Iqtisodiy fanlar kafedrasi



Yüklə 194,24 Kb.
səhifə18/41
tarix29.11.2023
ölçüsü194,24 Kb.
#139135
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Iqtisodiy fanlar kafedrasi-fayllar.org

Topshiriqlar:
1-topshiriq. Zarur so‘z va birikmalarni qo‘shib, gaplarni to‘ldiring. Fe’l shakllarining qo‘llanishiga e’tibor bering.
1. Men Ilhom Shokirov... 2007-yildan ... taniy... . 2. Shu fakultet ... „Kasb ta’limi“ yo‘nalishi... birga o‘qiy... . 3. I. Shokirov intizomli, …, talaba ... tanilgan. 4. Fakultetimizning jamoat ishlari... faol qatnash... . 5. U sport ... muntazam shug‘ullana... , shu yilgi respublika festivalida stol tennisi ... faxrli uchinchi o‘rin... egal... . 6. U ingliz til … … biladi, erkin so‘z... ola... . 7. “Kasb ta’limi” kafedrasi… ilmiy ish… jalb etilgan. 8. Shun... ko‘ra, men Ilhom Shokirovni Beruniy nom... stipendiyani olish ... tanlovda qatnashish... tavsiya eta....
Guruh murabbiyi: imzo K.Sobirov.
2-topshiriq. O‘qish va jamoat ishlarida ijobiy ishlari bilan o‘zini ko‘rsata olgan guruhdoshingizni biror mukofot bilan taqdirlanishi uchun tavsiyanoma yozing.
T A R J I M A Y I H O L
Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi hol deyiladi. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassar yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir.
Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjatning nomi (Tarjimayi hol)
2. Matn:
a) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi;
b) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi;
c) millati, ijtimoiy kеlib chiqishi;
d) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi va ish joyi);
e) ma’lumoti (qayеrda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi);
f) ish faoliyatining turlari;
g) oxirgi ish joyi va lavozimi;
j) mukofot va rag‘batlantirishlar;
z) jamoat ishlarida ishtiroki;
i) oilaviy ahvoli va oila a’zolari;
k) pasport ma’lumotlari;
l) turar joyi (uy adrеsi), tеlеfoni.
3. Sana.
4. Imzo.
Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologik) asosida, aniq sanala bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) bеriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kеrakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin.

Yüklə 194,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə