Iqtisodiyot va menejment


Kapital harakatining shakllari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə30/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

Kapital harakatining shakllari



Iqtisodiy mazmuniga ko’ra

Kim tomonidan amalga oshirilishiga ko’ra

Ko’rinish bo’yicha

Muddatiga ko’ra

-Ssuda kapitali
-Tadbirkorlik kapitali

-Xususiy davlat
-Xalqaro tashkilotlar kapitali

-Pul ko’rinishida
-Tovar ko’rinishida

-Qisqa muddatli


-Uzoq muddatli



Ssuda kapitalini olib chiqish bu bir mamlakatdagi qarz beruvchining boshqa mamlakatdagi qarz oluvchiga ma’lum muddatda qaytarib berish va foizlarni to’lash sharti bilan kredit berishidir.


5.2. Zamonaviy bosqichda kapital harakatining xususiyatlari.
Zamonaviy bosqichda kapital harakati qator o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lib, ulardan quyidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin. Birinchidan, rivojlangan mamlakatlarda kapital jamg’arishning katta miqdordagi va nisbatan ortiqchaligi tufayli kapital harakatining keskin o’sishi. So’nggi 20 yil davomida kapital eksportining jahon tovar aylanishidagi hissasi ikki marta ko’paydi va hozirgi vaqtda 15 foizdan ortig’ini tashkil etadi. 1970 yillardan boshlab xalqaro ayirboshlash tarixida birinchi bor rivojlangan mamlakatlarning xorijiy korxonalaridagi ishlab chiqarish hajmi ularning tovar eksportidan ortiq bo’ldi, ya’ni bu mamlakatlar o’zlarining xorijda amal qilayotgan ikkinchi iqtisodiyotlarini yarata boshladilar. Masalan, AQSH «ikkinchi iqtisodiyoti»ning ko’lami G’arbiy Germaniya, Angliya, Frantsiyanikidan ikki marta ko’proqdir.
Ilg’or G’arbiy Yevropa mamlakatlari xorijiy korporatsiyalarining ishlab chiqarish hajmi ular yalpi maxsulotining 30 foizga yaqinini tashkil etadi.
Kapital harakatining yana bir muhim xususiyati shundan iboratki, zamonaviy sharoitlarda uning yo’nalishlari sezilarli o’zgardi. Agar dastlab, u eng rivojlan­gan mamlakatlardan kam rivojlangan mamlakatlarga ustun ravishda ssuda shaklida berilgan bo’lsa, hozirga kelib xorijiy kapital asosan rivojlangan mamlakatlar o’rtasida investitsiyalar ko’rinishida beriladi va olinadi. 90-yillarning boshlarida bu mamlakatlar hissasiga xorijiy kapital eksportining 97 foizi va importning 75 foizdan ortig’i to’g’ri keldi. Bu o’zaro investitsiyalash jarayonining kuchayishi bilan bog’liqdir. YA’ni turli mamlakatlar iqtisodiyotning bir tarmog’iga mansub korxonalarni rivojlantirish uchun birgalikdagi mablag’larni jalb etadilar.
Masalan, Germaniyadagi kimyo kontserni AQSHga, Amerika korporatsiyasi esa Germaniya kimyo sanoatiga qo’yadi.
bo’lsa, AQSH va YAponiyaning ko’rsatilayotgan yordamdagi hissalari 20 foizdan oshmadi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə