Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
Aristotel
qadimgi 
Gretsiyadagi 
quldorlarning eng yirik mafkurachisi edi. Uni 
jahongir Iskandar Zulqarnaynning tarbiyachisi va 
o`qituvchisi 
ekanligini 
alohida 
ta'kidlab 
o`tmoqchimiz. Avval Makedoniyada yashagan 
olim, keyin Afinaga ko`chib o`tgan. Olimning 
iqtisodiy g`oyalari "Nikomaxov ahloqi" va 
"Siyosat" kitoblarida mavjud. U "qul tirik qurol, 
qandaydir tirik mulk", degan edi. Uning fikricha, 
jamiyatning quldor va qullarga bo`linishi - bu 
tabiiy va qonuniy ahvol bo`lib, odamlarning tabiatan turli-tumanligidandir. 
U "haqiqiy boylik" (tabiiy) ni tan olgan, uni is-te'mol qiymatlarining 
yig`indisi deb bilgan va bu bilan bog`liq faoliyatni iqtisodiyotga tegishli 
Platon (Aflotun) 
Aristotel (Arastu)
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


27 
soha deb bilgan. Quldorlik xo`jaligini mustahkamlash uchun o`rtacha 
ta'minlangan quldorlar sinfini yuksaltirish kerak, buning uchun davlat to-
monidan odil almashinuvni ta'minlash zarur. Olim masalani axloqiy rav-
ishda hal etishga urinsa-da, birinchi marta almashuv qiymatini tahlil etdi va 
qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini yaratdi. Tovarlarning almashuv 
qiymati tovar bahosining yaratilish shakli ekanligini tushunib yetdi. 
K.Marksning formulalarini qo`llaydigan bo`lsak, T-T munosabati T-P-T ga 
aylanadi va 5 ta "loja" 1 uyga yoki ma'lum miqdordagi pulga tenglashtiril-
ishi mumkin. Platonga nisbatan Aristotel pulning mohiyatini kengroq va 
chuqurroq anglab yetdi. Ammo, u tovar ishlab chiqarishining rivojlanma-
ganligi va qiymatni to`la tushunmaganligi tufayli tovarlar pul tufayli bir-
biri bilan solishtirilishi mumkin, degan xato xulosaga keldi. Natural 
xo`jalik tarafdori bo`lgan olim muomalaning T-P-T shaklinigina tan olgan 
(talabni qondirishga mo`ljallangan holat), savdo va sudxo`rlik tabiatga zid 
bo`lib, bularni pul qilish san'atiga xos narsa deb bilgan va uni xrematisti-
kaga tegishli, degan. 
Aristotel uchun ideal (bekamu ko`st) xo`jalik - bu uncha katta 
bo`lmagan dehqonchilik xo`jaligi (unda albatta qullar ishlagan) bo`lib, u 
deyarli kerakli barcha mahsulotni yaratuvchi (natural xo`jalik) bo`lishi 
shart edi. Ayrim yetishmagan narsalarni esa, qo`shnilardan "odil al-
mashuv" asosida olish kerak. 
Bu olimning xizmati shundaki, u birinchilardan iqtisodiyotning ay-
rim kategoriyalarini berdi va ma'lum darajada ular o`rtasidagi o`zaro 
bog`lanishni aniqladi. Aristotelning iqtisodiy tizimi bilan A.Smitning 
"Xalqlar boyligi" asaridagi fikrlar hamohangligini ko`rish, qiymat qonun-
ining hosil bo`lishi mexanizmini tushunish mumkin. 
Qiymat (qimmat) iqtisodiyotning asosiy kategoriyasi hisoblanadi. 
Tarixan uni talqin etishda ikki yo`nalish bor. Birinchi yo`nalishda tovar qi-
ymati obyektiv bo`lib, uning manbayi shu tovarni ishlab chiqarish uchun 
sarflangan mehnat hisoblanadi. Ikkinchi yo`nalishda qiymat tushunchasi 
subyektiv narsa bo`lib, odamlar tomonidan tovarning foydaliligi boshqa bi-
ron foydalilik bilan solishtirish tufayli yuzaga keladi. 
Aristotelning g`oyalarida ikkala yo`nalish kurtaklari mavjud. U qi-
ymat qonuni muammosini qo`yadi, lekin unga to`la javob topa olmaydi. U 
almashuvda tovar qiymatlari tenglashtirilishini ko`radi. "Nikomaxov ah-
loqi" asarida u shunday fikr yuritadi: "Jamiyat ikki vrachdan tashkil 
bo`lmaydi, balki vrach va dehqondan, umuman bir xil va teng 
bo`lmaganlardan tashkil topadi. Ana shunday odamlarni bir-biriga 
tenglashtirish zarur. Shuning uchun almashuvga uchraydigan barcha nar-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


28 
salarni tenglashtirish, solishtirish zarur. Xullas, hamma narsa biror narsa 
bilan o`lchanishi kerak. Etikdo`z mahsulotining dehqon mahsulotiga
dehqon mahsulotining etikdo`z mahsulotiga bo`lgan to`g`ri munosabati, 
to`g`ri tenglamasi topilishi kerak". Lekin o`sha narsa nima ekanligi aytil-
maydi. Savolga javob izlab, u o`z fikrini shunday davom ettiradi: "Biz 
nima uchun almashamiz, chunki menga sening tovaring, senga esa mening 
tovarim kerak", degan oddiy xulosaga keladi. Tovarlarning tengligi pul tu-
fayli amalga oshadi, deydi u. Hamma narsa biron narsa bilan o`lchanishi 
kerak. Bu avvalo ehtiyoj, u barcha narsani bog`lovchi asos. Ehtiyojni al-
mashtirish uchun (odamlar kelishuvi bilan) pul - chaqa paydo bo`ldi. Aris-
totelning bu fikrida hozirgi zamon marjinalizm g`oyalari yotadi, ya'ni 
tovarlarning foydaliligi asosiy o`ringa chiqadi. 
Bu olimning iqtisodiyot (ekonomika) ni xrematistikaga qarama-
qarshi qo`yishi xarakterlidir. U o`ylab topgan "xrematistika" matni 
"xrema" so`zidan olingan bo`lib, mulk, egalik mazmuniga ega. Aristotel 
iqtisodiyot (ekonomika) deganda hayot uchun zarur bo`lgan mahsulotlar 
(iste'mol qiymatlari)ni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan tabiiy xo`jalik 
faoliyatini tushunadi (dehqonchilik, hunarmandchilik va mayda savdo). Bu 
almashuvni ham o`z ichiga oladi, ammo zarur shaxsiy talab-ehtiyojlarni 
qondirish chegarasidan chiqmasligi kerak. Bu faoliyat chegaralari ham 
tabiiy soha bo`lib, insonning ongli shaxsiy iste'moli doirasida bo`lishi 
kerak. 
Xrematistika esa (amaliyotda kam qo`llaniladi) "mulk orttirish 
san'ati", ya'ni ayniqsa pul shaklida foyda orttirish, boylik (pul) to`plashga 
yo`naltirilgan faoliyatdir. Boshqacha aytganda, xrematistika - bu kapital 
qo`yish, sudxo`rlik va jamg`arish "san'ati"dir. 
Antik davrda hali sanoat kapitali mavjud emas edi, ammo savdo va 
sudxo`rlik (pul) kapitali sezilarli rolni o`ynagan. Shularni hisobga olib, 
olim savdo bilan bog`liq bo`lgan mol-mulk orttirish san'atida maqsadga er-
ishish borasida hech qachon chegara bo`lmaydi, chunki cheksiz boylik va 
pulga 
egalik 
asosiy 
maqsaddir, 
deydi. 
Pul 
oboroti 
bilan 
shug`ullanuvchilarning hammasi o`z kapitalini cheksiz o`stirishga intiladi-
lar (notabiiy soha). 
Aristotel bularni notabiiy deb hisoblagan, ammo sof "ekonomika" 
ham bo`lmasligini yetarli tushungan, ming afsuslar bo`lsinki, ekonomika-
dan doimo xrematistika o`sib chiqadi va bu asta-sekin tabiiy holatga aylan-
gan. Aristotelning bu g`oyasi tarix sinovidan o`tmadi. Olimlar qanchalik 
urinmasinlar (bu harakat o`rta asrda ham bo`lgan), xrematistikani 
qanchalik notabiiy deb hisoblamasinlar, kapitalizm munosabatlari rivoji bi-
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


29 
lan u "tabiiy huquq"qa aylana boshladi. Hatto XVII-XVIII asrlarda iqtiso-
diy odam yetishib chiqdi, uning barcha xatti-harakatlari faqat boyish bilan 
bog`liq edi. 
"Ekonomiya" so`zi dastlab uy xo`jaligini yuritish san'ati sifatida 
yuzaga kelgan bo`lsa, keyingi davrda u ko`proq va asosan "ekonomika" 
ma'nosida qo`llaniladi va odatda harajatlarni qisqartirish, ma'lum re-
surslarni sarflashda tejamkorlikni anglatadi. Hozirgi davrda bu matn 
ko`proq quyidagilarni anglatadi: 
1. Tuman, hudud, mamlakat, mamlakatlar guruhi yoki jahon xo`-
jaligi (masalan, jahon iqtisodiyoti, O`zbekiston iqtisodiyoti va boshqalar); 
2. Xalq xo`jaligining, to`la ishlab chiqarishning ayrim shart-
sharoitlari va elementlari (aholi, mehnat, boshqarish va boshqalar), ayrim 
tarmoqlar (sanoat, mashinasozlik, qishloq xo`jaligi, chorvachilik, ta'lim va 
boshqalar) ni tadqiq etadigan ilmiy soha;3. Ma'lum iqtisodiy tizimni tashkil 
etuvchi ishlab chiqarish, taqsimot, almashuv, iste'mol jarayonidan tashkil 
topuvchi odamlar o`rtasidagi ma'lum tarixiy-iqtisodiy munosabatlar ma-
jmuasi. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə