29
6- MAVZU
YALPI DAROMAD, FOYDA VA ZARAR
Anvar aka va Jamila opa shug‘ullanish uchun tadbirkorlik turini tanlash
maqsadida tadbirkorlik shoxobchalarining faoliyat natijalarini o‘rganib
chiqdilar va ularni o‘zaro taqqoslamoqdalar.
Anvar aka: “Fotostudiya kamroq daromad keltiribdi,
lekin olgan
foydasi ancha yaxshi, qandolatchilik sexining daromadi ancha ko‘p,
lekin
shunga yarasha xarajatlari ham ko‘p ekan” dedi. Jamila opa esa: “To‘y
liboslari salonining xarajatlari ko‘p, lekin
daromadi ham shunga yarasha
ko‘p bo‘lar ekan. Go‘zallik salonining xarajati kam, lekin foydasi ancha
yaxshi” deb muhokamaga qo‘shildi.
1. Siz ularning suhbatidan nimani tushundingiz? Daromadi ko‘p, lekin
xarajati ham katta tadbirkorlik turi yaxshimi yoki xarajati kam, lekin
daromadi ham kichikroq tadbirkorlik turimi?
2. Nima uchun ular ayrim tadbirkorlik turlarini daromadliroq, ayrimlarini
esa foydaliroq deb ta’kidlamoqdalar?
3. Ayrim tadbirkorlik turlari haqida odamlar “egasiga zarar keltirdi” deb
ta’kidlashlari nimani anglatishini bilasizmi?
4. O‘zingiz yashaydigan joyning
sharoitidan kelib chiqib, Anvar aka va
Jamila opaga qanday maslahat bergan bo‘lar edingiz?
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
http:eduportal.uz
30
Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda firma
faoliyatini baholovchi va
o‘lchovchi muhim iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Tadbirkorlik bilan
shug‘ullanishning asosiy maqsadlaridan biri — bu foyda olish ekanligini
eslatishning o‘zi kifoya. Foydani tadbirkorning tavakkalchilik qilib, o‘z
mablag‘ini ishga solgani uchun berilgan mukofot deb atash mumkin.
Ikkinchi
tomondan, foyda korxonaning o‘ziga xos “termometri”
vazifasini o‘taydi. Korxona katta miqdorda foyda olyaptimi, demak,
korxona “sog‘lom”, yaxshi ishlayapti. Korxona zarar ko‘ryaptimi, demak,
Korxonaning yoki biror shaxsning ma’lum vaqt davomida tovar va
xizmatlarini sotishdan qo‘lga kiritgan jami pul tushumi —
yalpi daromad
deb
yuritiladi va
TR
harflari (inglizcha “total revenue” (yalpi daromad)
iborasining bosh harflari) bilan belgilanadi. Agar sotilgan tovar miqdori
(
q
) va bitta tovarning o‘rtacha sotuv narxi (
p
) ma’lum bo‘lsa, yalpi
daromad quyidagicha topiladi:
Dostları ilə paylaş: