Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə33/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

Asosiy tushunchalar:
Kapitalning xalqaro xarakati — kapitalning yuqoriroq foyda olish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chishidir.
Ssuda kapitali — qaytarib berish va foizlarni to’lash sharti bo’yicha beriladigan kapital.
Tadbirkorlik kapitali — xorijda korxonalarni yaratish maqsadida beriladigan kapital.
Bevosita (to’g’ri) investitsiyalar — investorga xorijiy korxonalar ustidan nazoratni ta’minlash xuquqini beruvchi investitsiyalar.
Portfelli investitsiyalar — investor xorijiy korxonani bevosita boshqarishda qatnasha olmaydigan va faqat aktsiyalardan dividendlar olib turishga yo’naltirilgan investitsiyalar.
Firma yoki tijorat krediti — bir firma tomonidan boshqasiga to’lov muddatini cho’zish sharti bilan tovarlarni sotish ko’rinishida beriladigan kredit.
Bank krediti — kredit bitimlarining yo’nalishi, muddati bilan chegaralanmagan kredit turi.
Forfeyting — import qiluvchi tomonidan to’lashga rozilik bildirilgan veksellarni eksport qiluvchidan sotib olish shaklidagi kreditlash.
Faktoring — vositachi kompaniya tomonidan qarzdorning to’lov majburiyatlarini to’lovga qabul qilib, uni tezda yoki o’rnatilgan muddatlarda mol egasiga to’lash.
Moliyaviy kredit — kreditlash maqsadlari aniqlanmasdan, pul — valyuta ko’rinishida mablag’larni berish.
Bog’liq kreditlar — ma’lum maqsadlar uchun beriladigan kredit.


Nazorat savollari
Kapital xarakatini mohiyati nimadan iborat?
Ssuda kapitali va tadbirkorlik kapitali o’rtasidagi farqni ayting.
To’g’ri va portfel investitsiyalar deganda nimani tushuniladi?
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda kapital xarakati ahamiyatining o’sishini nima bildiradi?
Zamonaviy sharoitlarda kapital xarakati yo’nalishlarining o’zgarishi qanday?
Firma krediti nima va u qaysi hollarda ishlatiladi?
Bank kreditining xususiyatlari va o’ziga xos shakllari nimadan iborat?
Moliyaviy kredit bog’liq kreditdan qaysi xususiyatlari bilan ajralib turadi?
Xalqaro kredit milliy iqtisodiyot va jahon xo’jaligi rivojlanishida qanday rol uynaydi?
Xalqaro ssuda kapitali bozor deganda nima tushuniladi? U o’z ichiga qaysi bozorlarni oladi?
Kredit qiymatining qanday tarkibiy qismlari mavjud?
Kreditning to’la va o’rta muddatlari o’z ichiga nimalarni oladi?
CHet el investitsiyalarining milliy iqtisodiyotdagi roli qanday ?
O’zbekistonda chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qanday sharoitlar yaratilgan?
Transmilliy korporatsiyalarni tavsiflab bering.
TMKlarni jahon bozorlariga kirib borish usullarini ochib bering.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə