Iqtisodiy o’sishning keynscha va neokeynscha modellari reja



Yüklə 33,35 Kb.
səhifə2/4
tarix19.09.2023
ölçüsü33,35 Kb.
#122467
1   2   3   4
02.IQTISODIY O’SISHNING KEYNSCHA VA NEOKEYNSCHA MODELLARI

Kurs ishining maqsadi: Iqtisodiy o’sishni prognozlashtirish va tahlil qilish mavzsiga oid ma'lumotlar to'plash va ularni tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
1. Harakatli o’yinlarni qisqacha tarixi va tushunchasini o'rganish;
2. Harakatli o’yinlar davrlari va fidoyilik tarbiyasini o'rganish;
3. Harakatli o'yinlarning bolani har tomonlama tarbiyalash vositasi sifatidagi ahamiyatini o'rganish;
4. Harakatli o’yinlarni tashkil qilishni o'rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining obyekti: Iqtisodiy o’sishni prognozlashtirish va tahlil qilish mavzusiga oid ma'lumotlar.
Kurs ishining predmeti: Iqtisodiy o’sishni prognozlashtirish va tahlil qilish jarayoni hamda takomillashtirish va rivojlantirishning mazmuni, ta’lim vositalari, usul va metodlari
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikkita bob(4ta paragraf), xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I.BOB. IQTISODIY O’SISHNI PROGNOZLASHTIRISH VA TAHLIL QILISH
1.1.Iqtisodiy o‘sish va uning omillari
Keynschilik iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-y.larida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi J.M.Keyns. K.ning asosiy tamoyillari uning "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) asarida bayon etilgan.
20-asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning toʻla samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. K.ning asosiy gʻoyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi taʼminlay oladi. Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari va i.ch. maqsadlaridagi mahsulotlarga "samarali talab" (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini koʻrsatadi. "Samarali talab" 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori va i.ch. vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi "isteʼmolga moyillik" va "asosiy ruhiyat qonuni" bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi.
Keyns oʻzining "bandlik nazariyasi" asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini ishlab chikdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, bandlik darajasi umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi isteʼmolga moyillik ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy beradi, isteʼmol tovarlari va i.ch. vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga olib keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini taʼminlaydi. Mehnat taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va investitsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.
Keyns investitsiyata katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar i.ch. isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (qarang Multiplikator nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta solishtirma hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi.
Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻʼtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6% ishsizlik norma deb qaraladi va "toʻla bandlik" sifatida talqin etiladi.
Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillari katta taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush bilan bogʻliq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan keyingi tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya).
20-asrning 70-y.larida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi, ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. K. gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi.
Joriy yilning birinchi yarmidagi iqtisodiy natijalar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 3 avgust kuni joriy yilning birinchi yarmidagi iqtisodiy natijalar tahlili hamda yil yakuniga qadar barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Birinchi yarim yillikda mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 6,2 foizga o‘sgani qayd etildi. Bunga, asosan, sanoat 8,5 foiz, investitsiyalar 5,9 foiz va xizmatlar hajmi 8 foizga oshgani hisobiga erishilgan. Inflyatsiya darajasi 10,9 foizni tashkil etgan.
Shu davrda jami 200 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu sohadagi yuqori o‘sish sur’atlari kon-metallurgiya, to‘qimachilik va elektr energiyasi tarmoqlarida, Qashqadaryo, Sirdaryo, Jizzax, Namangan viloyatlari va Toshkent shahrida kuzatilgan.
Bunga, avvalo, iqtisodiyotning bir maromda ishlashi hamda tashqi bozorlarda kon’yunkturaning yaxshilanishi evaziga erishilgan. Iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashda davlat resurslari ham hal qiluvchi omil bo‘lmoqda.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish uchun zarur moliyaviy resurslar ajratilgan bo‘lsa-da, hali joylarda kutilgan natija bo‘lmayotganini ta’kidladi.
Hududiy sanoat hajmi Sirdaryo viloyatida 41 foiz, Xorazmda 33 foiz, Namangan va Surxondaryoda 24 foiz o‘sgan. Biroq, bu ko‘rsatkich katta imkoniyatlarga ega Farg‘ona viloyatida atigi 1,2 foiz va Toshkent viloyatida 4,6 foizni tashkil etgan.
Umuman, birinchi yarim yillikda 110 ta hududiy sanoat korxonasida o‘tgan yilga nisbatan 2,2 trillion so‘mlik mahsulotlar kam ishlab chiqarilgan.
Iqtisodiy tahlil fani bеvosita iqtisodiy nazariya fani bilan bog’liq. Iqtisodiy nazariya jamiyatda sodir bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarning ma‘lum qonuniyatlarini, ularning xaraktеrlanish va amal qilish yo’llarini o’rgatadi
Bu esa uning barcha iqtisodga oid fanlar uchun, jumladan, iqtisodiy tahlil uchun ham uslubiy asos ekanligini ta’minlaydi. Iqtisodiy tahlil esa shu qonunlarning mikroiqtisodiyot ko’lamida sodir bo’lish jarayonini o’rgatadi. Iqtisodiy tahlil o’z navbatida iqtisodiyotda sodir bo’layotgan jarayonlarni chuqur o’rganish bilan iqtisodiy nazariya fanining rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratildi. Iqtisodiy t Bu fanlar mazmun va mohiyati jihatidan aniq amaliy fanlar guruhiga kiradi. Iqtisodiy tahlil buxgaltеriya hisobining mantiiqiy davomi hisoblanadi. Buxgaltеriya hisobining asosiy vazifasi moliyaviy hisobotni tuzish, axborotlarni umumlashtirish bilan tugaydi. Shu moliyaviy hisobotlar asosida sodir bo’lgan iqtisodiy jarayonlarni o’rganish bilan iqtisodiy tahlil fani shug’ullanadi. ahlil fani buxgaltеriya hisobi fani bilan ham uzviy bog’liq.
Investitsiya loyihalarining samaradorligi ham ko‘rib chiqildi. Jumladan, hududiy investitsiya dasturlari doirasida birinchi yarim yillikda 5 ming 246 ta loyiha amalga
oshirilgan. Lekin ularning sanoat o‘sishida o‘rni sezilmayotgani, bunga mas’ul hokim o‘rinbosarlari korxonalar bilan yaqindan ish olib bormayotgani qayd etildi.
Hisobot davrida mamlakatda jami 53 mingta yangi tadbirkorlik sub’ekti tashkil etilib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 14 foiz oshgan.
Yig‘ilishda 9 oy va yil yakuni bo‘yicha iqtisodiy o‘sishni ta’minlash chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Ikkinchi yarim yillikda yirik tarmoq korxonalarida 86 trillion so‘mlik, hududlarda 142 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi bunda muhim omil bo‘ladi.
Masalan, shu davrda to‘qimachilikda 15 trillion so‘mlikdan ziyod mahsulot tayyorlash va 1 milliard 700 million dollarlik eksport qilish imkoniyati bor. Yoki, elektr texnikasi tarmog‘ida eksportni 348 million dollar, charm sanoatida 251 million dollarga yetkazish mumkin.
Shuningdek, hududlarda “drayver” bo‘lgan sohalarni rivojlantirish, kichik va o‘rta korxonalarda ishlab chiqarishni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Bosh vazir o‘rinbosarlariga ishga tushirilgan loyihalarni joyiga chiqqan holda, batafsil o‘rganib, to‘liq quvvatda ishlashiga ko‘maklashish bo‘yicha topshiriq berildi.
Ma’lumki, oxirgi besh yilda qishloq xo‘jaligini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha Prezidentning 30 dan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi.
Qo‘shimcha yer maydonlari foydalanishga kiritilib, imkoniyatlar kengaydi. Soha uchun subsidiyalar ajratildi. Qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida klaster tizimi joriy qilinib, ularga shu yilning o‘zida 6 trillion so‘mdan ziyod kreditlar berildi.
Lekin, bu sohada natijadorlik kutilgandek emasligi, ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘pligi ko‘rsatib o‘tildi.


Yüklə 33,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə