Iqtisodiy talimot doc


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Asosiy tushuncha va iboralar. 
Islom; ribo; Ibn Xaldun; "Kitob-ul-ibar"; "
Русская
правда
"; 
"Domostroy"; "beg`araz sovg`a"; "Utopiya"; "Oftob shahri"; ilk xayoliy 
sotsializm; "qo`ylar odamlarni yeb qo`ydi". 
Nazorat va mulohaza uchun savollar. 
1. Feodal yer egaligi davri qachon boshlangan va uning rivojlanish 
bosqichlari qaysi? Bu davrda bosh iqtisodiy g`oya nimadan iborat bo`lgan? 
2. Islom dinida qanday iqtisodiy g`oyalar qo`llab-quvvatlangan va 
qaysilari inkor etiladi, nega? Ribo' nima? 
3. Islom aqidalari bo`yicha savdo foydasining eng yuqori foizi 
qancha? 
4. Ibn Xoldunning bosh iqtisodiy asari qaysi va u qachon yozilgan? 
Asardagi asosiy iqtisodiy g`oyalarni ta'riflab bering. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


48 
5. G’arbiy Yevropada feodalizm davridagi iqtisodiy g`oyalarning 
asosiy yo`nalishlarini aytib bering. 
6. Foma Akvinskiyning iqtisodiy ta'limotida qaysi masalalarga 
asosiy e'tibor berilgan? 
7. Rossiyadagi shu davrdagi iqtisodiy g`oyalarning asosini nima 
tashkil etadi? 
9. Xayoliy (utopik) sotsializmning asoschilari kim? Xususiy mulk 
va pulga bo`lgan munosabat hamda yangi jamiyatning asosiy aqidalari 
qanday? 
10. "Qo`ylar odamni yeb qo`ydi" iborasining mazmuni nima, bu 
ibora qachon va kim tomonidan aytilgan? 
Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov,
umuman, dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni
pok va but-butun asrashga burchlidir.
"Avesto"dan. 
3-BOB. O`RTA OSIYODAGI DASTLABKI VA TEMURIYLAR 
DAVRIGACHA BO`LGAN IQTISODIY FOYALAR 
3.1. "Buyuk ipak yo`li"ning Markaziy Osiyoda 
iqtisodiy munosabatlar rivojlanishidagi o`rni. 
Xitoyning Tinch okeani bilan Hindiston, Markaziy Osiyo, Yaqin 
Sharq, Yevropa davlatlarini bog`lovchi qadimgi savdo yo`li - Buyuk ipak 
yo`lidir. Bu yo`l orqali asosan ipak eksport qilinganligi sababli "Ipak yo`li" 
nomi bilan shuhrat qozongan. Bu yo`l m.a. II asrdan to milodiy XV 
asrgacha, suv yo`llari rivojlanguncha Xitoy, Hindiston, Markaziy Osiyo, 
Eron, Yaqin Sharq hamda O`rta Yer dengiz mamlakatlari o`rtasidagi 
savdo-sotiq va madaniy aloqalarning rivojida muhim rol o`ynagan. 
Manbalarga qaraganda, Sariq dengiz qirg`oqlaridan Xuanxe 
daryosidagi Sian shahridan boshlangan dastlabki yo`l Lanchjou orqali 
Dunxuanga kelgan (Xutan), u yerda ikkiga ajralib ,biri shimoli-g`arbga 
ikkinchisi janubi-sharqqa yo`nalgan. Karvon yo`lining umumiy uzunligi 12 
ming chaqirim atrofida bo`lgan. Nemis muarrixi K.Rixtgofen 1887 yil 
ushbu yo`nalishga ilk bor "Buyuk ipak yo`li" degan nisbat beradi va bu 
ibora muammola (istofoda) ga kiritiladi.
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


49 
Shimoliy yo`l Turfon orqali Tarim vohasiga va bu yerdan Qashg`ar, 
Dovon (Farg`ona vodiysi) ga borgan. U yerdan So`g`dning markazi 
Samarqand va Marg`iyona (Marv) ga yo`nalgan. Ipak yo`li Farg`ona 
vodiysida yana juft tarmoqqa bo`lingan. Janubiy qismi O`zgandan O`sh, 
quva, Marg`ilon, qo`qon orqali Xo`jand, Samarqand, Buxoro sari uzaygan. 
Keyingisi Axsi (Andijon) va Qamchiq dovonidan o`tib, Iloq vohasi hamda 
Toshkent tarafga engan. Demak, qamchiq tarixiy yo`lning uzviy bo`lagi 
hisoblangan. Bu yo`l mohiyat-e'tibori bilan Sharq va G’arbni turli 
jabhalarda bog`lovchi yo`ldir (savdo-sotiq, diplomatiya, madaniyat va 
boshqalar). 
Shu karvon yo`l orqali Xitoydan ipak, xitoyga esa har xil 
gazlamalar, gilam va paloslar, oyna, metall, zeb-ziynat buyumlari, 
qimmatbaho tosh va dorivorlar keltirilgan. Baqtriya va Dovon (Farg`ona) 
dan ot va tuyalar olib borilgan. XV-XVI asrlardan bu yo`lning ahamiyati 
ancha pasaydi, ammo Markaziy Osiyo respublikalarining siyosiy 
mustaqillikka erishuvi tufayli, bu yo`lni yanada jonlantirishga katta ehtiyoj 
tug`ildi. Xitoy, Qirg`iziston, O`zbekiston, Turkmaniston, Kaspiy dengizi 
orqali Ozarbayjon, Gruziya, qora dengizga chiquvchi undan Yevropa 
(Parij, Rotterdam) ga yetkazuvchi yo`l loyixa ishlab chiqildi va amalga 
oshirilmoqda, bu yo`lning kelajagi porloq.
Endi esa, moziyga qaytib, O`rta Osiyoning Buyuk ipak yo`li o`rni 
va eksport potensialiga e'tiborni qaratsak. Markaziy Osiyoga, xususan, 
hozirgi O`zbekiston hududiga qiziqish avvaldan ma'lum va bu har 
tomonlama (siyosiy, iqtisodiy jihatdan) ahamiyatli bo`lgan. Tarixiy va 
hozirgi ma'lumotlarga ko`ra, bu hudud, yer, suv, iqlim, tabiati, geografik 
o`rni, qazilma boyliklari, hayvonot dunyosi jihatidan ajralib turgan. 
Aholining mehnatsevarligi, mirishkorligi, bunyodkorligi, kasb-hunarga 
mehr qo`yganligi va ijodkorligi muhim ahamiyatga ega. 
Hudud zaminida turli-tuman boyliklar, ayniqsa oltin, kumush, 
boshqa rangli metallar va javohirlarning mavjudligi va serobligi shu soha 
hunarmandchiligi rivojida hal qiluvchidir. Ayniqsa, oltin ajnabiylarni 
magnit (ohangrabo) kabi tortganligi aniq. 
Bu o`lka eksport potensialida oltin, kumush va undan qilingan 
zebu-ziynatlar, zargarlik buyumlari, sifatli po`lat olish va undan yasalgan 
asbob-uskunalar, ayniqsa, qilich, qalqon va boshqa harbiy asbob-anjomlar, 
ipakdan to`qilgan xon atlas va boshqa nafis matolar, ajoyib ko`rinishli 
qorako`l terisi va undan tikilgan buyumlar xaridorgir bo`lgan. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


50 
Markaziy Osiyo donishmandlarining kitoblari, diniy va ilmiy 
asarlar hammani qiziqtirgan. Kitob yozish (hattotlar) san'ati ham yuqori 
bo`lgan. Miniatyura san'ati yuqori darajada edi. 
Shu sababli, bilim, ilm makoni bo`lgan kitob savdo-sotig`i yetakchi 
o`rinni egallagan. Hozirgi davrda ko`plab taniqli mutafak-kirlarimizning 
asarlari xorij davlat va shaxsiy kutubxonalaridan topilmoqda va o`z vatani, 
O`zbekistonga qaytarilmoqda. Bu fakt shundan dalolat beradiki, o`z 
davrida kitob savdosi Buyuk ipak yo`lining asosiy faoliyatidan biri 
bo`lgan, demak, bu yerdan chetga ko`plab ilm va san'at asarlari 
chiqarilgan. 
Mamlakatimizda dunyodagi eng yaxshi ot zotlari bo`lganligi 
ma'lum, xalq eposida uchqur, ziyrak tulporlar haqidagi rivoyatlar haqiqatga 
juda yaqin. Masalan, Xitoy elchisidan uni qanday tuhfa qiziqtirishini 
so`ralganda, ot olishni afzal ko`rgan. Otlar xalq xo`jaligining barcha 
tarmoqlarida, harbiy xizmatda, transport vositasi sifatida, uloq chopish, 
chovgan o`ynash, zeb-ziynat sifatida nihoyatda qadrlangan. Shu sababli 
otlar eksportda yetakchi o`rinni egallagan. 
Qishloq xo`jaligida paxta yetishtirish va paxtadan olinadigan 
mahsulot asosiy o`rinda turgan. Polizchilik (ayniqsa, qovunchilik), 
bog`dorchilik (uzum) yaxshi rivojlangan. Agar bizga ipak yetishtirish 
Xitoydan kirib kelgan bo`lsa, xitoyliklar bizdan zotli otlar sotib olgan, 
uzum va beda yetishtirishni o`rganishgan. 
Vatanimiz hududida qorako`l teri beradigan qo`ylar parvarishi 
muhimdir. Ularning terisi bilan savdo qilish muhim ahamiyat kasb etgan. 
Hozirgi davrda ham bu sohaga e'tiborni kuchaytirish O`zbekiston 
mustaqilligini mustahkamlash uchun zarur vosita hisoblanadi.
Tarixiy ma'lumotlarga qaraganda, bir karvonda 500-1000 tagacha 
odam, ot, tuya, boshqa ulovlar , savdogarlar bilan birga diplomatlar, 
elchilar, xajga boruvchilar, harbiy qo`riqchilar bo`lgan. Butun yo`l 
boshidan-oxirigacha 120-150 kun davomida bosib o`tilgan. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə