Iqtisodiyot va menejment


Xalqaro valyuta-kredit vositalari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə37/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

7.2. Xalqaro valyuta-kredit vositalari
Oldingi mavzuda ta’kidlab o’tildiki, zamonaviy xalqaro hisob-kitoblarda va kreditlashda uch xil to’lov vositasidan foydalaniladi: oltin, yetakchi mamlakatlarning milliy valyutalari va xalqaro pul birliklari. Hozirgi vaqtda oltin o’zining asosiy to’lov, hisob-kitob vositasi xususiyatini yo’qotgan bo’lsa-da, u har qanday mamlakat valyuta rezervlarining asosiy qismini tashkil etadi va undan ayrim hollarda, muhim tashqi savdo operatsiyalariga xizmat ko’rsatish va kreditlarni kafolatlashda foydalaniladi. Jahon savdosida rivojlangan mamlakatlar milliy valyutalaridan xalqaro hisob-kitoblarda yanada kengroq foydalanilmoqda. Bunday valyutalarni boshqa davlatlarning Markaziy banklari xalqaro hisob-kitoblar uchun uzlarining rezerv vositalari sifatida saqlaydilar. SHuning uchun ham ularni rezerv milliy valyutalar deyiladi. Keyingi yillarda rezerv valyuta sifatida xalqaro pul birliklaridan ham (SDR, eKYU, EVRO ) foydalanilmoqda. Rezerv valyuta javob berishi kerak bo’lgan asosiy talab uni konvertirlashuvidir. Valyuta konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valyutalarga almashish qobiliyati tushuniladi. Konvertirlashuv tushunchasi jahon valyuta tizimi rivojlanishi bilan o’zgarib bordi. 30- yillargacha qayd etilgan kurs bo’yicha oltinga erkin ayirboshlangan valyuta konvertirlanadigan valyuta deb hisoblangan.
Hozirgi vaqtda valyutalar erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan va konvertirlanmaydigan valyutalarga ajratiladi.
7.3. Valyutaning almashtirish kurslari.
Turli mamlakatlarning valyutalari hamda xalqaro pul birliklari tuzilgan xalqaro bitimlarga xizmat ko’rsatish jarayonida o’zaro almashinadilar va har qanday ayirboshlashda bo’lgani kabi, bu yerda ham ularning bahosini, aniqrori valyutalar kursini aniqlash muhim hisoblanadi.
Valyuta kursi - bu bir mamlakat pul birligining boshqa mamlakatlar pul birliklarida ifodalangan bahosidir. Valyuta kursini o’rnatish kotirovkalash deb ataladi. Agar xorijiy valyuta birligining bahosi milliy valyutada ko’rsatilsa, ya’ni milliy valyutada xorijiy valyutaning bir birligiga to’g’ri keladigan miqdorda ko’rsatilsa, to’g’ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 2012 yilning 20 avgustiga 1 AQSH dollarining qiymati o’zbek so’miga nisbatan 1897,58 so’mni tashkil etdi.
Undan tashqari teskari kotirovkalash degan tushuncha ham bor. Teskari kotirovkalashda bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutalardagi miqdori o’rnatiladi, ya’ni bir birlik milliy valyutaning xorijiy valyutadagi bahosi ko’rsatiladi, masalan:
1 so’m = 0,00053 AQSH dollari yoki
1 AQSH dollari = 1897,58 so’m
Ko’pchilik mamlakatlarda valyutalarni to’g’ri kotirovkalash qabul qilingan, faqat Angliya funt sterlingi, Avstraliya dollari va eKYUning kursi teskari kotirovkalash yordamida o’rnatilib kelingan.
Agarda ikki valyuta o’rtasidagi nisbat qandaydir uchinchi valyutaga nisbatan olingan kurslarida aniqlansa, bunday nisbatni «kross-kurs» deb ataladi.
Masalan:1AQSH dollari=1897,58 so’m; 1Rossiya rubli=62so’mga;
1 so’m = 0.00053 AQSH dollari yoki 1 so’m = 0.0161 Rossiya rubliga,
bu yerda 0.00053AQSH dollari = 0.0161 Rossiya rubliga
1 AQSH dollari = 30,43 rubl.
YUqorida keltirilgan nisbat Rossiya rublining dollarga nisbatan aniqlangan kross-kursidir. Ushbu shartli misolda o’zbek so’mi uchinchi valyuta rolini uynaydi, jahon amaliyotida esa asosan uchinchi valyuta sifatida AQSH dollari qo’llaniladi, ya’ni barcha valyutalar jahon ayirboshlashida aynan shu valyutaga nisbatan kotirovka qilinadi.
Valyuta kursi yoki milliy valyuta bahosi har qanday boshqa tovar bahosi kabi erkin, boshqariladigan, o’rnatiladigan bo’lishi mumkin. SHuning uchun uni erkin suzib yuruvchi, cheklangan darajada suzib yuruvchi va qayd etilgan valyuta kurslariga ajratiladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə