Iqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish


Iqtisodiy ma’lumotlarga qo’yiladigan talablar



Yüklə 126,29 Kb.
səhifə4/8
tarix23.09.2023
ölçüsü126,29 Kb.
#122871
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy ko\'rsatgichlarni prognozlash

Iqtisodiy ma’lumotlarga qo’yiladigan talablar. Bashoratlashda qatorlarning yonma-yon kelgan darajalari oraliqlarini tanlash muhim ahamiyatga ega. Vaqt bo’yicha oraliqlar o’ta yiriklashtirib olinganda ko’rsatkichlar dinamikasining ayrim qonuniyatlarini soddalashtirishlarga olib kelishi mumkin. O’ta maydalashtirilganda esa hisoblash hajmi ko’payadi, jarayon dinamikasida muhim bo’lmagan qismlari paydo bo’ladi. Qator darajalari o’rtasidagi vaqt bo’yicha oraliq har bir jarayon uchun aniq tanlanishi zarur, ammo darajalar teng oraliqlarda olinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Haqiqatda rivojlanish jarayonini davriy qatorlar orqali ifodalashning muhim shartlaridan biri qator darajalarini taqqoslamaligini ta’minlashdan iborat. Buning uchun qator darajalari bir hil o’lchov birliklariga keltirilishi, davrlar miqiyosida olinganda esa aynan shu davrga tegishli bo’lishi kerak. Taqqoslamaslik sharti ko’proq narx ko’rsatkichlari va narxlarning o’zgarishi, xududlarning almashinishi, korxona va tashkilotlarni yiriklashtirilishi yoki butunlay yo’q bo’lib ketishi natijasida buzilishi mumkin.
Iqtisodiy jarayonlar dinamikasini mukammal o’rganish uchun kuzatuv ob’ektlari darajasidagi ma’lmotlar to’liq bo’lishi, davriy qator etarlicha uzunlikka ega bo’lishi, kuzatuv natijalari tushib qolmagan bo’lishi kerak.
Davriy qatorlar darajalarida anamal (mavhum) qiymatlar uchrashi mumkin. Bunday qiymatlar ma’lumotlarni yig’ish, yozib olish yoki uzatishda yo’l quyiladigan xatolar natijasida paydo bo’lishi mumkin. Bunday xatolar texnik xatolar yoki birinchi turdagi xatolar bo’lib ularni bartaraf etish zarur. Lekin anamal qiymatlar ham haqiqiy jarayonni ifodalashi mumkin, masalan, bozorda dollar kursining tebranishi yoki qimmatli qog’ozlar kursining tushib ketishi va boshqalar. Bunday anamal qiymatlar ikkinchi turdagi xatoliklar bo’lib, bartaraf etilmasdan, balki ulardan haqiqiy holatni baholashda faydalaniladi. Davriy qatorlarda anamal darajalarni aniqlash uchun maxsus usullardan foydalaniladi(masalan Irvin usuli)*.

Yüklə 126,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə