Iqtisodiy talimot doc


 Arab mamlakatlaridagi dastlabki iqtisodiy g`oyalar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

 
2.1. Arab mamlakatlaridagi dastlabki iqtisodiy g`oyalar. 
Islomdagi iqtisodiy qarashlar. Ibn Xaldun 
 
Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda 
shakllana boshladi. Bu yerlarda pul, mehnat munosabatlari biroz 
yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata 
boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda, davlat 
asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy 
xo`jaliklarning barcha ishlariga bemalol aralashish, yer solig`ini yig`ish 
huquqini yo`qotgan emas. Shu sababli, Sharqda "davlat feodalizmi"ning 
turli shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o`z aksini topdi. Iqlim 
va turar-joy sharoiti tufayli, bu yerlarda dehqonchilik asosan sun'iy 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


37 
sug`orish asosidagina olib borilishi mumkin edi (G’arbiy Yevropa bilan 
solishtiring). Ba'zi olimlarning fikricha, Sharqda yerga xususiy 
mulkchilikning yo`qligi va buning asosiy sababi sun'iy sug`orish ekanligini 
aytadi. Yer bor bo`lgani bilan sug`orishsiz hosil olish mumkin emas edi. 
Sug`orish inshootlari qurish, ta'mirlash jamoa ixtiyorida bo`lgan, qishloq 
jamoasi saqlangan. Sharqda yerga xususiy mulkchilik bo`lganmi, degan 
muammo hanuzgacha hal etilmagan. Bizningcha, ko`proq yerdan foydalan-
ish huquqi bo`lgan. Bu mintaqada yerni suvdan ajratib bo`lmaydi. 
Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning asosi 
qur'oni karimda (arabcha qiroat, ya'ni o`qish) aks etgan (VII-VIII asrlar). 
VI asrning oxiri-VII asrning boshlarida Arabistonda feodal munosabatlarn-
ing shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da'vat kuchaydi. Bu 
harakat so`nggi din - Islomda o`z aksini topdi. Islom ta'limoti 
payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomga Alloh taolo tomonidan nozil 
qilingan Qur’oni karimda mujassamlangan. Yagona to`g`ri din bo`lgan 
Islomdagi yo`l-yo`riqlar hayotning barcha sohalarini qamrab olgan bo`lib, 
shu jumladan iqtisodiyotga doir masalalarga ham keng o`rin berilgan. 
Qur'oni Karimdagi asosiy g`oyalardan biri barcha musulmonlarning 
qardoshligi bo`lib, arab qabilalari shu bayroq atrofida birlashdi. Halol 
mehnat, dehqon, hunarmandlar mehnati ulug`landi, barcha boylik shu 
asosda paydo bo`lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda Alloh taolo savdoga 
katta ahamiyat bergan, sudxo`rlikni, ya'ni ribo' (sudxo`rlik foizi) ni harom 
qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga xiyonat va hatto 
hasad qilishni katta gunoh degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri 
azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to`g`rilikka buyuriladi va 
yolg`on ishlatish, o`g`rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. 
Alloh taoloning Qur'oni Karimda qarz olish va berish, merosni taqsimlash 
(4-sura, 8-oyat), yetim-esirlarga muruvvat, xayr-ehson qilish (3-sura, 128-
oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g`oyalar hamda soliq 
turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Yetimlar haqiga xiyonat 
qilish eng katta gunohlardan deb e'lon qilingan. Shuningdek, o`zaro 
yordam ham (5-sura, 3-oyat) zarur, lekin yomon ishlarda va dushmanlikda 
emas deyiladi. Oyati karima va hadisi shariflarda turli kasblarni egallash, 
ayniqsa dehqonchilik, qo`ychilik bilan shug`ullanish, mehnat qilish 
zarurligi marhamat qilingan. 
Islom aqidasida isrofgarchilikka qarshi kurash Qur'oni Karimdagi 
"Yenglar, ichinglar, hadya qilinglar, ammo isrof qilmanglar", degan oyatlar 
asosida olib boriladi (bu hozirgi davrda eng dolzarb masalaga aylangan). 
"Daryo bo`yida tahorat qilsalaringiz ham suvni isrof qilmanglar", kabi 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


38 
qoidalar aynan hozirgi zamon iqtisodiyoti va ekologiyasi uchun nihoyatda 
ahamiyatli. 
Islom huquqshunosligida foyda miqdori 10 foiz qilib belgilangan 
(buni boshqa fikrlar bilan solishtiring). 
Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri Ibn 
Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd (1332-1406)ning hissasi benihoya katta 
(Tunisda tug`ilgan, Fes sultonida hattot-kotib bo`lgan). 1382 yili Qohiraga 
kelib mudarrislik qilgan, keyinroq qozi bo`lgan. Asosiy asari "Kitob-ul-
ibar" ("Ibratli misollar kitobi"-1370y.). U birinchilardan bo`lib tarixiy 
ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr 
yuritdi, G`arb olimlari Makiavelli, Monteskyega katta ta'sir ko`r-satdi.
Olimning konsepsiyasi "ijtimoiy tabiat" ga yaqin, jamiyat rivoji 
(evolutsiyasi) oddiylikdan sivilizatsiya saridir. 
Ibn Xaldunning bu asaridan tarjima "Ijtimoiy fikr" jurnalining 1998 
yil 1-sonida (158-165-betlar) keltiriladi. Asarning "Kitobi avval" qismida 
"Inson jamoasining farqli tomonlarini: shohlik hokimiyati, odamlarning 
daromadlari" ni o`rganish asosiy vazifa qilib qo`yilgan. Olim: "Insonga xos 
bo`lgan jihatlarga yashash uchun mablag`, narsa topishga intilish, bu uchun 
mehnat qilish zarurati ham kiradi", deb yozadi. Davlatning yashash davr va 
bosqichlari keltiriladi, u beshga bo`linadi va nihoyatda ibratlidir. Mehnat 
qilinmasa, "bozor munosabati ham barham topadi". 
"Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va faro-
vonlikka bog`liqdir", deb yozadi olim. Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar 
yana aholining o`ziga qaytib keladi. "Aholining boylik manbayini bozor va 
savdo munosabatlari tashkil etadi", deganda olim xuddi bugungi iqtisodiy 
g`oyani qo`llab-quvvatlaydi. Merkantilistik g`oya klassik maktab fikrlari 
bilan to`ldiriladi. "Savdogar moliga narx qo`yishda barcha sarf-xarajatlarni 
hisoblab narx yozadi". Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar ekishdan 
chetlanish haqidagi fikri ham qimmatlidir. 
Soliqlarni faqat davlat, ayrim hukmdorlar foydasiga yig`ish jamiyat 
tanazzumiga olib kelishi aytiladi. 
Ibn Xaldun dastlab birgalikda "ishlab chiqarish" faoliyatiga katta 
e'tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar "ishlab chiqaruvchilar" jamoasidan 
iborat deydi. U "Odamning kelib chiqishida mehnatning o`rni"ni ochib 
berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san'atning rivoji bevosita 
"mehnat unumdorligining o`sishi" bilan bog`liq deydi. "Oddiy" va 
"murakkab" mehnat farqlangan, mehnat bo`lmasa, buyum ham bo`lmas 
edi, degan muhim xulosa chiqariladi. Olim fikrlarida "zaruriy" va 
"qo`shimcha mahsulot", "zaruriy va qo`shimcha mehnat" tushunchalari 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


39 
farqlanadi. U "tovarning iste'mol qiymati" va "qiymat" tushunchalarini 
ta'rifladi. Zamon va makonda o`z zamondoshlaridan ancha ilgari bu 
g`oyalarni berdi."Oldi-sotdi bitimi asosida teng ayirboshlash qoidasiga 
amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi 
ayirboshlanadi", "agar bu hunarmandchilik mahsuli bo`lsa - unga 
sarflangan mehnatiga teng", "daromad qiymati esa sarflangan mehnat 
ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan o`rni va uning odamlarga 
zarurligi bilan belgilanadi". Bunda tovarlarni tenglashtirish mehnatni 
tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya'ni mehnatning roli va tovarning 
foydaliligi ham hisobga olinmoqda, bu juda muhim. 
Qishloq xo`jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot 
uchun tabiiy zarurat deb bilgan va fiziokratlardan ilgarilab ket-gan. 
Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar 
ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim 
hunarlar boshqa hunarlarni o`z ichiga oladi: masalan, duradgor yog`ochdan 
ishlangan buyumlarni, to`quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va hokazo, ya'ni 
ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovar-pul munosabatlari 
tahlil etilgan, narxlar bozorga olib chiqilgan tovarlar massasi (talab-
taklif)ga bog`liqligi aytilgan. Nonga baholarni mo`tadil ushlab turish, 
farovanlik manbayi ekanligi ko`rsatiladi. Soliq tizimini tartibga solish 
kerakligi qayd etiladi; uningcha soliq pasayishi ijtimoiy hayotni 
yuksaltiradi. 
Bundan deyarli 600 yil avval bozor tushunchasiga izoh beriladi. Ibn 
Xaldun fikricha: "Bozor - bu hunarmandchilikni mukammallashtirish va 
mehnat unumdorligini oshirishning garovidir". 
Shunisi diqqatga sazovorki, Ibn Xaldun (asli arab) tarix taqozosi 
bilan Amir Temur bilan Damashqda uchrashgan (asir tushgan) va u bilan 
suhbat qurgan. Ko`p sohalarda, jumladan iqtisodiyotga oid asarlar muallifi, 
katta domla ekanligini bilib qolgan Amir Temur Ibn Xaldunni asirlikdan 
qutqarib, o`z vataniga qaytishga va ijodiy ishini davom ettirishga imkon 
bergan. Bu olijanoblik ilmga bo`lgan hurmat ramzidir. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə