Iqtisodiy talimot doc



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Tomas Mor 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


45 
edi u. Xayoliy "utopiya" mamlakatida ijtimoiy mulkchilik (xususiy mulk 
bo`lmagan), umumiy mehnat bo`lgan, qishloq va shahar o`rtasidagi tafovut 
yo`q edi, ishlab chiqarish tartibga solingan, ish kuni olti soat bilan 
cheklangan, pul yo`q qilingan, taqsimot tekis va bosqinchilik urushlari 
yo`q edi. T.Mor shunday jamiyatni qurish mumkin deb o`ylagan. 
Neapol 
(Italiya) 
mehnatkashlarining 
qashshoqligini ko`rgan. U o`zining "Oftob shahri" 
(1602 y. yozilgan, 1623 yilda chop etilgan) 
kitobida zolimlarning shohona hayotini tanqid 
qiladi, u ham T.Mor kabi, bu tengsizlikning asosiy 
sababi xususiy mulkchilik, deydi. U kelajak 
jamiyat to`g`risidagi o`z tasavvurini ham beradi, 
ular T.Morga o`xshash: ijtimoiy mulkchilik 
mavjud, hammaning mehnat qilishi zarur, 
mashina mehnati tufayli ish kunlari cheklangan (4 
soat), aqliy mehnat jismoniy mehnat bilan 
almashtirib turiladi, bunda hunarmandchilik, chorvachilik va dehqonchilik 
bilan nisbatan tekis shug`ullanish shart qilib qo`yiladi, tekis, pulsiz 
taqsimot amalga oshiriladi. U faylasuf, shoir, siyosiy arbob bo`lgan, 
keyinchalik esa (1582) rohib bo`lgan. Ispaniya bosqinchilariga qarshi isyon 
uyushtirgani uchun qamoqqa olingan, 27 yil qamoqda yotib, falsafa, 
falakiyot, siyosat, tibbiyotga oid o`nlab asarlar yozgan. Uning "Oftob 
shahri" asari dengizchining hikoyasi shaklida berilgan. Yangi jamiyatda 
olim kohinlar tabaqasi tomonidan boshqariluvchi ideal jamoa bo`ladi, 
xususiy mulk va oila bo`lmaydi, bolalar davlat tomonidan tarbiyalanadi, 
fan va maorif taraqqiy etadi (Galileyni himoya qilgan). 
Faylasuflarning bergan bahosiga ko`ra, bu olimlarning jamiyati 
"xomaki ishlangan" "qo`pol kommunizm"dir. Ular asosan hunarmandchilik 
va dehqonchilikka asoslangan tenglashtirish xususiyatiga ega. Ammo, 
shunisiga e'tibor beringki, bu kishilar har jihatdan ta'minlangan, bilimli 
davlat arbobi bo`lganlar, kommunistik jamiyat g`oyasi K.Marks va 
F.Engelslarninggina g`oyasi emasligini ham eslatib o`tish zarur. Xayoliy 
sotsializm to`g`risidagi dastlabki g`oyalar Osiyoda Abu Nasr ibn 
Muhammad Forobiy (870-950, 2-muallim), Germaniyada Tomas Munser 
(1420-1525)lar tomonidan ham ilgari surilgan. Injil va qur'oni karimda 
ham uning elementlari bor. Markaziy Osiyodagi sarbadorlar (boshini dorga 
tikkanlar) davlati ham shu tamoyillarga asoslangan (Samarqandda Abu 
Bakr Kalaviy, Mavlonozoda, Xurdaki Buxoriy va boshqalar). 
T.Kampanella
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


46 
Keyinchalik Abdurahmon Jomiy va A.Navoiy, Xurdaki Buxoriy 
asarlarida ham bunday g`oyalar bor. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə