Iqtisodiyot va menejment


-Mavzu: Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə41/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

8-Mavzu: Jahon xo’jaligida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyoti
Reja:
Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.
Rivojlangan mamlakatlarning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtirokining umumiy xususiyatlari.
Ayrim rivojlangan mamlakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyati va ularning eksport va import tovar tuzilmasi.


Tayanch iboralar
Rivojlangan mamlakatlar, erkin iqtisodiyot (amerikancha) modeli, ijtimoiy bozor (Germaniya) modeli, SHved modeli, YAponiya modeli, «ikkinchi iqtisodiyot», SRM, Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti (IHTT).


8.1. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining umumiy qonuniyatlari.
XXI asr boshlarida rivojlangan mamlakatlar 40 tadan ozroqni tashkil etgan. Ular G’arbiy Yevropada, SHimoliy Amerikada, Osiyoda, Avstraliya va Okeaniyada joylashgan, 29 tasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ga a’zodir. 7 davlat AQSH, YAponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Kanada va Italiya “katta yettilik” deb yuritiladi. Aynan shu mamlakatlar umumjahon xo’jaligining asosiy rivojlanish yo’nalishlarini va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydilar. Ayrim bir mamlakat va guruhlarning rivojlanish darajasi ko’rsatkichlarini YAIM kishi boshiga taqsimotidagi darajasi belgilaydi.
Hisoblar BMT tomonidan ishlab chiqilgan tartiblar asosida hisoblanadi. Asos qilib milliy valyutaning xarid quvvati pariteti (MVP) olingan. SHu asosda hisoblanganda 2011 yili dunyoda 70,2 trln. dollarlik YAIM ishlab chiqarildi, kishi boshiga YAIM esa dunyo bo’yicha 10500 AQSH dollarini tashkil qiladi (Oleynik,Ctranы mira v tsifrax/2011, 52-bet). Jahon Banki Atlasi metodikasiga ko’ra YAMDning aholi jon boshiga nisbati 11456 AQSH dollaridan ortiq mamlakatlar yuqori daromadli mamlakatlar deyiladi.
Bugungi kunda umumjahon xo’jaligini rivojlangan mamlakatlar o’z nazoratiga olishi kengayib bormoqda. Bu jarayon tashqi savdo, chet ellarga qilinayotgan investitsiyalar tizimi, transmilliy korporatsiyalar (TMK) tarmog’i, ilmiy-texnika sohasining monopollashuvi va boshqa omillar orqali amalga oshirilmoqda.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə