Iqtisodiy talimot doc


Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi versiyalari



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

20.2.Neoklassik sintez konsepsiyasining yangi versiyalari 
Bu yangi g`oyaning paydo bo`lishi bilan iqtisodiy tahlilda aralash 
shakldagi qarashlar ustundir, iqtisodiyotni tartibga solishning turli shakllari 
taklif etiladi. Hozirgi davrda iqtisodiyotni makroiqtisodiy tarbibga solishda 
asosan uchta ta'limot qarashlari sitbiozm (qarishmasi) ishtirok etadi. Bular 
1) turli modifikatsiyadagi keynschilik ta'limotlari, 2) taklif iqtisodiyoti 
nazariyalari va 3) monetarizm. Keynschilik qarashlarida asosan davlatning 
iqtisodiyotga faol ishtiroki keng targ`ib etiladi. Bunda konyunkturaning 
o`zgarishi bilan ishlab chiqarishning yuqori darajasini ta'minlash, ish bilan 
bandlik, siklik rivojlanishni yumshatish asos qilib olinadi. Bunda asosiy 
e'tibor davlat budjetiga qaratiladi, shu yo`l bilan to`lov imkoniyatlariga 
talab to`g`ridan- to`g`ri tartibga solinadi. Monetaristlar fikricha, iqtisodiy 
hayotga umuman aralashmaslik prinsipi qo`llab-quvvatlanadi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


350 
Ayrim fikrlar bo`yicha neoklassik sintez faqat iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solishnigina emas, balki umumiy iqtisodiy muvozanatni 
modellashtirishni ham o`z ichiga oladi. Ayrim olimlarning aytishicha 
(A.B.Anikin), 
Samuelsonning 
neoklassik 
sintezi 
avvalo 
klassik 
mikroiqtisodiyotni yangi makroiqtisodiyot bilan qo`shilishi deb qaraladi. 
Yuqorida keltirilgan qarashlarni uch qismga bo`lish mumkin: ularning 
birinchisi iqtisodiyotda to`la bandlikni ta'minlash va bu prinsipini erkin 
bozor iqtisodiyoti elementlari bilan birgalikda (iqtisodiy liberalizm) 
shuningdek, 
erkin 
bozor 
stixiyasini 
chegarolovchi 
Keynschilik 
konsepsiyasi elementlari ham qo`llanilishi mumkin. Ayniqsa, davlat 
siyosatida Fiskal va pul-kredit tizimlari hamda "ishsizlikning tabiiy 
normasi" (M.Fridmen) konsepsiyasidagi antiinflatsion imkoniyatlar, hamda 
Erxard-Ryopkelarning "Ijtimoiy bozor xo`jaligi" prinsiplari birgalikda 
harakat qiladi. Ikkinchi qarashlarda X1X asrning oxirida neoklassiklar 
tomonidan ilgari surilgan qiymat (qimmat) nazariyasida eski va yangi 
qiymat nazariyalari yotadi, yoki harajat nazariyasi va eng yuqori foydalilik 
nazariyasi yotadi. Bu yerda marjinalistlarning ikkinchi to`lqini vakili A. 
Marshall ilgari surgan yondashuv sistemasi to`g`risida gap bormoqda. Bu 
yerda V. Paretto va boshqalarning baho, talab va taklif hamda umumiy 
iqtisodiy muvozanat masalalari ko`zda tutiladi. 
Uchinchi qarash bo`yicha umumiy iqtisodiy muvozanatning hozirgi 
modeli bir vaqtning o`zida makro va mikro iqtisodiy tadqiqotlarga 
asoslanadi. Bu tadqiqotlarda avvalgi sof iqtisodiy nazariya va mukammal 
raqobat qarashlardan voz kechiladi, ishlab chiqarish va iste'mol sohalarini 
bir-biriga qarama- qarshi qo`yilmayd. Bu qarashlarda Keynsning 
"Psixologik qonuni" ya'ni, daromadlarning iste'molga nisbatan tezroq 
o`sishi, "Veblen effekti" va boshqa noiqtisodiy omilarning ta'siri ham 
hisobga olinadi.

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə