Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi


BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISHNING O`ZBEK MODELI VA UNING O`IZGA XOS XUSUSIYATLARI



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə6/16
tarix28.02.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#101673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
mavzularrrrrrrrr

BOZOR IQTISODIYOTIGA O`TISHNING O`ZBEK MODELI VA UNING O`IZGA XOS XUSUSIYATLARI
Reja:

  1. O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tish nazariyasi

  2. O'zbckistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari

  3. Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga oshirilishi

Bozor va uning tuzilishi, bozor iqtisodiyotining mazmuni, belgilari, uning afzallik va kamchilik tomonlarini o'rgangandan keyin endi bozor iqtisodiyotiga o'tish kerakmi yo'qmi, degan savol turadi. Hozirgi vaqtda ko'pchilik mam­lakatlar boshqa iqtisodiy tizimlarga qaraganda bozor iqtisodi-yoti tizimi afzal deb, unga o'tmoqdalar. Bozor iqtisodiyotiga o'tish uchun maxsus o'tish davri zarur bo'lib, bu davrning mazmuni va asosiy belgilarini ko'rib chiqish maqsadga mu-vofiq hisoblanadi. O'tish davri nazariyasi, xususan bozor iqtisodi­yotiga o'tish yo'llari bayon qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning tamoyillari va xususiyatlari, respublikada bozor islohotlarini amalga oshirish-ning mazmuni, maqsadi va asosiy yo'nalishlari ko'rsatib beriladi. Bu kurs ishi bozor munosabatlariga o'tish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish jarayonida makroiqtisodiy barqarorlikka erishish, strategik vazifalarni amalga oshirish yo'llarini tahlil qilish bilan yakunlanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini o'zgartirishdan iboratdir. Ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri deganda ma'muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki tubdan o'zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish jarayonlari amalga oshirilu-vchi tarixiy davr tushuniladi.1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro'y bergan muhim o'zgarishlar iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to'g'risidagi nazari-yalarni qaytadan ko'rib chiqish va ularga jiddiy o'zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo'ydi. Chunki bu vaqtga kelib G'arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya'ni iqtisodi-yotning o'zini-o'zi tartibga solish g'oyasi ham, iqtisodiyotni markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g'oyasi ham inqirozga uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyot-ning sifat jihatdan yangi yo'llarini qidirib topish zarur bo'lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning ta-jribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot yo'li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo'lni tanladilar. Lekin bunday bozor iqtisodiyotiga o'tish yo'llari (modellari) xilma-xil bo'lib, ularning umumiy va xususiy to-monlari farqlanadi.

  1. Jahon tajribasida bozor iqtisodiyotiga o'tishning barcha yo'llari umumlashtirilib, quyidagi uchta asosiy turga bo'linadi:

  2. 1) rivojlangan mamlakatlar yo'li;

  3. 2) rivojlanayotgan mamlakatlar yo'li;

  4. 3) sobiq sosialistik mamlakatlar yo'li;

  5. 4) sosializm g'oyalarini samarali bozor iqtisodiyotini vu-judga keltirish mexanizmi bilan qo'shib olib borish yo'li (Xi-toy, Vetnam).

  6. Bu yo'llar turli tuman va har xil bo'lishiga qaramay ularda umumiylik mavjuddir. Ularning umumiyligi shundaki, ularn­ing hammasi bozor iqtisodiyotiga o'tishni maqsad qilib qo'yadi va mazkur iqtisodiyotning qonun-qoidalari, amal qil­ish mexanizmi ko'p jihatdan umumiy bo'ladi. Shu bilan birga har bir yo'lning o'ziga xos xususiyatlari ham bor, bu esa bozor munosabatlarini shakllantirishning ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy, milliy sharoitlari har xil bo'lishidan kelib chiqadi.




Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə