140
Dehqonchilik yalpi mahsulotining qiymati 5 mlrd livr (1799 yilgacha amal
qilgan o`sha davrdagi Fransiya pul birligi) bo`lib (4
mlrd oziq-ovqat, 1
mlrd xomashyo), u unumli sinf vakillariga (fermerlarga) tegishli, shundan
1 mlrd sarflangan asosiy kapital qiymatini qoplaydi. Jami asosiy kapital
("boshlang`ich avans") 10 mlrd livrga teng deb qabul qilinsa, u ta'mirlash-
ga (amortizatsiyaga) muhtoj, ya'ni har yili o`zining boshlang`ich qiymatiga
nisbatan 10 foiz yeyiladi (eskiradi) deb hisoblanadi. Aylanma kapital ("yil-
lik avans") 2 mlrd, "sof mahsulot" qiymati 2 mlrd, "unumsiz sinf" o`tgan
davr mobaynida ishlab chiqilgan 2 mlrd livrlik mahsulotga ega.
Shunday qilib, yalpi ijtimoiy mahsulot 7 mlrd livrga teng (5 mlrd
2 mlrd). Undan tashqari fermerlar qo`lida naqd 2 mlrd livr pul ham bor
(5 mlrd + 2 mlrd + 2 mlrd = 9 mlrd), ular bu summani muomala - aylanish
boshlanguncha yer egalariga ijara haqi, ya'ni renta to`lab qo`ygan edilar.
Xo`sh, bu variantda yaratilgan mahsulotning realizatsiya va aylan-
ish jarayoni qanday amalga oshadi? "Iqtisodiy jadval"ning shartlariga ko`ra
bu jarayon besh aktdan iborat bo`lib, har biri 1 mlrd livrga tengdir.
1. Mulkdorlar "unumli sinf"dan 1
mlrd livrlik oziq-ovqat
mahsulotlari sotib oladilar. Natijada bu operatsiyada qishloq xo`jaligi
mahsulotining 1/5 qismi realizatsiya qilinadi, yer egalarining mulki
muomala sohasidan iste'mol sohasiga o`tadi.
2. Mulkdorlar "unumsiz sinf"dan 1 mlrd livrlik sanoat mahsulotlari
sotib oladilar. "Unumsiz sinf" shu bilan o`z
mahsulotning yarmini reali-
zatsiya qiladi.
3. "Unumsiz sinf" mulkdorlardan olgan puliga "unumli sinf"dan
iste'mol uchun kerakli mahsulotni oladi. Shu yo`l bilan qishloq xo`jaligi
mahsulotining yana 1/5 qismi realizatsiya qilinadi.
4. "Unumli sinf" "unumsiz sinf"dan olgan 1 mlrd livrga uning
o`zidan ("unumsiz sinf"dan) shuncha pulga ishlab chiqarish qurollarini
oladi. Ular asosiy kapitalning yeyilgan, ishdan chiqqan elementlarini qayta
tiklash uchun kerak. Bu operatsiya oqibatida ("unumsiz sinf"ning)
sanoat
mahsulotining ikkinchi yarmi realizatsiya qilinadi.
5. Aylanish jarayonining beshinchi, yakunlovchi aktida "unumsiz
sinf" "unumli sinf"dan 1 mlrd livrlik qishloq xo`jalik xom ashyosi xarid qi-
ladi.
Dostları ilə paylaş: