakana savdo tashkilotlari haqida nimalar bilasiz?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Buni yodda tuting!
•
Marketing iste’molchilar ehtiyojlarini aniqlash va qondirish
tadbirlarini tashkil qilish bo‘yicha faoliyatdir.
•
Marketing faoliyati bilan maxsus bilimga ega marketologlar
shug‘ullanadi.
•
Marketing tadqiqoti mahsulotni o‘rganish, narxlash,
reklama qilish
va bozorda o‘rnashish bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
ma’lumot almashinishini, masalan, biror bir tovarning sotilishini,
unga pul o‘tkazilishini tez, aniq va shaffof amalga oshirilishini
ta’minlaydi. Shuning uchun ham zamonaviy
marketingda blokcheyn
texnologiyasini qo‘llash kengayib bormoqda.
2018- yil 2- oktabr kuni mamlakatimizda ilk bor “Raqamli
ishonch” jamg‘armasi va Rossiyaning Blockchain Industrial Allianse
kompaniyasi bilan hamkorlikda dori vositalari, tibbiy buyumlar va
tibbiy texnika mahsulotlari bazasida blokcheyn
texnologiyasi joriy
qilindi. Bu ma’lumotlar bilan barcha mutaxassislar, shifokorlar, tovar
yetkazib beruvchilar va bemorlar tanishishlari
va foydalanishlari
mumkin. Keyinchalik blokcheyn platformasida tovarning to‘liq hayot
davri aks etishi nazarda tutilgan.
Bu zamonaviy texnologiyaning muhimligini e’tiborga olib,
mamlakatimizda mintaqadagi birinchi blokcheyn-akademiyasini
tashkil qilish bo‘yicha Respublika oliy biznes maktabi va KOREA
GROUP kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi.
http:eduportal.uz
45
Dastlabki paytlarda odamlarning bunday faoliyati
natijasida tabiatdagi
muvozanatning buzilishi, unga yetkazilgan ziyonni qoplashga, o‘rnini
qaytadan tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
Keyingi yuz yilliklarga kelib jahonda iqtisodiyot sohasi rivojlanib,
insoniyatning tabiatdagi
jarayonlarga aralashuvi, tabiiy resurslardan
foydalanish miqyosi mislsiz darajaga borib yetdi va tabiat o‘zini o‘zi
tiklay olmay qoldi. Chunki ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlandi,
takomillashdi, lekin tabiatga zaharli gazlar,
oqava suvlar, chiqindilarni
ulkan hajmlarda chiqarib tashlash to‘la nazorat qilinmadi.
Ekologiya
insoniyatning uni o‘rab turgan tashqi muhit bilan o‘zaro
munosabatlari haqidagi fandir. U tabiatdagi resurslardan tejab-tergab
oqilona foydalanish,
ularni avaylab-asrash, qayta tiklash muammolarini
o‘rganadi. Ma’lumki, insoniyatning ehtiyojlari cheksiz bo‘lib, odamlar
ularni qondirish jarayonida tabiiy resurslardan foydalanadilar. Dastlab,
odamlarni tabiatning o‘zi boqqan bo‘lsa, keyinchalik ehtiyojlarning
Dostları ilə paylaş: