Iqtisodiy fanlar kafedrasi


Buxgalteriya hisobida pul mablag’larini avtomatlashtirsh



Yüklə 194,24 Kb.
səhifə20/41
tarix29.11.2023
ölçüsü194,24 Kb.
#139135
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Iqtisodiy fanlar kafedrasi-fayllar.org

Buxgalteriya hisobida pul mablag’larini avtomatlashtirsh

Buxgalteriya hisobi tarixiy rivojlanish jarayonida asta sekin o‘zgarib, takomillashib borgan. Jamiyat rivojlanishining har bir yangi bosqichida hisob registrlarining yangi turlari yuzaga kelgan va ularga qilinadigan yozuvlarning turlicha tartiblari hamda usullaridan foydalanilgan. Texnika vositalarining u yoki bu usullaridan foydalanish mazkur sharoitda yuzaga kelgan hisobdagi ro‘yxatga olish tartibining xususiyatlarini aks ettiruvchi buxgalteIiya hisobining turli shakllarining paydo bo‘lishiga olib keldi. Buxgalteriya hisobining paydo bo‘lishidan boshlab o‘tgan davr ichida uning shakllarida juda muhim o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi korxonalarida (https://fayllar.org/toshkent-kimyo-texnologiya-instituti-noorganik-moddalar-kimyov-v2.html), asosan buxgalteriya hisobining to‘rtta shakli: soddalashtirilgan, memorial-order, jurnal-order va elektron hisoblash mashinalariga asoslangan avtomatlashtirilgan shakllari qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda turli soha tizimlarida amalga oshirilayotgan avtomatlashtirish va modernizatsiyalash tendensiyasi buxgalteriya hisobi tizimini ham chetlab o‘tmadi. Chunki hamma tashkilotlar amalda ish jarayonlarini, jumladan, buxgalteriya ishlarini avtomatlashtirishga muhtoj. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida xo‘jalik amaliyotida kompyuter texnikasidan foydalanish buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan shaklini jadal rivojlantirishga yo‘l ochib berdi. Kompyuterlar katta hajmdagi axborotni xotirasida saqlashga qodir. Hisob yuritishning ushbu zamonaviy shaklini qo‘llash buxgalteriya hisobining hozirgi kundagi eng asosiy funksiyasi bo‘lgan axborotlarni tezkor-operativ ravishda olish imkoniyatini yaratadi. Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan axborot tizimini tuzish ancha murakkab tadqiqot-izlanishidan iborat loyihaviy ish hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining o‘ziga xos jihatlari ko‘p. Hujjatlarning ko‘pligi, keng xotirali va o‘tkazish xususiyatlari yaxshiroq bo‘lgan texnik vositalarni qo‘llashni talab etadi.


Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimining nazariy asoslari.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish tizimi iqtisodiy axborotni ishlashni avtomatlashtirilgan tizimining (IAIAT) tarkibiy, nisbiy, mustaqil qismi bo‘lib, boshqaruvning muayyan vazifasini o‘z ichiga oladi. Amalda ishlash quyi tizimlarining turli tarkiblari bo‘lib, ko‘pincha ulardan "Ildam boshqaruv", "Buxgalteriya hisobi", "Rejalashtirish", "Talabni o‘rganish va bashoratlash" tizimlari tez-tez uchrab turadi.Bozor iqtisodiyeti sharoitida boshqaruvning barcha darajalarda qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy asoslarini oshirish zarur. Boshqaruvning barcha xo‘jalik tuzilmalari o‘z harajatlarini o‘zi qoplashi o‘zini-o‘zi pul mablag'i bilan ta’minlashi va mustaqil bo‘lishini ta’minlamog'i lozim.
Boshqaruvni yaxshilashning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblash texnikasidan, avvalo, elektron hisoblash mashinalaridan (EHM) buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan tizimlari (BHAT) doirasida foydalanish axborotni to‘plash va ishlashni jadallashtirishga ko‘p muqobilli yechimlar tayerlashga yerdam beradi.EHMning qo‘llash avvalo boshqaruv xodimlarning axborot to‘plash, qayta ishlash va uzatish sohasidagi mehnat unumdorligini oshirishi kerak, hamda boshqaruv ishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarish imkonini beradi. Bunday qarorlarni qabul qilishda uchun o‘z vaqtida yetarli darajada to‘la axborotdan foydalanish imkon yaratadi. Elektron hisoblash mashinalari alohida ishlatilganda, faqat axborotni ishlash bosqichini va qisman uni saqlash, hamda berish bosqichlarigina avtomatlashtira oladi. EHMdan bunday foydalanishi kerakli samarani bermaydi. Texnologik jarayenning boshqa bosqichlarini ham avtomatlashtirish zarur, chunki ular ham sermehnat bo‘lib, boshqaruv jarayeni umumiy sermehnatligining deyarli yarimini tashkil etadi.
Shuning uchun, boshqaruvda EHMdan foydalanishgagina emas, balki boshqaruv ishini, uning barcha bosqichlarida majmuiviy avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini yaratishga katta e’tibor beriladi.Boshqaruv avtomatlashtirish tiziminining (BAT) boshqaruvining turli bosqichlarida ishlaydi. Xususan, umumiy maqsadli BATga reja hisob -kitoblari avtomatlashtirilgan tizimi (RHAT), moliya hisob - kitoblari avtomatlashtirilgan tizimi (MHAT), davlat statistikasi avtomatlashtirilgan tizimi (DSAT) va hokazolar kiritiladi. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tizimi (BHAT) BATning bir qismi bo‘lib, EHM va boshqa texnik vositalari yordamida axborotni to‘plash, qayd etish hamda uzatishni avtomatlashtiruvchi "odam-mashina" tizimidir. Maqbul vazifalar yechimlarini loyihalar yeki o‘z qarorlarini ishlab chiqishni, ular ijrosini nazorat qilishni avtomatlashtirish BATni iqtisodiy axborotlarni qayta ishlash tizimlaridan (IAQIAT) va BHATdan ajratib turadi."Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish" fanining o‘rganish predmeti buxgalteriya hisobi va hisobotlarida boshlang'ich axborotlarni yig'ish, qayta ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash, tuzish va ishlatish tushuniladi.
Iqtisodiy ma’lumotlarni ishlash tizimi o‘z rivojida bir qancha bosqichlardan o‘tadi. Birinchi bosqich - bu ma’lumotlarni qo‘lda ishlash usulidir. Bunda hisoblashlar qo‘lda yeki yerdamchi moslamalar (ashelar)dan foydalangan holda bajariladi. Bu bosqich hisob-kitoblarning nihoyatda sermehnatliligi, hujjatlashtirishning kunda kunga ko‘payishi bilan tavsiflanadi.Ma’lumotlarni ishlash tizimi rivojining ikkinchi bosqichi - iqtisodiy axborotni ishlashni qisman mexanizatsiyalashdir.
Uchinchi bosqich - bu majmuiy mexanizatsiyalash bo‘lib, bunda axborotni ishlash bo‘yicha barcha harakatlar mashinalarda bajariladi. Bu bosqichdagi texnik vositalar majmuiga EHM kiradi. Bunda ildam (https://fayllar.org/5-tashabbus-yurt-boshimiz-biz-deya-ildam.html), buxgalteriya va statistik hisoblarni uzviy birlashtirish ko‘zda tutiladi.To‘rtinchi bosqichida ma’lumotlarni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimi o‘rnini ma’lumotlarni ishlashning shaxsiy elektron hisoblash mashinalardan (ShEHM) foydalanishga asoslangan avtomatlashtirilgan tizimi egallaydi. Qisman avtomatlashtirish bosqichida ayrim vazifalar, uchastkalar yechimi o‘zaro bog'lanmay avtomatlashtirilgan. Ishlarni muvofiqlashtirish va axborotni ishlash jarayonini boshqarishni odam bajaradi.Beshinchi bosqich - iqtisodiy axborotni ishlashni majmuaviy avtomatlashtirish bo‘lib, bunda hisoblash jarayonini yakunlovchi axborotni to‘plashdan uzatishgacha bo‘lgan barcha ishlari yagona texnologik jarayenni hosil qiladi va avtomatlashtirilganidir. Bu bosqichda iqtisodiy axborotni ishlashning avtomatlashtirilgan tizimlari hamda, umuman, turli daraja va