|
Iqtisodiy bilim asoslariFirma egalarining firmaning ustav kapitalini ko‘paytirish uchun84019 (2)Firma egalarining firmaning ustav kapitalini ko‘paytirish uchun
ajratgan qo‘shimcha mablag‘lari.
2.
Bankdan yoki boshqa firmalardan olingan qarz mablag‘lari.
3.
Firmaning qimmatli qog‘ozlar chiqarib sotishdan tushgan pul
tushumlari.
Tashqi moliyaviy manbalar ichki manbalardan shunisi bilan farqlana-
diki, ularni, albatta, qaytarish kerak bo‘ladi.
Firmaning ma’lum davr ichida mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflagan
xarajatlari
umumiy xarajatlar
deb yuritiladi va
TC
— inglizcha “total costs”
(umumiy xarajat) so‘zlarining bosh harflari bilan belgilanadi. O‘z navbatida,
umumiy xarajatlar doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlardan tashkil topadi.
Ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarga
doimiy
xarajatlar
(inglizcha — fixed costs) deyiladi va
FC
harflari bilan
belgilanadi. Doimiy xarajatlarga ijara haqi, qarz foizi, sug‘urta haqi,
amortizatsiya ajratmasi, ma’muriy xarajatlar kabi xarajatlar kiradi.
Bu turdagi xarajatlarni, mahsulot ko‘p yoki kam miqdorda ishlab
chiqarilishidan qat’i nazar, hatto mahsulot ishlab chiqarilmagan taqdirda
ham firma qoplashi zarur bo‘ladi.
O‘zgaruvchan xarajatlarga
(inglizcha — variable costs) mahsulot ishlab
chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiritiladi va
VC
harflari
bilan belgilanadi. Bu turdagi xarajatlarga xom ashyo, ish haqi, yoqilg‘i,
energiya manbalari, turli xil materiallarni sotib olish xarajatlari kiradi.
Qancha ko‘p mahsulot ishlab chiqarilsa, bu xarajatlar miqdori ham
shuncha ko‘p bo‘ladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar
yig‘indisi umumiy xarajatlardan iborat bo‘ladi.
Umumiy xarajat:
TC
=
FC
Dostları ilə paylaş: |
|
|