Iqtisodiyot / Sanoat


Xavfli obektlarning sanoat xavfsizligi qachon ekspertizadan o‘tkaziladi?



Yüklə 138,44 Kb.
səhifə13/13
tarix24.12.2023
ölçüsü138,44 Kb.
#158071
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Документ Microsoft Word

Xavfli obektlarning sanoat xavfsizligi qachon ekspertizadan o‘tkaziladi?
Vazirlar Mahkamasining 2.10.2018 yildagi 784-son qarori bilan buyurtmachining ariza berish va xulosa olish tartibi, ekspertizani amalga oshirish bosqichlari, muddatlari va holatlari belgilandi, deb yozmoqda Norma. Eslatib o‘tamiz, sanoat xavfsizligi sohasida davlat tomonidan tartibga solish Vazirlar Mahkamasi, «Sanoatgeokontexnazorat» DI, shuningdek ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish – shunday tartibga solish turlaridan biri. Xavfli ishlab chiqarish obektini (bundan keyin – XIO) qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishni amalga oshirish uchun ekspertizaning ijobiy xulosasi bo‘lishi zarur. Xavfli toifaga kiruvchi obektlar ro‘yxati «Xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida»gi Qonunning 4-moddasida belgilangan. 
Quyidagilar sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkaziladi: XIOni qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari; XIOning sanoat xavfsizligi deklaratsiyalari.
Shuningdek XIOda texnik qurilmalar, bino va inshootlar qanday hollarda ekspertizadan o‘tkazilishi belgilandi. Buyurtmachi ekspertizani amalga oshirish uchun ekspert tashkilotiga belgilangan shakldagi buyurtmanomani bevosita, uning olingani to‘g‘risidagi bildirishnoma bilan birga pochta orqali yoxud elektron shaklda (ERI bilan tasdiqlagan holda) taqdim etadi. Buyurtmanomaga zarur hujjatlar paketi (ularning ro‘yxati hujjatga ilovaga ko‘rsatilgan) ilova qilinadi. Ekspertizani buyurtmachi bilan shartnoma asosida akkreditatsiyalangan ekspert tashkilotlari amalga oshiradilar. Ekspertiza natijalariga ko‘ra obekt sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi to‘g‘risida xulosa beriladi. Ekspertizani o‘tkazish muddati ekspertiza obektining murakkabligiga qarab belgilanadi, biroq zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlar to‘plami olingan kundan boshlab 3 oydan oshmasligi kerak. Ekspertizadan o‘tkazish quyidagi bosqichlardan iborat: ekspertizani o‘tkazish uchun arizani qabul qilish;
• hujjatlarni dastlabki baholash hamda ekspertizani amalga oshirish uchun shartnoma tuzish;
• ekspertiza obektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
• ekspertiza xulosasini rasmiylashtirish va berish.
Keyingi har bir bosqich avvalgisida ijobiy natijalarga erishilganda o‘tkaziladi.
Ekspertizani o‘tkazishda nomuvofiqliklar va kamchiliklar aniqlangan hollarda ekspert bir kun davomida protokolni rasmiylashtiradi. Buyurtmachi protokolni olgandan so‘ng unda ko‘rsatilgan muddatlarda aniqlangan nomuvofiqliklarni bartaraf etishi va belgilangan shakldagi natijalarni ekspert tashkilotiga yuborishi kerak.
Salbiy ekspertiza xulosasi quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi:
• buyurtmachi tomonidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish tadbirlari yetarlicha o‘tkazilmaganda yoki ularning natijalari kelishilgan muddatlarda taqdim etilmaganda;
• taqdim etilgan hujjatlarda buzib ko‘rsatilgan yoki yolg‘on ma'lumotlar borligi aniqlansa;
• o‘tkazilgan tekshirish va texnik diagnostikaning asoslangan salbiy natijalari olinganda;
• ekspertiza obekti sanoat xavfsizligi talablariga mos kelmasa.
Xulosada ko‘rsatilgan barcha nomuvofiqliklar va kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin buyurtmachi ekspertizani o‘tkazish uchun takroran ariza berishi mumkin.
Ekspertiza xulosalari Nizomga ilovada ko‘rsatilgan muddatlarga beriladi. Qurilishi tugallangan obekt foydalanishga qabul qilingandan keyin ekspertiza doirasida XIO identifikatsiyalanadi.

XIO sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish talabini buzganlik uchun MJTKning 97-moddasi bo‘yicha ma'muriy javobgarlik belgilangan. 


Hujjat 3.10.2018 yildan kuchga kirdi.

Yüklə 138,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə