Iqtisodiyot va menejment


Valyuta bozorlari va valyuta operatsiyalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə38/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

7.4. Valyuta bozorlari va valyuta operatsiyalari
Valyutaning almashinish kursi ularni olish-sotish jarayonida belgilanadi. Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari bo’lgan korxonalar, banklar, moliya-kredit muassasalari va jismoniy shaxslar tashqi savdo hisob-kitoblarini kapital va ishchi kuchi migratsiyasini amalga oshirish, valyuta rezervlarini tuldirish, valyuta xavfxataridan sug’urta qilish, shuningdek valyuta kurslari o’zgarishi hisobiga foyda olish uchun xorijiy valyutani sotib oladilar va sotadilar.
Xorijiy valyuta oldi-sotdisi bo’yicha bo’ladigan bu operatsiyalar valyuta operatsiyalari deb ataladi. Valyuta sotuvchilari va xaridorlari o’rtasida doimiy bo’ladigan telefon, teletayp va boshqa aloqa turlari ko’rinishidagi bu operatsiyalar yig’indisi valyuta bozori deb yuritiladi. SHunday qilib, valyuta bozorlari xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimida muhim vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, ular maxsulotlar, xizmatlar, kapital va ishchi kuchini xalqaro aylanishiga xizmat ko’rsatadi.
Ikkinchidan, ular talab va taklif asosida valyuta kursini aniqlaydi.
Uchinchidan, ular valyuta xavf-xataridan himoyalashni ta’minlaydi, chayqovchilik kapitalidan foydalanish imkoniyatini yaratadi, turli mamlakatlar o’rtasida moliyaviy resurslarni qayta taqsimlaydi.
Zamonaviy jahon valyuta bozorining xususiyati shundaki, unda savdo va moliyaviy operatsiyalarga xizmat ko’rsatish bilan emas, balki almashadigan kurslar farqi hisobiga foyda olish bilan bog’liq operatsiyalar ustunlikka ega. Hozirgi vaqtda bu operatsiyalar hissasiga jahon valyuta aylanishining 90 foizdan ortigi to’g’ri keladi. 40-50- yillarda bu ko’rsatkich 10 foizni tashkil etgan edi. Demak, jahon valyuta bozori hisob-kitob markazidan moliyaviy resurslarni xalqaro qayta taqsimlash mexanizmiga aylanib bormoqda.
Zamonaviy valyuta bozori 50-80- yillarda yaratilgan edi. Bu davrda, bir tomondan, bozorda qatnashuvchilar soni tez ko’paydi, operatsiyalar hajmi usdi, ikkinchi tomondan, barcha valyuta operatsiyalarini yaxlitligini shakllantirishga imkon beruvchi aloqa vositalari va yangi texnika paydo bo’ldi. Valyuta operatsiyalarini juda qisqa muddatda amalga oshirish natijasida ularning moddiy ko’rinishi yo’qoldi: milliy pul birliklari bir mamlakatdan boshqasiga asosan bank-larning korrespondent hisoblaridagi yozuvlar ko’rinishida kuchsa, naqd pullar faqat pul almashtiradigan shoxobchalar, sayyoxlik firmalari, banklar tomonidan aholiga xizmat ko’rsatishda qo’llaniladigan bo’ldi..



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə