Iqtisodiy ko’rsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish



Yüklə 126,29 Kb.
səhifə6/8
tarix23.09.2023
ölçüsü126,29 Kb.
#122871
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy ko\'rsatgichlarni prognozlash

1-misol.
Quyidagi jadvalda firma xizmatchilarining oylar bo’yicha ish haqi fondi pul birligida berilgan.

t

1

2

3

4

5

Yt

252,0

253,0

254,2

255,3

256,5

Ish haqi fondining 6 - oy bashorat qiymatini aniqlash uchun o’rtacha mutloq qo’shimcha o’sishni qo’llash o’rinli ekanligiri asoslang.
Echimi:
Zanjirli mutloq qo’shimcha o’sish qiymatlarini aniqlaymiz:
ΔY2= Y2- Y1=253-252=1
ΔY3= Y3- Y2=254,2-253,0=1,2
ΔY4= Y4- Y3=255,3-254,2=1,1
ΔY5= Y5- Y4=256,5-255,3=1,2
Zanjirli mutloq qo’shimcha o’sish 1 dan 1,2 gacha o’zgaradi, ularning o’zgarishi bir xilda. Bu o’zgarish firma ish haqi fondining oylar bo’yicha dinamikasi chiziqli o’zgarishga ega ekanligini ko’rsatadi. Shuning uchun Y6 ning bashorat qiymatini o’rtacha mutloq qo’shima o’sish (ΔŶ)ni qo’llab aniqlash o’rinli.
ΔŶ=( Y5- Y1)/( n-1)=(256,5-252)/(5-1)=1,125, Ŷ= Y5+ ΔŶ=256,5+1,125=257,625.
2-misol.
Firma xodimlarining oylar bo’yicha ish haqi fondi dinamikasi 5 oy davomida taxminan o’zgarmas o’sish sur’atlarida o’zgarib borgan. 1- oyda ish haqi fondi 252 pul birligini, 5 – oyda esa – 256,5 pul birligini tashkil etgan. Firma xodimlarining 6-oy ish haqi fondini o’rtacha o’sish sur’atini qo’llab aniqlang.
Echimi:
Misol shartiga asosan 5 oy davomida ish haqi fondi o’zgarmas o’sish sur’ati bilan o’zgarib borgan. Shuning uchun 6 – oy ish haqi fondining bashorat qiymatini o’rtacha o’sish sur’atini qo’llab aniqlash mumkin.
O’rtacha o’sish sur’ati quyidagidan iborat:


Shunday qilib, firma xodimlarining ish haqi fondining bashorat qiymati:
pul birligiga teng.
Iqtisodiy jarayonlarni bashoratlashda tuziladigan davriy qatorlarida iqtisodiy ko’rsatkichlarning anamal qiymatlarini uchrashi, ko’rsatkichlarni bashorat qiymatlarining aniqligiga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun davriy qatorlar dastlabki tahlildan o’tkaziladi.
Iqtisodiy ko’rsatkichlar davriy qatorlarini dastlabki tahlili, qator darajalarida qaralayotgan iqtisodiy tizimning haqiqiy imkoniyatlariga mos kelmaydigan anamal qiymatlarni namoyon etish hamda trend mavjudligini aniqlashdan iborat.
Davriy qatorlarni dastlabki tahlildan o’tkazish uchun «Statistikaning umumiy nazariyasi» fanidan tanish bo’lgan usullar qo’llanadi, jumladan qatorlarni tekislash, sirg’aniq o’rtachalar, eksponentsial tekislash va boshqalar.

Yüklə 126,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə