143
chilikdagi sex cheklashlariga qarshi chiqdi, erkin raqobatni qo`llab-
quvvatladi.
A.Turgo
V.Gurne (u 1759 yilda vafot etdi) bilan F.Kenye xuzurida
ko`p bo`lgan, u ular bilan asosiy masalalarda maslakdosh bo`lsa ham, ko`p
sohalarda boshqacha fikr yuritar edi. A.Turgo Parijda A.Smit
bilan ham
uchrashgan.
A.Turgoning iqtisodiy qarashlari uning
1766 yilda yozilgan (1769-1770 yillarda chop etil-
gan) "Boylikning paydo bo`lishi va taqsimlanishi
to`g`risidagi mulohazalar" asarida nisbatan to`la
yoritilgan. U Kenye fikrlarini faqat targ`ibot qilish
bilan cheklanmadi, uni rivojlantirdi.
U kapitalistik
ishlab chiqarish munosabatlarini ancha chuqur
tushundi, feodalizmni islohotlar o`tkazish yo`li bi-
lan yaxshilash mumkin degan fikrga ishonmadi
(Kenye ishongan), kapitalizm feodalizm kobig`ida
vujudga keladi va g`alaba qiladi degan g`oyani il-
gari surdi.
Bu kitob aslida Parijga o`qishga kelgan ikki xitoylik uchun darslik
sifatida yozilgan va 100 ta aniq tezisdan iborat (V.Petti uslubi), ammo ba'zi
qoidalar aksioma (isbot talab etmaydigan qoida)dan iborat. Bu iqtisodiy te-
oremalar aniq uch qismga bo`linadi. 31 ta tezis (teorema) fiziokratik
g`oyalar majmuidan iborat (ustoz F.Kenyening ta'siri). Ammo "sof
mahsulot" nazariyasi F.Kenyedan
boshqacharoq talqin etiladi, aslini ol-
ganda bu yerda qo`shimcha qiymat haqida gap boradi va bu mahsulot tabi-
atning sof in'omidan dehqon mehnati bilan yuzaga keladigan ortiqcha
mahsulot sifatida qaraladi hamda asosiy ishlab chiqarish vositasi bo`lgan
yer egasi tomonidan o`zlashtiriladi.
Keyingi 17
ta teorema qiymat, baho va pulga bag`ishlangan.
A.Turgoning bu sohadagi fikrlari o`ziga xos xarakterga ega va qiymatning
mehnat nazariyasidan ancha yiroq. Uningcha almashuv qiymati va tovarn-
ing bahosi tovarlar nisbati, almashuvda ishtirok etayotgan shaxslar, sotu-
vchi va oluvchi istagining intensivligi bilan aniqlanadi (marjinalistik
talqin). Ammo, A.Turgoning bu g`oyasi uning ta'limotiga
hech ham mos
kelmas edi.
Oxirgi 52 ta teoremada A.Turgoning tarixiy ahamiyatga ega
bo`lgan asosiy iqtisodiy g`oyalari keltiriladi. Yuqorida aytilganidek, fizi-
okratlar jamiyatni uch sinfga bo`ladilar. A.Turgo
esa jamiyatni sinflarga
boshqacharoq ajratadi, "unumsiz" sanoatchilar sinfini u ikki qismga
Dostları ilə paylaş: