Iqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish


Firma ishchilarining ish haqi fondi



Yüklə 126,29 Kb.
səhifə3/8
tarix23.09.2023
ölçüsü126,29 Kb.
#122871
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy ko\'rsatgichlarni prognozlash

Firma ishchilarining ish haqi fondi

Oylar

Yanvar’

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

Ish haqi fondi, mln. so’m hisobida

2.305

2.330

2.370

2.380

2.385

2.390

2.392

2.400

2.400

Hosilaviy qatorlar ko’rsatkichlarning o’rtacha va nisbiy qiymatlaridan tuziladi.
Firma ishchilarining o’rtacha ish haqi

Oylar

Yanvar’

Fevral

Mart

Aprel

May

Iyun

Iyul

Avgust

Sentyabr

O’rtacha ish haqi, mln. so’m hisobida

181.5

182.1

179.5

173.7

170.4

164.8

162.7

160.0

160.0

Qatorning darajalari determinerlangan yoki tasodifiy qiymatlar bo’lishi mumkin. Oyda, kvartalda, yilda kunlar soni haqidagi ketma-ket ma’lumotlar qatori determinerlangan qiymatlar qatoriga misol bo’lishi mumkin. Darajalari tasodifiy qiymatlarlardan iborat bo’lgan qatorlar bashoratlashda keng qo’llaniladi. Bunday qatorlarning har bir ko’rsatkichi diskret yoki uzluksiz qiymatlarga ega bo’lishi mumkin.
Davriy qatorlarning tarkibiy qismlari. Agar davriy qatorlarda iqtisodiy ko’rsatkichlarning o’zgarish tendentsiyasi uzoq vaqt davom etsa, u holda jarayon o’zgarishida trend mavjud deyiladi. Trend deganda rivojlanishning umumiy yo’nalishi yoki davriy qatorlarning asosiy tendentsiyasini aniqlovchi o’zgarish tushuniladi. Trend dinamika qatorining uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchi tizimli tarkibiy qismlari qatoriga kiradi. Davriy qatorlarda ko’pincha iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi qatorlarning davriyligini ifodalovchi qismiga tegishli bo’lgan tebranish uchraydi. Iqtisodiy ko’rsatkichlar davriy qatorlarining darajalarini qiymatlari: trend, mavsumiy, davriy (tsikllik) va tasodifiy qismlardan tashkil topadi.
Agar tebranish davri bir yildan oshmasa, u holda bunday tebranish mavsumiy deyiladi, agar bir yildan oshsa tsiklik (davriy) tebranish deb ataladi. Ko’proq mavsumiy o’zgarishlar sababi tabiat, iqlim (klimatik) sharoitilar bo’lsa, tsiklik (davriy) o’zgarishlarning sababi demografik tsikllardan iborat bo’ladi.
Dinamika qatorining trend, mavsumiy va tsiklik tashkil etuvchilari mavsumiy yoki tizimli tashkil etuvchilar deb ataladi. Agar davriy qatordan muntazam tashkil etuvchilarni chiqarib tashlansa tasodifiy tashkil etuvchilar qoladi.

Yüklə 126,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə