|
Iqtisodiy bilim asoslari84019 (2)33
7- MAVZU
IQTISODIY FAOLIYAT TAHLILI
FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Poyabzal sexi 2012- yilda 20 mln so‘m foyda olgan edi. U 2015- yilda
23 mln so‘m, 2018- yilda esa 30 mln so‘m foyda oldi.
Narxlar 2012- yilga nisbatan 2015- yilda 18 % ga, 2018- yilda esa
30 % ga qimmatlashgan.
1. 2015- yilda 23 mln so‘m pulga tadbirkor 2012- yilda 20 mln so‘m
pulga olganchalik tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? Nega bunday?
2. 2018- yilda 30 mln so‘m pulga 2012- yilda 20 mln so‘m pulga
olganchalik tovar va xizmatlar sotib ola oladimi? 2015- yilda 23 mln
so‘mga olganchalik tovar va xizmatlarni-chi?
3. Shularni e’tiborga olgan holda, 2015- yilda firma foydasi haqiqatan
ham ko‘paygan deb ayta olamizmi? 2018- yilda-chi?
Firmaning tovarni sotishdan olgan kirimini hisoblashda sotilgan tovar
miqdori tovar sotilayotgan paytdagi bozor narxiga ko‘paytiriladi. Firmaning
yillik daromadi esa uning mana shunday kirimlarining yig‘indisidan
iboratdir. Firmaning joriy yildagi daromadini uning oldingi yillardagi
daromadlari bilan solishtirmoqchi bo‘lsak, biz qanday yo‘l tutishimiz
kerak bo‘ladi? Inflatsiya natijasida tovarning narxi o‘zgargan. Bu esa o‘z
navbatida ishlab chiqarilgan tovar miqdori o‘zgarmagan taqdirda ham
firma daromadining o‘zgarishiga olib keladi. Natijada firma foydasining
ham o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham real daromad va real
foyda tushunchalarini kiritishimizga to‘g‘ri keladi. Firmaning joriy narx-
lardagi daromadi yoki foydasi firmaning
nominal daromadi
yoki
nominal
foydasi
deb ataladi. Firma daromadi yoki foydasining narxlar o‘zgarishini
inobatga olgandagi qiymatlari firmaning, mos ravishda,
real daromadi
yoki
real foydasi
bo‘ladi. Narxlarning o‘zgarishi darajasini aniqlovchi
ko‘rsatkich — bu
narxlarning o‘zgarish indeksi
dir. Bu indeks joriy yildagi
o‘rtacha narxlarning taqqoslash uchun olingan yildagi o‘rtacha narxlarga
3 – E. Sariqov, B. Xaydarov
http:eduportal.uz
|
|
|