xizmatlardagi boshqaruv avtomatlashtirilgan tizimlari (BAT) paydo bo‘ladi.Belgilangan maqsadga ko‘ra axborot-ma’lumotnomali, axborot-tavsiyali, iqtisodiy-tashkiliy avtomatlashtirilgan tizimlar, texnologik jarayonni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlariga (TJBAT) ajratiladi.Ish tartiblariga ko‘ra vaqtning amaldagi ko‘lami, vaqtni taqsimlash, taqsimlash tartibi, muloqatli tuplamlilariga bo‘linadi va hokazo.Ma’lumotlarni ishlash darajasiga ko‘ra markazlashtirilgan, mahaliy va jamoa tarzida foydalanish turlariga ajratiladi. Mashinasiz va mashinali axborot ta’minoti texnik-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash yagona tizimi, boshqaruv avtomatlashtirilgan tizimlarda foydalaniladigan hujjatlashtirish hamda axborot guruhlarining birxillashtirish tizimlari jamidir.Texnikaviy ta’minot texnika vositalari majmuini hamda texnik vositalarni ishlatish hujjatlashtirishni o‘z ichiga oladi.Matematik ta’minot iqtisodiy-matematik modellar yaratish imkonini beradigan vositalar va usullar jamini o‘z ichiga oladi.Dasturiy ta’minot qo‘yilgan vazifalarni hal etish imkonini beradigan dasturlar va dasturiy vositalar yig'indisini o‘z ichiga oladi.Kadrlar ta’minotiga IAIAT ishlashini ta’minlaydigan kishilar jami kiradi.
Hisobot ахborotlarini tаhlili
Buxgalteriya hisobi axborot tizimlarining umumiy ta’rifi.Iqtisodiyotni boshqarishdagi o‘zgarishlar, bozor munosabatlariga o‘tish buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga o‘tish amalga oshirilmoqda, bu uning uslubiyatining Yangi shakllarini ishlab chiqishni talab qiladi. Hisobchidan korxona moliyaviy holatini ob’ektiv baholarini bilish, moliyaviy tahlili usullarini egallash, qimmatli qog'ozlar bilan ishlashni mukammal bilish, bozor sharoitlarida pul mablag'lari investitsiyalarini hisoblash va boshqalarni talab qiladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olgan holda hozirgi davrda hisobchini "moliyaviy menejer", "hisobchi-tahlilchi" deb atash ham mumkin.Boshqaruv vazifalariga an’anaviy ravishda ishlab chiqishni tayyorlash, rivojlantirish, moddiy texnik ta’minot, sotish (marketing), buxgalteriya hisobini olib borish va buxgalteriya faoliyatini amalga oshirish, tayyor mahsulotlarni sotish hamda kadrlar masalasini hal qilish kiradi. Kompyuterda ishlab chiqish nazariyasiga binoan ular vazifaviy tizimlar deb ataladi. Boshqaruv jarayenida buxgalteriya hisobi katta rol o‘ynaydi, bunda barcha axborotlarnining 60% jamlanadi.Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari asosida majmualarga birlashtirilgan, hisobning alohida uchastkalari tomonidan bajariladigan hisob vazifalarini hisoblash amalga oshiriladi.
Vazifalar majmuasi iqtisodiy mazmunini aniqlash, tasdiqlangan sintetik schetlarni olib borish, birlamchi va yig'ma hujjatlar, hisoblash algoritmlarini o‘zaro aloqalari hamda hisobning aniq uchastkasining uslubiy materiallari va me’yoriy hujjatlari bilan ta’riflanadi.Buxgalteriya hisobining axborotli tizimchalari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o‘z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi (https://fayllar.org/asosiy-vositalar-hisobi-v3.html), moddiy boyliklar hisobi, mehnat va ish haqi (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi, ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig'ma hisob va hisobotlarni tuzish. Shahsiy komputer bazasida avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilinishi, korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari suradi. Shunda ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish, turli foydalanuvchilar o‘rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang'ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo‘ladi. Bunday sharoitlarda turli vazifaviy tizimchalar majmualari o‘rtasidagi aniq chegaralar buzila boshladi, bu ilk navbatda buxgalteriya hisobining axborot bazasida namoyon bo‘ldi. Quyidagi 4 chismada buxgalteriya hisobining AATsharoitida faol ko‘rsatish tamoyillari keltirilgan.
Boshqaruv ob’ekti (korxonaning xo‘jalik faolyati)
Boshqariladiqan ob’ekt holati hagidaqi boshlagich ахborotlarni yig’ish,ro‘yhatdan o‘tkazish
Hisobot ахborotlarini foydalanuvchiga uzatish
Hisob ахboroti qayta ishlash va saqlash, hisobotlarni shakllantirish
Korxona ish faoliyati maqsadi
Buxgalteriya hisobining AAT sharoitida yo‘lga qo‘yish tamoyillari.
Boshqaruv masalalarining vazifalararo majmualari vujudga keldi. Buxgalteriya hisobi bo‘yicha dasturiy vositalarning yangi turlari hisobning turli uchastkalari majmualari axborotlarini birlashtiradi. Misol uchun, mehnat va ish haqi hisobining namunaviy loyihalarida bir vaqtda fondlarga to‘lovlar bo‘yicha to‘lov hujjatlari (daromad solig'ini to‘lash, nafaqa jamg'armalariga ajratmalar, tibbiyot sug'urtasi, bandlik jamg'armasiga hisoblash bo‘yicha to‘lov topshiriqnomalari) bo‘yicha to‘lov hujjatlarini ko‘chirib berish ko‘zda tutilgan, bunday mashina dasturini bajarilishi hisob vazifalarining ikkita majmuasini mehnat va ish haqini hisobi hamda moliyaviy hisoblash operatsiyalarini birlashtiradi. Moddiy boyliklar hisobi tayyorlash mahsulotlarining hisobi va boshqalar bo‘yicha vazifalar majmuasida ham xuddi shunga o‘xshash misollarni keltirish mumkin.Vazifalararo majmuani tashkil qilish "materiallar" dasturi misolida ham ko‘rib chiqish mumkin. Uning asosini korxonadagi mahalliy hisoblash tarmog'i sharoitlarida yaratilgan yagona ma’lumotlar bazasi tashkil qiladi. Moddiy boyliklarning mavjudligi va harakatini hisobga olishni uchta bo‘lim mutahassislari amalga oshirmoqdalar: omborlar (https://fayllar.org/reja-suv-omborlar-haqida-umumiy-malumotlar.html), hisobxona, moddiy-texnik ta’minot bo‘limi. Dasturiy majmua o‘lichoviga omborchi (ombor) moduli, hisobxona moduli, moddiy-texnik ta’minot bo‘limi modulini birlashtiradi.Omborchining dasturiy moduli ombor kartotekasini olib borilishini: hisobchining ma’lumotli qismida moddiy boyliklar harakati bo‘yicha hujjatlarni buxgalteriya hisobi to‘ldirilishini, materiallarni harakati bo‘yicha operatsiyalar nazoratini, materiallar harakati miqdori va summasini aks ettirilishi hisobi, moliyaviy hisob-kitoblarni ta’minlaydi. Moddiy-texnik ta’minot iqtisodchisi moddiy boyliklarning harakati bo‘yicha hujjatlarni shakllantirishni olib boradi.Buxgalteriya hisobi majmualari murakkab ichki va tashqi aloqalarga ega. Ichki aloqalar buxgalteriya hisobining ayrim vazifalari, majmualari va uchastkalarini axborotli o‘zaro hamkorliklarini, tashqi aloqalar boshqaruvning o‘ziga vazifalarini amalga oshiruvchi boshqa bo‘linmalari hamda tashqi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligini aks ettiradi.Buxgalteriya hisobining halqaro tizimlarga o‘tishi amalga oshirilmoqda.



  1. Yüklə 194,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə