Iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə3/23
tarix27.02.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#101572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
mustaqil ta\'lim Iqtisodiyot nazariyasi

Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim:

  • talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi);

  • fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi;

  • talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi. Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va xajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o‘rgatib borish kerak bo‘ladi.

Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin:

  • fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash;

  • amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish;

  • ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;

  • kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;

  • hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;

  • maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash;

  • amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;

  • ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash;

  • amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;

  • uy vazifalarini bajarish va boshqalar;

Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak.

Mustaqil ish tayyorlashnig mazmuni va shakllari

Mustaqil ish tayyorlashning mazmuni: talabalar mustaqil ishlari mavzulari kelgusida bajariladigan kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlari mavzulari bilan uzviylikda bajariladi. Mustaqil ta’limni tashkil etish jarayonida talabalar mavzuga oid darsliklardan foydalanish tavsiya etiladi.
Mavzuni yoritish jarayonida O’zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasi Qarorlarining asosiy mazmuni talabalarga yetkazilishi, ularning mavzuga oid qismlaridan ko‘chirmalar tarqatma material sifatida o‘rganilishi tavsiya etiladi. Qonun hujjatlarini o‘rganish jarayonida axborot tizimlari, internet saytlari ma’lumotlaridan samarali foydalanish, O’zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan ishlar, O’zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot vazirligi, Davlat soliq va statistika qo‘mitalarining rasmiy saytlaridan yangi ma’lumotlarni olib foydalanishlari lozim.
Mustaqil ish tayyorlashni shakli bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha yozish, tarqatma materiallar (jadval, grafik, chizma, sxemalar) tayyorlash.
Bundan tashqari, fan mazmunini boyitish va uning ma’lumotlarini yangilab borishda axborot resurslaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish; fanning mazmunini yanada takomillashtirish maqsadida tavsiya etilgan chet el adabiyotlari ma’lumotlarini tarjima qilish va fanni chuqurroq o‘rganish; talabalar fanni mukammal o‘zlashtirish maqsadida mazkur fanga oid muammolarni hal qilish yo‘llarini izlab topish va muammolarni maqolalar orqali yoritishlar ham kiradi.

Mustaqil ish bajarilishi va jihozlash

Talabaning mustaqil ish bajarilish jarayonida turli manbalardan axborotlar yig‘ish va ularni jamlash, yozma ravishda o‘zining fikrini bayon etish, auditoriya oldida o‘zining ravon nutqi bilan chiqishi orqali malakasi shakllanadi va oshadi. Talaba kutubxonalarda faqat adabiyotlar bilan ishlash bilan cheklanmasdan, balki davlat tashkilotlari, statistika boshqarmasi, jurnal, ro‘znoma va internet saytlari ma’lumotlaridan foydalanishni ham bilishi lozim.
Mustaqil ishlarning keng tarqalgan shakli taqdimotdir.Talabalar taqdimotni seminar darslariga tayyorlab kelishlari mumkin. Taqdimotni adabiyotlarni o‘rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o‘z kuzatishlarini ham ishlata bilgan holda tayyorlashlari kerak. Taqdimot tayyorlash jarayonida talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarini umumlashtirish va xulosa qilishga o‘rganadi.
Mustaqil ta’lim taqdimot ko‘rinishida bo‘lsa, u Power Point dasturida tayyorlanadi va unda titul varog‘i, mavzu, reja va slaydlardan iborat bo‘lishi kerak.
Mustaqil ishning yana bir shakli "Ilmiy loyiha"dir. Ilmiy loyihani talabalarning ilmiy ish yozishi, tadqiqot o‘tkazishini dastlabki shakli sifatida ko‘rish mumkin. Ilmiy loyiha (lotincha refero- axborot beryapman) — biror ilmiy asar, o‘qilgan kitob, maqola kabilar mazmunining qisqacha yozma yoki
og‘zaki bayoni, o‘rganilgan ilmiy masalaning natijasi haqidagi axborot, tegishli adabiyot va boshqa manbalar obzorini o‘z ichiga olgan ma’lum mavzudagi doklad. Ilmiy loyiha odatda, ilmiy axborot vazifasini o‘taydi. Unda muayyan mavzu bilan birgalikda, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi mumkin. Ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida ilmiy dokladlar sifatidagi «Ilmiy loyiha»lar keng tarqalgan. Odatda talabalarning seminar mashg‘ulotlariga tayyorlab keladigan maxsus axborotlari ham «Ilmiy loyiha» deyiladi.
Ilmiy loyiha yozish bilan talaba ilmiy adabiyotlar bilan ishlashni, statistik ma’lumotlar va boshqa materiallarni to‘plash, ularni qayta ishlash, ya’ni hisob kitob qilish, tahlil qilish, o‘rganilayotgan hodisalarga tanqidiy ko‘z bilan qarashni, baholashni, nazariyani amaliyot bilan bog‘lashni o‘rganadi.
Ilmiy loyiha mustaqil yozilib, uni yozish qoidalariga amal qilinsa, darslik bo‘yicha savolga tayyorlanib kelib, seminar darslarda so‘zga chiqishga qaraganda katta foyda beradi. Talaba «Ilmiy loyiha»da bildirgan o‘z fikrini auditoriya oldida himoya qila olishi kerak.
Mustaqil ta’lim "Ilmiy loyiha" tarzida (kompyuterda) tayyorlanadigan bo‘lsa, unda titul varag‘i, reja, asosiy matn va adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Mustaqil ish bajarishda talaba o‘rganiyotgan mavzuning mohiyati va mazmunini faqatgina asosiy matnda nazariy jihatdan yoritmasdan, balki mavzu bo‘yicha amaliy ma’lumotlardan sxema, grafik, diagramma, jadvallar ko‘rinishida tarqatma materiallar tayyorlashlari va ularni tahlil qilish talablari qo‘yilgan. Chunki, har qanday mavzuning nazariy qismi amaliy topshiriqlar bilan to‘ldirilganda dars samarasi yanada yuqori bo‘ladi
Shunday qilib, taqdimot tayyorlash, ilmiy loyiha va amaliy materiallar foydalanish bir tomondan, ilmiy ishlarning yakuni sifatida, o‘z ustida ishlashlari, izlanishlariga yakun yasasa, ikkinchi tomondan, ularni yanada yangi ishlarga rag‘batlantiradi, dunyoqarashini rivojlanishi, o‘z faoliyatini aniq maqsadga yo‘naltirishga, yanada chuqurroq bilim olish, o‘z ustida ishlashga, iqtisodiy fikrlash, ilmiy izlanishga, fikrini mantiqiy izchillikda ham og‘zaki, ham yozma ravishda bayon qilishga o‘rgatadi.
Mustaqil ishni bajarilishida talaba bu ishga ijodiy yondoshmog‘i lozim.
Talabalarni fanni mustaqil o‘zlashtirishlari uchun quyidagi talablar qo‘yilgan:

  • bir mavzuni yoritishda talaba faqatgina ilmiy adabiyotlardan emas, balki ham ilmiy maqolalar, ham axborot vositalari, ham internet tarmoqlaridan birgalikda foydalanishi lozim;

  • o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha rivojlangan davlatlar tajribalari qay darajada ekanligiga e’tibor berilishi lozim;

  • Ilmiy loyiha reja asosida va talab darajasida tayyorlangan bo‘lib, har bir reja bo‘yicha talaba o‘z fikr mulohazalarini bayon etishi shart;

  • mavzuni yoritishda keltirilgan statistik ma’lumotlar aniq va to‘g‘riligiga ishonch hosil qilish uchun manbasi ko‘rsatilishi shart;

  • Ilmiy loyiha tarzda (kompyuterda) yoziladigan bo‘lsa (A4 format qog‘oz, chap-3 sm, yuqori-2sm, past-2,5 sm, o‘ng-1 sm va 14 shriftda, 1

interntervalda yozilishi kerak) 14-15 betdan va taqdimot ko‘rinishida 10-15 slayddan iborat bo‘lishi kerak, tarqatma materiallar esa 8-10tadan kam bo‘lmasligi lozim.

Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish

Faning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim.
Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzu bo‘yicha Loyiha ishi, taqdimot va slaydlar, keys stadilar tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar.

Mustaqil ishlarni baholash tartibi

Talabalarning reyting asosida baholash tizimida mustaqil ishning bajarilishi yakuniy sinov sifatida xizmat qiladi. Albatta, mustaqil ishning talabalar tomonidan bajarilish muddati, yozma yoki Ilmiy loyiha ishlariga qo‘yilgan talabga qay darajada javob berilishi, tavsiya etilgan adabiyotlardan qanday foydalanganligi baholash me’zonida nazarda tutiladi.


Loyiha ishlarining namunaviy mavzulari

  1. Iqtisodiyotga oid bilimlarning shakllanishi va rivojlanishi.

  2. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishida turli xil oqimlarning roli

  3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti,maqsadi va vazifalari

  4. Iqtisodiyot nazariyasi fanining bilish uslub va usullari

  5. Ijtimoiy-iqtisodiy yehtiyojlar, ularning tarkibi va qondirishi usullari

  6. Iqtisodiy resurslar va yehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi bog‘liqlik.

  7. Doiraviy aylanishlar modeli

  8. Iqtisodiy tizim modellari va ularning rivojlanishi

  9. Ishlab chiqarishning siklli xarakteri va iqtisodiy inqirozlarning ob’ektiv asoslari

  10. O’zbekistonda inqirozli jarayonlarning namoyon bo‘lish xususiyatlari va uni bartaraf yetish yo‘llari

  11. Iqtisodiy sikl va uning turli xil nazariyalari

  12. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning milliy konsepsiyasi, islohotlar strategiyasi

  13. Mulkchilik munosabatlarining iqtisodiy mazmuni, shakllari va turlari

  14. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning maqsadining asosiy shakllari va usullari

  15. O’zbekistonda milliy pul-so‘mning qadrini oshirish va barqarorligini ta`minlash muammolari

  16. Agrar munosabatlar va ularni bozor tizimidagi xususiyatlari

  17. Bozor iqtisodiyoti, uning vujudga kelishi va rivojlanishining shart- sharoitlari

  18. Pul haqidagi turli xil nazariyalar va hozirgi zamon pulining tabiati

  19. Bozor mexanizmi va uning tarkibiy qismlarining iqtisodiy nazariy tavsifi

  20. Tovarning nafliligi va qadr-qiymat to‘g‘risidagi nazariyalar

  21. O’zbekistonda milliy bozorni shakllantirish muammolari

  22. Bozor infratuzilmasi, uning asosiy sohalari va unsurlari

  23. O’zbekistonda antimonopol qonunchilik va raqobat muhitining yaratilishi

  24. Yalpi talab, uning tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar

  25. Yalpi taklif, uning tarkibi va unga ta’sir qiluvchi omillar

  26. O’zbekistonda aralash iqtisodiyotni shakllantirish

  27. Xufiyona iqtisodiyot, uning o‘lchamlari va namoyon bo‘lish shakllari

  28. O’zbekistonda fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirish vazifalari va istiqbollari

  29. Iste’molchi xulqi nazariyasi

  30. Ishlab chiqarish xarajatlari va foyda tashkil topishining xususiyatlari

  31. O’zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishda ijtimoiy siyosatning asosiy yo‘nalishlari

  32. Ishchi kuchi bozori: mazmuni, tuzilishi va modellari

  33. Ishsizlik, uning turlari va O’zbekistonda bandlik muammolari

  34. O’zbekistonda ishchi kuchi bozorini shakllantirish va tartibga solish muammolari

  35. Milliy hisoblar tizimi va O’zbekistonda unga o‘tishning vazifalari

  36. Milliy iqtisodiyot va uning shakllantirishdagi dolzarb muammolar

  37. Nominal va real yalpi milliy mahsulot, ularning nisbati va o‘zgarish sur’atlari

  38. Inflyatsiya, uning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari

  39. Iqtisodiy o‘sish, uning turlarini va hisoblash usullari

  40. O’zbekistonda to‘liq va samarali bandlik muammoasi

  41. Pul tizimi yevolyutsiyasi va uning turlari

  42. Bozor iqtisodiyotiga o`tishda davlatning moliyaviy siyosati, uning dastaklari va amalga oshirish vazifalari

  43. Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari va iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli

  44. Soliqlar va ularning bozor iqtisodiyotidagi vazifalari

  45. Banklar, ularning turlari va kredit tizimidagi roli

  46. Kredit va uning hozirgi zamon shakllari

  47. O’zbekistonda bank tizimi takomillashtirish vazifalari va asosiy yo‘nalishlari

  48. Iqtisodiyotni tartibga solishning maqsadi, vazifalari va usullari

  49. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning ijtimoiy siyosati

  50. Davlatning kredit-pul siyosati, uning dastaklari va amalgam oshirish vositalari

  51. Agrobiznes, uning turlari va rivojlantirish muammolari

  52. Korxonalarning bozor tizimidagi o‘rni va iqtisodiy faoliyatining xususiyatlari

  53. Tadbirkorlik kapitalining aylanishi va samaradorligi muammolari

  54. Iqtisodiy xarajatlar, uning tarkibi va turlari

  55. Korxona foydasi, uning taqsimlanishi va ishlatilishi

  56. Tadbirkorlik faoliyati, uning turlari va asosiy belgilari

  57. Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o‘rni

  58. Ist’emolning iqtisodiy mazmuni va omillari

  59. Aholi daromadlari, uning turlari va shakllanish manbalari

  60. O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirishning ahamiyati

  61. O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalash tizimi va davlatning ijtimoiy siyosati

  62. Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuni, uning manbalari va omillari

  63. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, uning turlari va ob’ektiv asoslari

  64. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari

  65. O`zbekiston Respublikasining Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligining hozirgi darajasi va istiqbollari

  66. Xalqaro savdo, uning turlari va tartibga solish mexanizmi

  67. Xalqaro valyuta tizimlari va ularning o`zgarishi

  68. Xalqaro kredit va uning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ro`li

  69. Ish haqi turlari hamda ularning darajasini belgilovchi omillar

  70. Jahon xo`jaligining tashkil topishi va uning rivojlanish bosqichlari

  71. Pul taklifi va pulga bo`lgan talab hamda ularni belgilovchi omillar

  72. Jahon bozorida narx tashkil topishining o`ziga xos xususiyatlari

  73. Makroiqtisodiy muvozanatlik va unga yerishishning shart-sharoitlari

  74. Bozor iqtisodiyoti sharoitida aholini ish bilan ta’minlashni davlat tomonidan qo`llab quvvatlashning yo`llari

  75. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida budjet soliq siyosatini rivojlantirish muammolari

  76. O`zbekistonda tadbirkorlik faoliyatini moliya-kredit mexanizmi orqali rag`batlantirish istiqbollari

  77. Investitsiya faoliyatini amalga oshirish va ularni samaradorligini ta`minlash yo`llari

  78. O`zbekiston Respublikasida investitsiya faoliyatlarini samarali tashkil yetish istiqbollari

  79. O`zbekistonda raqobat muhitini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini takomillashtirish yo`llari

  80. O`zbekistonda fermer va dehqon xo`jaliklari faoliyatini takomillashtirish yo`nalishlari





Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə