Iqtisodiy talimot doc


Asosiy tushuncha va iboralar



Yüklə 3,09 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/150
tarix31.01.2023
ölçüsü3,09 Mb.
#99872
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   150
6-IQTISODIY-TALIMOTLAR-TARIXI-2005-oquv-qollanma-A.Razzaqov-va-bosh

Asosiy tushuncha va iboralar 
"Avesto" , "Hidoya" asari; islomdagi farz va sunnat amallari; zakot; 
halol mehnat, halol luqma, ehson, sadaqa; ehtiyoj, boylik, mulk, davlat.
Nazorat va mulohaza uchun savollar 
1. "Buyuk ipak yo`li" ning Markaziy Osiyoda iqtisodiy 
munosabatlar ravnaq topishida o`rni nimalardan iborat? 
2. "Avesto"dagi iqtisodiy g`oyalarda ijtimoiy mehnat taqsimotining 
qaysi jihatlariga ko`proq e'tibor berilgan? 
3. "Avesto" asarida qashshoqlikni yo`qotish borasida qanday 
tadbirlar asos qilib olingan. 
4. "Alpomish" dostonidagi ijtimoiy nizoda islom ta'limotidagi 
qanday mezon sabab bo`lgan? 
5. Xalq maqollaridagi iqtisodiy fikrlarni bayon eting. 
6. Islom ta'limotidagi iqtisodiy g`oyalarni qanday guruhlarga 
taqsimlash mumkin. 
7. Farobiy, Ibn Sino, Beruniy va Yusuf Xos Hojibning iqtisodiy 
g`oyalaridagi umumiy va xususiy jihatlarni so`zlab bering. 
8. Milliy iqtisodiy tafakkur shakllanishida Markaziy Osiyo 
donishmandlari iqtisodiy g`oyalarining ahamiyatini so`zlab bering. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


71 
Nafsing agar xalqqa beshakdurur, 
Bilki bu nafs o`zinga ko`pakdurur. 
Odami ersang, demagil odamiy. 
Aniki, yo`q xalq g`amidin g`ami. 
A.Navoiy 
4-BOB. AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR 
DAVRIDAGI IQTISODIY G’OYALAR 
4.1. Amir Temur davridagi iqtisodiy g`oyalar 
Amir Temur va uning avlodlari davrida markazlashgan davlat 
barpo etildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida (hunarmandchilik, qurilish, 
qishloq xo`jaligi, ayniqsa savdoda) muhim yutuqlar qo`lga kiritildi. Bunga 
to`g`ri tanlab olingan iqtisodiy g`oyalar va iqtisodiy siyosat yordam berdi. 
Amir Temur
(1336-1405) davlat va 
iqtisodiyotni boshqarishda o`ziga xos maktab 
yaratgandi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg 
(bosh vazir) dan tashqari har bir viloyatda Devon 
deyiluvchi boshqarma bo`lgan. U davlatning 
butkul ishlarini: soliq yig`ish, tartib saqlashni
ijtimoiy binolar - bozorlar, hammomlar, yo`llar, 
suv inshootlari tarmoqlarini nazorat qilardi. 
Xalqning hulq-axloqi kuzatib turilardi. Uning 
xodimlari vaqti-vaqti bilan so`roq, tekshirish, 
taftish va tergov ishlarini olib borishardi. 
Ayniqsa, toshu-tarozi to`g`riligi, odil baho 
tekshirilgan, qallob va tovlamachilar qat'iy jazolangan, eng muhimi bu ish 
to`ppa-to`g`ri bozorda, xalq oldida amalga oshirilgan. Savdogarlarga olib 
kelingan mol ustiga 10 foiz narx qo`yish mumkin bo`lgan. Temur 
saltanatini idora qilish uchun turli vazirlar faoliyat ko`rsatgan. Shunday 
vazirlardan birinchisiga yer soliqlari, boj, o`lpon-soliq undirish hamda 
mirshablik yumushlarini boshqarish yuklatilgan. Bu vazir mamlakatdagi 
muhim ishlarni, kundalik muammolarni hal qilgan, raiyat ahvolini 
kuzatgan, viloyatlardan olingan hosil, soliq, o`lponlarni taqsimlagan.
Ikkinchi vazir sipoh vaziri hisoblanib, sipohiylarning maoshlari va 
tanho (bu yerda - toju-taxt uchun qilgan xizmatlari evaziga beriladigan 
in'om ma'nosida)larni boshqargan. 

Yüklə 3,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə