Iqtisodiy talimot doc


G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

2.2. G’arbiy Yevropadagi iqtisodiy g`oyalarga qisqacha tasnif 
G’arbiy Yevropada feodalizm jamiyati uch bosqichni bosib o`tdi: 
ilk feodalizm (V-X asrlar), rivojlangan feodalizm (X-XV asrlar) va 
feodalizmning yemirilish davri (XVI-XVIII asrlar). 
Dastlabki davrda dehqonchilik xo`jalikning asosi edi, aholi 
o`rtasida keskin tabaqalanish ham mavjud emas edi. Yuzaga kelgan buyuk 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


40 
Frank davlatida ibtidoiy jamoa tuzumi yemirilib, feodalizm munosabatlari 
shakllanishi (quldorlik formatsiya shaklida tarkib topmadi - "Sali haqiqati", 
481-614) qonunlar to`plamida aks etgan. Bunda eski jamoa munosabatlari 
himoya qilinadi (umumiy mulkchilik), ammo ayrim xo`jaliklarning 
mustaqilligi ham, xususiy mulkchilik ham qo`llab-quvvatlanadi, sinfiy 
ajralish asta-sekin namoyon bo`la boshlaydi. Olimlar feodalizmdan oldingi 
Frank kishlog`ining o`ziga xos bo`lganligini qayd qilib, erkin Frank 
dehqoni Rim koloni (qul) bilan yangi krepostnoy o`rtasidagi figura 
ekanligini, ya'ni krepostnoylik munosabatlari endigina shakllana 
boshlaganligini qayd etgan edi. "Sali haqiqati" sinfiy differensiatsiyani 
ko`rsatdi. 
Natural xo`jalik va dehqonlarning krepostnoylik ekspluatatsiyasiga 
oid dastlabki "Villalar to`g`risidagi kapitulyariy" pomest'elar to`g`risidagi 
qonun bo`lib (IX asr boshi), unda feodal yer egaligi va krepostnoylik 
himoya etiladi. Unda endi jamoa, jamoa mulki to`g`risida gap yo`q. Bu 
hujjatda votchinaning yagona egasi va votchina aholisining majburiyatlari 
to`g`risida gapiriladi. Natural xo`jalikka asoslanganligi tufayli obrokning 
mahsulot shaklida to`lanishi, zahira ham natura shaklida bo`lishi, turli 
kasbdagi hunarmandlar kerakligi gapiriladi. Sotuvchi faqat ortiqcha 
mahsulotni chiqarish, ya'ni realizatsiya qilishi kerak edi. Demak, o`z-o`zini 
ta'minlash birinchi o`ringa qo`yilgan. 
Krepostnoylikning yuzaga kelish masalasi ko`p olimlarni 
qiziqtiradi. Yerga monopoliya egaligi va dehqonlarni majbur qilish 
apparatining paydo bo`lishi hal qiluvchi rolni o`ynagan. Axir inson 
tug`ilgandan ozod bo`ladiku! Natural xo`jalik yetakchi bo`lsa ham, tovar 
ishlab chiqarish ham mavjud edi. Shaharlarda hunarmandchilik sexlari, 
savdo rastalari doimo ishlab turgan. Ishlab chiqarish almashuv va sotish 
uchun amalga oshirilgan. Sex nizomlarida ishlab chiqarishni uyushtirish, 
xalfa yollash, o`quvchilar olish tizimlari belgilangan edi. Master-usta 
bo`lish uchun ancha yuqori mulk tsenzi qo`yilgan. 
Umuman, uy hunarmandchiligiga nisbatan sex ancha ustunlikka 
ega edi, avvalo keng mehnat taqsimoti bo`lgan (bu ishning tez va sifatli 
bajarilishiga olib kelgan), raqobat bor edi. Bunda masalan, uy qurilsa, 
g`ishtni alohida sex ko`targan, suvoqchi, tom yopuvchi va hokazolar 
alohida ish yuritgan, ishning sifati nazorat qilingan (raqobat bor), agar ish 
sifatsiz bo`lsa, keyingi buyurtma boshqa sexga berilgan (umuman, sanoat 
rivoji muhim uch bosqichni bosib o`tadi: uy hunarmandchiligi, sex-
manufaktura, fabrika). 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


41 
Klassik o`rta asr davridagi iqtisodiy g`oyalar kanonik, ya'ni 
qonuniy doktrinalar asosida rivoj topdi. Bu sohada cherkov, ruhoniylar 
katta faoliyat ko`rsatdilar. XII asrning o`rtalarida boloniyalik monax-rohib 
Grotsian "Kanonik huquqlar to`plami"ni tuzdi, unda bir qancha iqtisodiy 
g`oyalar ham berilgan. Ular umumiy mulkchilikni ideal deb baholab 
(e'tibor bering, xususiy mulk emas), xususiy mulkchilik xudo tomonidan 
odamlarning gunohlari uchun vu-judga keltirilgan, degan g`oyani ilgari 
surdilar. Boylar xayr-sadaqa berishga chaqiriladi. Xudoga ma'qul bo`lgan 
faoliyatlarga faqat dehqonchilik va hunarmandchilik kiritilib, sudxo`rlik, 
ayniqsa, foyda olish uchun savdo qoralanadi (Islom dinidagi g`oya bilan 
solishtiring). 
Kanonistlarning bosh iqtisodiy g`oyasi asosida xudo tomonidan 
belgilangan "adolatli baho" to`g`risidagi ta'limot yotadi. 
Italiyalik rohib Foma Akvinskiy (1225-1274) ta'limotida iqtisodiy 
g`oyalar ma'lum tartibga solingan. U o`zining asarlarida qullik va 
krepostnoylikni oqlaydi, bunda u Aristotel va muqaddas kitoblarga 
asoslanadi. U xudoni barcha boyliklar egasi deb e'lon qiladi, lekin xususiy 
mulkchilik ham himoya qilinadi, chunki bunda insonning o`z toifasi, 
tabaqasiga mos ravishda yashashiga imkoniyat yaratiladi. Davr taqozosiga 
mos (natural xo`jalik hukmron) ravishda davlat o`z-o`zini ta'minlash 
g`oyasini qo`llaydi, natura shaklidagi boylikka asosiy e'tiborni qaratadi, 
oltin va kumushlarni sun'iy boylik deb biladi. Mehnatsiz yaratilgan boylik 
(savdo, sudxo`rlik) harom deb hisoblangan. 
Asosiy va xudo tomonidan belgilangan bu narsa "adolatli baho" 
masalasi edi. Kanonistlar amalda bahoni mehnat sarflarining yig`indisidan 
iborat deb tan olganlar. Agar proporsional tenglik saqlanmasa jamiyat 
yemirilishi mumkin, degan to`g`ri xulosa chiqariladi. Savdo foydasi va foiz 
olish "adolatli baho" bo`yicha almashuvni buzadi, shu sababdan yirik 
savdo va sudxo`rlikni taqiqlash talab etiladi. Foma Akvinskiy "adolatli 
baho" masalasini foydalar, to`g`rirog`i naf, manfaatlar tengligi asosida hal 
etdi va uni subektiv vaqt deb baholadi. U aytadiki, agar narsa biror odam 
foydasiga, lekin boshqa odam ziyoni hisobiga o`tsa, bu holda buyumni 
o`zining haqiqiy bahosidan yuqoriroq sotish huquqi paydo bo`ladi. Shu 
bilan birga bu buyum baribir haqiqiy egasidaligidan qimmatroq sotilmaydi, 
chunki qo`shimcha baho, shu buyumdan xoli bo`lgan ziyonni qoplaydi. 
F.Akvinskiy yuqori tabaqa aholisini mehnatkashlar manfaatini himoya 
qiluvchilar qilib ko`rsatadi. Shu sababli bu tabaqaga buyumlarni o`z 
haqiqiy bahosidan qimmatroq sotishga ruxsat beradi. Protsent (foiz)ni 
tavakkalchilik to`lovi yoki qarz oluvchiga beriladigan "beg`araz sovg`a" 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


42 
deb tushuntiradi. U rentaning ekspluatatorlik mohiyatini bo`yab ko`rsatadi 
va renta yer egasiga o`z qo`l ostidagilarni boshqarishdagi mehnati uchun 
to`lanadigan haq deb baholaydi. Bu bilan cherkov (yeri bor) va 
feodallarning manfaatlarini himoya qiladi. 
Bunday iqtisodiy g`oyalar Fransiyada (Nikola Orem), Angliyada 
(Djon Boll) ham vujudga keldi. Shuni alohida qayd etish zarurki, bu 
iqtisodiy qarashlar sinfiy xarakterga ega bo`lgan, yuqori ta-baqalarning 
faoliyatini ma'qullagan. Ikkinchi tomondan norozi dehqonlar harakati ham 
kuchaygan. Angliyada Uat Tayler (1381), Germaniyada Tomas Munser 
(1524-1525) 
rahbarligida 
dehqonlar 
qo`zg`oloni 
bo`lgan, 
ular 
krepostnoylikni, boshqa majburiyatlarni bekor qilishni talab etganlar. Shu 
davrda cherkov boyligi ham keskin oshgan. Tenglik to`g`risidagi g`oya 
buzilganligini ko`rgan xalqning bir qismi ruhoniylarning shohona hayot 
kechirayotganiga qarshi chiqdi. 
Shu davrda feodalizm yo`lidan borayotgan Rossiyada ham iqtisodiy 
g`oyalar vujudga keldi. IX asrda tashkil topgan qadimgi Rus davlati - 
Kiyev Rusida chop etilgan "
Русская
правда
" qonunlar to`plamida 
dastlabki 
yozma 
fikrlar 
berilgan. 
Unda 
jamiyatning 
sinfiy 
differensiatsiyasi, yer egalari, savdogarlar manfaati himoya qilinadi, 
knyazlik manfaati uchun savdogarlar, sudxo`rlar, qarzdorlarni noo`rin sarf-
harajatlardan tiyish zarurligi haqida gapiriladi. 
Ma'lumki, XII-XIV asrlarda Rossiyada feodal tarqoqlik ro`y berdi 
(13 ga yaqin alohida knyazlik). Bu davrda cherkov yer egaligi atrofida 
diniy shaklda kurash bordi. XVI asrdan boshlab ijtimoiy-siyosiy kurash 
publitsistik tus oldi. O`shanday publitsistlardan biri Yermolay edi, monax - 
rohibligida Erazm nomini olgan. Yermolay Erazm o`z asarlarida 
dvoryanlikni himoya qildi va yirik savdo hamda sudxo`rlikka qarshi 
chiqdi. U boyarlarni boshqalar hisobiga doim bayramdagidek hayotini 
tanqid qildi, yerni esa faqat davlatga xizmat qilayotgan (ya'ni dvoryan) 
odamlarga berish kerak, degan to`g`ri g`oyani ilgari surdi (boyarlar 
markazlashgan davlatga bo`ysunishni istamagan va votchina egasi, 
tarqoqlikning asosiy sababchisi edilar). Haqiqatan ham Ivan Grozniy, hatto 
Petr I davrida ham votchinani (ya'ni boyarlarni) yo`q qilish uchun kurash 
bordi, oxir-oqibatda dvoryanlik va pomeshchiklik yutib chiqdi va Rossiya 
yagona davlatga aylandi. 
Yermolay Erazmning iqtisodiy qarashlarida dehqon mehnati boylik 
manbayi degan qoida yotadi. Shu sababli u davlatda dehqonlar toifasini 
birinchi o`ringa qo`yadi va ularning iqtisodiy ahvolini yaxshilash zarur deb 
hisoblaydi. Ammo, u dehqonlar ekspluatatsiyasining asosi pul 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


43 
majburiyatlarida deb bilgan, shu sababli bu majburiyatlar natural renta 
holida bo`lishi va hosilning beshdan bir qismi (20 foizi) bilan cheklash, 
yom (pochta) majburiyatlarini esa savdogarlar zimmasiga yuklashni taklif 
etdi. U mehnat unumdorligini oshirish to`g`risida qayg`ursada, tovar 
munosabatlari rivojiga qarshi bo`lgan, ya'ni o`zi o`ziga qarshi edi, chunki u 
erkin boy savdogarlar savdosi tarafdori edi. Ye.Erazm natural 
majburiyatlarni cheklash sinfiy kurashga chek qo`yadi, degan noto`g`ri 
fikrda bo`lgan. 
XVI asrning o`rtalarida yaratilgan "Domostroy" asarida shahar-
liklarning faoliyatiga oid qonun-qoidalar majmuasi berilgan. Unda 
hokimiyat va cherkov, oila, xizmatkorlarga munosabat qoidalari keltiriladi. 
Ko`pgina maslahatlar ichida xo`jalik yuritish, savdo, soliq to`lash qoidalari 
bor. Asarda ruy bergan sotsial-iqtisodiy o`zgarishlar, boy shaharlik 
psixologiyasi o`z aksini topgan. 
Bozor bilan yaqin munosabat (savdo-sotiq)lar qatori, mahsu-
lotlarni ko`plab zahira qilish (zapas) kerakligi (natural xo`jalik belgisi) 
uqtiriladi. Hunar va savdoni o`rganish, xo`jalikni boshqarish, mehnat va 
shaxsiy tashabbus rag`batlantiriladi. 
Rossiyada XVII-XVIII asrning boshlarida yirik o`zgarishlar ro`y 
berdi, kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari paydo bo`la boshladi. 
G’arbiy Yevropadagi merkantilistlardan (quyida ko`riladi) farqli ravishda 
rus iqtisodchilari muomala sohasiga kam e'tibor qiladilar, pul - boylik 
degan fikrga qo`shilmadilar. Ular mamlakat ichida tovar almashuvini 
kuchaytirish tarafdori edilar, tashqi savdoni esa asosan sanoat va qishloq 
xo`jaligini rivojlantirish quroli deb qaraganlar. Bu g`oyalar A.A.Ordin-
Nashchokin (taxm. 1605-1680), Yu.Krijanich (1617-1683), I.T.Pososhkov 
(1652-1726) asarlarida bayon etilgan. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə