|
Iqtisodiy bilim asoslari84019 (2)128
Mashq
Mamlakatda tabiiy ishsizlik darajasi 5 foizni, umumiy ishsizlik
darajasi esa 10 foizni tashkil qiladi. Friksion va tarkibiy ishsizlik
mamlakatning 1 million aholisini qamrab olgani ma’lum bo‘lsa, qancha
ishsiz borligini aniqlang.
Tabiiy ishsizlik darajasi
–
mamlakatda faqat friksion va tarkibiy
ishsizlik bo‘lgan vaziyatdagi ishsizlik darajasi.
To‘la bandlik
– mamlakatda faqat tabiiy ishsizlik bo‘lgan
vaziyatdagi bandlik.
turli darajadagi muzokaralarda qatnashish.
3. Mehnatkashlarning ta’lim va tibbiy xizmat olish kafolatlarini
ta’minlashga harakat qilish.
4. Ish beruvchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari,
farmon, qaror va boshqa normativ hujjatlar talablariga rioya qilinishi
ustidan nazoratni amalga oshirish.
5. Kasaba uyushmalari a’zolarini noqonuniy ishdan bo‘shatilishidan
himoya qilish.
6. Fuqarolarning ish bilan ta’minlanganligi bo‘yicha kuzatuv olib
borish.
7. Ishdan bo‘shaganlar bo‘yicha barcha shartnomaviy kafolatlarga
amal qilinishini ta’minlash.
8. Mehnatkashlarning ish joylarida mehnat muhofazasi va texnika
xavfsizligi talablari ustidan nazorat o‘rnatish.
Har qanday davlatda ishsizlik muammosi mavjud bo‘lib, undan
butunlay xalos bo‘lishning iloji yo‘q. Mamlakatda friksion va tarkibiy
ishsizlik turlarining bo‘lishi iqtisodiyotda katta o‘zgarishlarga olib
kelmaydi va jamiyat uchun qaysidir ma’noda tabiiy holat hisoblanadi.
Mamlakatda faqat friksion va tarkibiy ishsizlik mavjud bo‘lgan holat
to‘la
bandlik
deb ataladi. Bu holatdagi ishsizlik darajasi esa
tabiiy ishsizlik
darajasi
deb yuritiladi. Bir hisobda, mamlakatda tabiiy ishsizlikning
bo‘lgani ma’qul. Chunki bunday ishsizlarning bo‘lishi ish bilan band
aholini yaxshiroq ishlashga undaydi. Ishsizlarni bekor yurmasdan,
malakalarini oshirib, tezroq ish topishga majbur qiladi. Mamlakatdagi
tabiiy ishsizlik darajasining 4—5 foiz bo‘lishi me’yoriy holat hisoblanadi.
Davlat ishchi kuchi bozorini tartibga solish va ishsizlikning oldini
olish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni qo‘llaydi:
— mamlakatda qancha ish o‘rinlari bor, qancha odam ish bilan band,
http:eduportal.uz
|
|
|