127
keskin kamayib ketishi, respublikamiz iqtisodiyotining yangi bozor
iqtisodiyotiga o‘tishi bilan bog‘liq chuqur iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlar
mamlakatimizda davriy ishsizlikni keltirib chiqardi. Davriy ishsizlik
paytida ko‘plab zavod va fabrikalar ishlashdan to‘xtaydi.
Minglab odamlar
qishloqdan shaharga ish qidirib boradilar. Narx-navoning oshishi, yashash
sharoitlarining og‘irlashgani tufayli oldinlari ishlamasdan yurgan uy
bekalari, nafaqaxo‘rlar va talabalar ham ish qidirib qoladilar. Natijada,
ishchi kuchi bozoridagi muvozanat butun mamlakat miqyosida buziladi.
Shu bois bunday ishsizlikning oldini olish davlatning eng muhim
vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ishchi kuchi bozoridagi muvozanatni saqlab
turish davlatning eng
dolzarb vazifalaridan biridir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishchi kuchi
resurslarining asosiy manbasi bo‘lgan aholini ishsizlik balosidan himoya
qilish bo‘yicha muttasil ish olib boriladi.
Bu ish bilan mehnat birjalari shug‘ullanadi.
Mehnat birjasi
ish
beruvchi korxonalar va ish qidirib yurgan kishilar o‘rtasida vositachilik
qiladigan davlat tashkilotidir. Mehnat birjasi ishsizlarni ro‘yxatga oladi,
korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlaydi va
ish qidirib yurgan
kishilarni bu korxonalarga ishga yollaydi. Mehnat birjasiga murojaat
qilgan ishsizga, kasbi bo‘yicha ish topilmasa, “ishsiz”
degan maqom
beriladi va ma’lum vaqtgacha ishsizlik nafaqasi bilan ta’minlab turiladi.
Ba’zi hollarda, yollanma ishchilar va ish beruvchi korxonalar o‘rtasida
oylik maosh miqdori, ishlash sharoitlari va mehnat xavfsizligini ta’minlash
masalalarida nizolar kelib chiqadi. Yollanma ishchilar o‘z manfaatlarini
himoya qilish maqsadida kasaba uyushmalariga birlashadi.
Kasaba
uyushmalari
nodavlat, jamoat tashkiloti bo‘lib, o‘z a’zolari manfaatlarini
himoya qiladi.
Kasaba uyushmalarining maqsadlari quyidagilardan iborat:
1. Kasaba uyushmalari a’zolarining
iqtisodiy, ijtimoiy, kasbiy maishiy
talablarini himoya qilish. Ularning turmush daraja ko‘rsatkichlarini
oshirish uchun kurashish.
2. Kasaba uyushmalari a’zolari nomidan boshqaruv organlari oldida
vakillik funksiyalarini amalga oshirish.
3. Kasaba uyushmasi a’zosi bo‘lgan ishchilarning hayot sifati
mezonlarini sezilarli ko‘tarishga intilish.
Bu maqsadlarga erishish uchun kasaba uyushmalari quyidagi
vazifalarni amalga oshiradilar:
1.
Munosib va haqqoniy ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni
ta’minlashga intilish.
2. Ishchi va xizmatchilarning manfaatlarini himoya qilish maqsadida
http:eduportal.uz