Iqtisodiyot / Sanoat


-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash



Yüklə 138,44 Kb.
səhifə3/13
tarix24.12.2023
ölçüsü138,44 Kb.
#158071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Документ Microsoft Word

5-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.01 Sanoatdagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi (bundan buyon matnda maxsus vakolatli davlat organi deb yuritiladi) tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida albatta hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini hisobga olish va ularning davlat reyestrini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuniga aosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ushbu Qonunning 4-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qarori bilan tasdiqlangan Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini identifikatsiyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom.
6-modda. Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish
Oldingi tahrirga qarang.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.01 Sanoatdagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom.
Sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish:
sanoat xavfsizligi talablarini belgilashni;
sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini;
xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirishni;
faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalashni;
sanoat xavfsizligi ekspertizasini;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa choralarni o‘z ichiga oladi.
(6-moddaning ikkinchi qismi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 138,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə