32
1. Foyda bilan daromadning qanday farqi bor?
2. Foydaning tadbirkorlik uchun muhimligini asoslab bering.
3. Daromadning ortishi har doim ham foydaning ortishini anglatadimi?
4. Firmaning iqtisodiy ahvolini nimadan bilish mumkin?
5. Tovar narxini tushirib ham foydani ko‘paytirish mumkinmi? Qanday
qilib?
6. Firmaning foydasi qanday maqsadlarda ishlatiladi?
BILIMINGIZNI SINAB KO‘RING!
Firma hafta davomida 2000 dona mahsuloti ning 25% ini 1000 so‘mdan,
45% ini 1200 so‘mdan, qolganini esa 900 so‘mdan sotdi.
Fir maning bu haftadagi
daromadi qanchani tashkil qildi? Firma har bir tovarini o‘rta cha necha so‘mdan
sot gan? Firma bu haftada 560 000 so‘m foyda olgan bo‘lsa, uning bir haf talik
umumiy xarajat lari necha so‘mni tash kil qilgan? Firmaning bir dona tovar uchun
sarflangan o‘rtacha sarf-xarajati necha so‘mni tashkil qilgan?
Mashq
Firmaning foydasi quyidagi maqsadlarda ishlatiladi:
— foydaning tegishli qismi davlatga soliq tariqasida to‘lanadi;
— firma faoliyatini rivojlantirish uchun yangi
texnologiyalarni sotib olishga,
yangi bino va inshootlar qurishga sarflanadi;
— foydaning qolgan qismi esa korxona egalarining foydasi sifatida
o‘zlashtiriladi, aksiyadorlarga dividend sifatida taqsimlab beriladi.
Investitsiya qilish
(sarmoyalash)
— mablag‘ni
ishlab chi qarishni
rivojlantirishga sarflash.
Buni yodda tuting!
•
Foyda tadbirkorlarni biznesdagi yo‘qotishlarga va tavakkalchilik
orqali zarar ko‘rishlari xavfiga qaramasdan faoliyat yuritishga majbur
etadigan eng asosiy rag‘bat sanaladi.
•
Firma egasi uchun ko‘proq
daromad qilish emas, balki ko‘proq
foyda olish muhimroq.
Har bir firmaning maqsadi shunchaki foyda olish emas, balki imkoni boricha
ko‘proq
foyda olish, ya’ni foydani maksimallashtirishdan iborat. Foydani esa
ikki xil usulda ko‘paytirish mumkin. Birinchisi, yalpi daromadni ko‘paytirish
evaziga, ikkinchisi esa umumiy xarajatni kamaytirish hisobiga.
http:eduportal.uz