Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə39/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

7.5. Mamlakat to’lov balansi
Mamlakatning ma’lum vaqtdagi barcha xalqaro iqtisodiy faoliyati, shu jumladan tashqi savdo, kapital va ishchi kuchi migratsiyasi ham to’lov balansida o’z aksini topadi.
Tashqi iqtisodiy bitim valyuta ayirboshlash yoki valyuta operatsiyalari orqali amalga oshiriladigan oldi-sotdi bitami hisoblanar ekan, unday holda, mamlakatning jahon bozoridagi faoliyati natijalari pirovardida xorijiy valyuta tushumlari va harajatlarida ifodalanadi. SHuning uchun ham to’lov balansi - bu bir tomonida chetdan keladigan barcha tushumlar, ikkinchi tomonida esa mamlakat chetga chiqaradigan barcha to’lovlari ko’rsatilgan hujjatdir. Tushum (kredit) faqat eksport yordamida ta’minlanishi mumkin, aksincha, xorijiy maxsulotlarni sotib olish (yoki import) to’lovlar va xorijiy valyuta harajatlari bilan bog’liq chiqimlar (debet) bo’ladi. Bunda tovar deganda ayirboshlanadigan har qanday narsa tushuniladi, ya’ni u moddiy ne’mat, xizmat, ishchi kuchi, kapital va valyu ta bo’lishi mumkin.
To’lov balansining tarkibiy tuzilishi bo’yicha barcha tashqi iqtisodiy bitimlar ikkita katta guruhga bo’linadi; joriy operatsiyalar va kapital harakati bilan bog’liq operatsiyalar.
O’z navbatida joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularo’rtasidagi farq tashqi savdo balansining qoldig’i deb yuritiladi., Biz ning misolda bu balans salbiydir, ya’ni mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan ko’ra ko’proq olib keladi (-80).
Asosiy tushunchalar:
Jahon valyuta tizimi – turli mamlakatlar o’rtasidagi valyuta-kredit munosabatlarini o’zida mujassamlashtiruvchi tizim.
Oltin standart -pulning asosiy shakli oltin hisoblangan o’zaro aloqalar amaliyoti.
Erkin konvertirlanadigan valyuta – har qanday xorijiy valyuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valyuta.
Qisman konvertirlanadigan valyuta – xorijiy valyutalarning ma’lum bir qismigagina ayirboshlanadigan, xorijiy valyutani sotib olishda va sotishda cheklashlar mavjud bo’lgan valyuta.
Konvertirlanmaydigan valyuta – xorijiy valyutalarga ayirboshlanmaydigan va ichki to’lov oborotiga xizmat qiladigan valyuta.
SDR (SDR) – Xalqaro valyuta fondining maxsus pul birligi.
EKYU - hududiy xalqaro valyuta biriligi. Yevropa ittifoqi valyuta tizimida hisob-kitob va kredit funktsiyalarini bajaradi.
Valyuta kursi – bir mamlakat pul birligin boshqa mamlakat pul birligidagi bahosi.
Kotirovkalash – valyuta kursini o’rnatish.
To’g’ri kotirovkalash – xorijiy valyuta birligiga to’g’ri keladigan milliy valyuta miqdorini o’rnatish.
Teskari kotirovkalash – milliy valyuta birligiga to’g’ri keladigan xorijiy valyuta miqdorini o’rnatish.
Devalvatsiya – milliy valyuta kursini kamaytirilishiga qaratilgan tadbir.
Revalvatsiya – milliy valyuta kursini oshirishga karatilgan tadbir.
Nominal valyuta kursi – bir-birlik milliy valyutaga to’g’ri keladigan xorijiy valyutaning qiymati.
Real valyuta kursi – bir-birlik milliy tovar va xizmatlarga to’g’ri keladigan xorijiy tovar va xizmatlar qiymati.
Valyuta operatsiyalari – xorijiy valyutani oldi-sotdisi bo’yicha bo’ladigan operatsiyalar.
To’lov balansi – mamlakatga chet eldan keladigan barcha tushumlar va mamlakat chetga chiqaradigan barcha to’lovlar ko’rsatiladigan hujjat.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə