Iqtisodiyot / Sanoat


Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar; 2



Yüklə 138,44 Kb.
səhifə7/13
tarix24.12.2023
ölçüsü138,44 Kb.
#158071
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Документ Microsoft Word

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.16.00.00 Aloqa / 09.16.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.06.00.00 Ta’minlash vositalari / 16.06.06.00 Qutqaruv xizmati]
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot:
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish tadbirlarini rejalashtirishi hamda amalga oshirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli professional avariya-qutqaruv xizmatlari bilan xizmat ko‘rsatishga doir shartnomalar tuzishi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda esa o‘z avariya-qutqaruv xizmatlarini yoki xodimlari jumlasidan shtatsiz avariya-qutqaruv tuzilmalarini tashkil etishi;
(11-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun qonunchilikka muvofiq moliyaviy mablag‘lar va moddiy resurslarning zaxirasiga ega bo‘lishi;
(11-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yoki noxush hodisa yuz bergan taqdirda, xodimlarini bajariladigan harakatlarga o‘qitishi;
xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya ehtimolini nazarda tutgan holda kuzatish, xabar qilish, aloqa va harakatlarga ko‘maklashish tizimlarini tashkil etishi, shuningdek mazkur tizimlarni yaroqli holatda saqlab turishi shart.
12-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.02.00 Sanoat sohasidagi boshqaruv / 09.10.02.01 Sanoatdagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati sanoat xavfsizligi talablarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonunchilikka muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yüklə 138,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə