Iqtisodiy talimot doc


-BOB. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

2-BOB. FEODAL JAMIYATI VA FEODALIZMNING 
YEMIRILISH DAVRIDAGI IQTISODIY TA'LIMOTLAR 
Yangi era - milodning III asridan boshlab Osiyoda, milodning V 
asridan G’arbiy Yevropada quldorlik tuzumi yangi feodal ishlab chiqarish 
usuli bilan almashdi. 
Ammo quldorlik tuzumining qoldiqlari feodalizm va hatto 
kapitalizm davrida saqlanib qoldi. Masalan, eng rivojlangan AQSHda 
quldorlik, qullar mehnatidan foydalanish 1861-1865 yillardagi fuqarolik 
urushidan keyin to`la tugatildi. Markaziy Osiyo, xususan Turkistondagi 
qullik davri ham shu davrda, ya'ni o`lka Rossiya tomonidan bosib olingach, 
qonun yo`li bilan taqiqlandi. Ayrim tarixiy, iqtisodiy-ijtimoiy sabablarga 
ko`ra Yevropaning asosiy qismida, jumladan Rossiyada qulchilik ishlab 
chiqarish usuli dara-jasiga yetmadi, feodalizmga o`tildi. Tuzumda yerga 
xususiy mulkchilik mavjud bo`lib, bevosita ishlab chiqaruvchilar bo`lgan, 
rasman ozod dehqonlarni ekspluatatsiya qilishga asoslangan. Yer egalari - 
feodallar yoki davlat dehqonlardan barshchina (ishlab berish), natural 
(mahsulot) yoki pul obrogi (soliq) sifatida yer rentasini olish imkoniga ega 
edilar. Shunday qilib, feodalistik jamiyat yirik yer egalari va mayda ishlab 
chiqaruvchilar - dehqonlarning hamkorligiga asoslangan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


36 
Qulga nisbatan erkin dehqon ishlab chiqarishdan hiyla manfa-atdor 
bo`lgan, o`zining oilasi, ayrim ishlab chiqarish vositalariga, xo`jalik 
mustaqilligiga ega edi, shu sababli mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish 
kuchlari ancha o`sdi. Feodalizm shu jihatdan avvalgi ibtidoiy jamoa va 
quldorlikdan tarixan progressiv jamiyat edi. Ammo, bu davrda hali ham 
qoloq texnika mavjud bo`lib, ishlab chiqarish kuchlarining rivoji sekin 
borgan. G’arbiy Yevropada feodal ishlab chiqarish usuli V asr oxiri (Rim 
imperiyasining qulashi) dan burjua inqiloblari (XVII-XVIII asrlar), 
aniqrog`i sanoat to`ntarilishi davrigacha yashadi. Ko`pgina mamlakatlarda 
(masalan, O`rta Osiyo, jumladan O`zbekistonda) bu davr undan ham uzoq 
vaqtni o`z ichiga oladi (III-XX asrlar). 
Bu jamiyatda yuzaga kelgan iqtisodiy qarashlar keng qamrovli 
bo`lib, yerga egalikning qonuniy ekanligini ko`rsatish, tovar-pul 
munosabatlari muammolariga munosabatning kuchayishini belgilashga 
qaratilgan. O`sha davrdagi iqtisodiy g`oyalarda tovar-pul munosabatlari 
(sudxo`rlikdan tashqari) qo`llab-quvvatlanadi va shu bilan birga feodal 
jamiyatning tabiiyligi, uni saqlab qolish zarurligi qayd etiladi. 
Bizgacha yetib kelgan yozma manbalarga ko`ra, o`sha davrdagi 
iqtisodiy g`oyalarda diniy-axloqiy yo`nalish kuchli bo`lgan. Bozor 
iqtisodiyoti bilan bog`liq fikrlarda ikki tomonlama qarash mavjud (tovar 
ishlab chiqarish, sudxurlik va b.). Davlat va dinning iqtisodiyotdagi roli 
yuqori qo`yiladi. O`rta asrlar oxirida, yer egaligi tuzimi yemirilishi bilan 
yangi iqtisodiy g`oyalar vujudga keldi. 
Daryo bo`yida tahorat qilsalaringiz ham, suvni isrof qilmang. 
Hadis 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə