Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi


RAQOBATNING TURLI KO`RINISHLARI SHAROINIDA NARXNING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI



Yüklə 190,5 Kb.
səhifə9/16
tarix28.02.2023
ölçüsü190,5 Kb.
#101673
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
mavzularrrrrrrrr

RAQOBATNING TURLI KO`RINISHLARI SHAROINIDA NARXNING SHAKLLANISH XUSUSIYATLARI
Reja:
1. Raqobatning mohiyati, shakllari va usullari
2. Monopoliyalarning iqtisodiy asosi va ularning turlari
3. O’zbekistonda raqobatchilik muhitining vujudga kelishi va monopoliyaga qarshi qonunchilik
4. Narxning mazmuni, vazifalari va turlari
5. Narx siyosati va uning O’zbekistonda amalga oshirilishi xususiyatlari
Bozor va bozor iqtisodiyotini tartiblashtirish va uni boshqarishda talab, taklif, narx va raqobat usullari qo’llaniladi. Raqobat ko’p qirrali iqtisodiy xodisa bo’lib, u bozorning barcha sub‘ektlari o’rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi.
Raqobat – bozor sub‘ektlari iqtisodiy manfaatlarining to’qnashuvidan iborat bo’lib, ular o’rtasidagi yuqori foyda va ko’proq naflilikka ega bo’lish uchun kurashni anglatadi. Raqobatning mazmuni, uning vazifalarini ko’rib chiqish orqali yanada kengroq namoyon bo’ladi.
Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Tartibga solish vazifasi;
2. Resurslarni joylashtirish vazifasi;
3. Innovatsion vazifa;
4. Moslashtirish vazifasi;
5. Taqsimlash vazifasi;
6. Nazorat qilish vazifasi.
Raqobat ishtirokchilari quyidagi sub‘ektlardan iborat bo’ladi:
1. Ishlab chiqaruvchi va sotuvchilar o’rtasida;
2. Iste‘molchi va xaridorlar o’rtasidа.


TADBIRKORLIK KAPITALI VA UNING HARAKATI BOSQICHLARI
reja:


1. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi, uning vazifalari va
rivojlanish shart-sharoitlari
2. Tadbirkorlik faoliyatining shakllari, ularni tashkil etish va boshqarishning bozor tizimlari
3. O’zbеkistonda kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikning yanada erkinlashtirilishi va rag’batlantirilishi
4. Tadbirkorlik kapitali va uning harakati bosqichlari
Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy rеsurs hisoblanib, inson omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. Tadbirkorlik faoliyatining mohiyati, maqsadi va bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida amal qiladigan shakllarini batafsil bayon etish, tadbirkorlik kapitalining mazmunini va uning harakat shakllarini tahlil qilish, kapital harakatida vujudga kеladigan jarayonlar va uning namoyon bo’lishini, shuningdеk, kapitalning aylanish tеzligi va undan foydalanish samaradorligini oshirish masalalarini yoritish ushbu bobning asosiy vazifasi bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi paytda turli ilmiy-nazariy adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyati va biznеs xususida, uning yo’nalishlari, tamoyillari, huquqiy-iqtisodiy jihatlari to’g’risida ko’plab olimlarning fikrlari, mulohazalari kеng o’rin egallamoqda. Ularda ko’pincha tadbirkorlik faoliyati va biznеsni bir xil tushuncha sifatida talqin qilinmoqda.
Fikrimizcha, tadbirkorlik biznеsdan farq qilib, tadbirkorlik – bu mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishga ijodkorlik, yangilik yaratish ruhi asosida yondashish bilan bog’liq faoliyatdir. Biznеs esa unga nisbatan kеng tushuncha bo’lib, umuman foyda olish nuqtai-nazaridan yuritiluvchi faoliyatdir.
O’zbеkiston Rеspublikasining «Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida»gi qonunida ta’riflanishicha «Tadbirkorlik (tadbirkorlik faoliyati) – yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan mulkiy ma’suliyat ostida, mavjud qonunlar doirasida, daromad (foyda) olish maqsadida, tahlika bilan amalga oshiriladigan iqtisodiy faoliyatdir».
Bugungi kunda tadbirkorlik faoliyati nazariyasining rivojlanishda «uch to’lqin» – ya’ni, mazkur sohani ilmiy jihatdan tadqiq etishdagi alohida bosqichlar shartli ravishda ajratiladi.

Yüklə 190,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə