Iqtisodiyot / Sanoat


-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari



Yüklə 138,44 Kb.
səhifə5/13
tarix24.12.2023
ölçüsü138,44 Kb.
#158071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Документ Microsoft Word

9-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga oid sanoat xavfsizligi talablari
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.17.00 Attestatsiya (xodimlarni) (shuningdek, 13.02.04.00 va 13.01.16.00ga qarang);
2.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.05.00 Baxtsiz hodisalar. Ularni tekshirish va hisobga olish tartibi]
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot:
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya etishi;
(9-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xavfli ishlab chiqarish obyekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga muvofiq to‘ldirilishini ta’minlashi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan va ko‘rsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qo‘yishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlashi;
ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjud bo‘lishi hamda ishlashini ta’minlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi o‘tkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi o‘tkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli davlat organi yoki qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan yozma ko‘rsatmasiga binoan ta’minlashi;
(9-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
begona shaxslarning xavfli ishlab chiqarish obyektiga ruxsatsiz kirishining oldini olishi;
xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini ta’minlashi;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va tasdiqlashi;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organi va qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma ko‘rsatmalarini bajarishi;
(9-modda birinchi qismining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
avariya yoki noxush hodisa yuz bergan, shuningdek sanoat xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishni to‘xtatib turishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirishda ishtirok etishi, avariyaga olib kelgan sabablarni bartaraf etish va ularning oldini olish choralarini ko‘rishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida noxush hodisaning yuzaga kelganligi sabablarini tahlil qilishi, mazkur sabablarning bartaraf etilishi va oldini olish choralarini ko‘rishi;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus vakolatli davlat organini, qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va aholini xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya to‘g‘risida o‘z vaqtida belgilangan tartibda xabardor qilishi;
(9-modda birinchi qismining o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
avariya yuz bergan taqdirda, xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish choralarini ko‘rishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyalar va noxush hodisalar hisobini olib borishi shart.

Yüklə 138,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə