Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

2.3. O`rta asr utopiyalari 
Kapitalistik munosabatlarning shakllanish davrini manufaktura 
ishlab chiqarishi va dastlabki kapital jamg`arilishi bilan bog`lash mumkin, 
bu davr XIV-XV asrlarni o`z ichiga oladi, ya'ni yer egaligi susayishi bilan 
bog`liq. 
Kapitalistik munosabatlarning shakllanishi dastlabki kapitalning 
jamg`arilishi jarayoni bilan bog`liq. Adam Smitning fikricha, ko`p sonli 
ishlab chiqarish tarmoqlarining o`zaro bog`lanish yo`li bilan rivojida 
mehnat unumdorligi o`sishining sharti dastlabki kapital jamg`arilishidir. 
Bu jarayon obyektiv, oddiy bir voqea sifatida ta'riflanadi. To`g`ri, bu 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


44 
jarayon real tarixiy voqeadir, ammo u amalda beshafqat sinfiy kurash, 
aholining bir qismini iqtisodiy va ijtimoiy ezish, zo`rlik va aldov bilan 
bog`liq bo`ldi. Bu jarayon davomida obyektiv tarixiy qonuniyat o`ziga yo`l 
ochdi, natijada ishlab chiqarish nisbatan o`sdi, sanoat va savdo shaharlari 
ko`paydi, fan va texnika rivoj topdi. Bu uyg`onish davri bo`lib, ming yillik 
turg`unlikdan so`ng iqtisodiyot madaniyat va san'atning ravnaqiga olib 
keldi. 
Eski feodal munosabatlar yemirilib, yangi burjua-kapitalistik 
munosabatlar tug`ila boshladi, bu esa osonlik bilan bo`lmadi. Ayniqsa, 
dehqonlarning o`z yerlaridan siqib chiqarilishi, mustamlakachilik, iqtisodiy 
ekspansiya, urushlar oddiy xalqqa katta ofat keltirdi. Oqibatda 
kapitalizmning shakllanishi bilan uni tanqid qilish ham boshlanadi, buni ilk 
sotsial-utopistlar Tomas Mor (1478-1535) va Tommazo Kampanella 
(1568-1639) amalga oshirdi. 
Ideal (fozil) jamiyat to`g`risidagi avvalgi g`oyalar dastlabki 
sotsialistik konsepsiyalar bilan davom ettiriladi. 
T. Mor
"Utopiya" (lot. yo`q joy) (1516) 
asarida 
Angliyada 
dastlabki 
kapitalning 
jamg`arilishi jarayonida dehqonlarning ommaviy 
qashshoqlanishi jarayonini aks ettirgan. T.Mor 
gumanist, davlat arbobi va yozuvchi bo`lgan 
(1529-32 yillarda Angliya kansleri). U Uyg`onish 
davrining atoqli arbobi Erazm Rotterdamskiyning 
do`sti edi. Katolik bo`lgan. qirolni ingliz 
cherkovining Oliy boshlig`i deb qasamyod 
qilmaganligi uchun T.Mor davlat xoini sifatida 
hisoblanib, qatl etilgan. Katolik cherkovi tomonidan muqaddaslashtirilgan 
(1535). U "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi" iborasining muallifidir. Shu 
davrda dehqonlarni cheklash, ya'ni yerdan siqib chiqarish siyosati amalga 
oshirildi. Bu jarayon manufaktura, keyinroq esa fabrika rivoji bilan bog`liq 
edi. Mato to`qish, jun, ayniqsa qo`y juniga bo`lgan ehtiyojni oshirib 
yubordi. Dastlab botqoq, chakalakzor yerlar o`rab olindi va qo`y boqish 
uchun yaylovga aylantirildi, keyinchalik dehqonchilik qilinayotgan yerlar 
ham tortib olinib, dehqonlar - yomenlar sinf sifatida tugatildi. Ular yerdan 
mahrum qilindi va ko`chaga haydaldi. Bu o`ziga xos agrar inqilob - sanoat 
to`ntarilishi uchun sabab bo`ldi, lekin millionlab aholi qashshoqlikka 
mahkum etildi. Shu voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rgan T.Mor qayerdaki 
xususiy mulk hukmron bo`lsa, asosiy boylik bir quchoq odamlar qo`liga 
to`planadi, degan xulosaga keldi. Yana sotsial ofatning asosi puldir, degan 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə