Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə28/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

Asosiy tushunchalar:
Ishchi kuchi - 16 yosh va undan katta yoshdagi ishlayotgan yoki ishsiz shaxslarning umumiy soni. Maxsus davlat muassasalarida aqli zaiflar va axloq tuzatish muassasalarida bo’lganlar bundan mustasno.
Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi - mehnatga layoqatli aholini bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko’chishi.
Xalqaro mehnat bozori - milliy va hududiy ishchi kuchi bozorlarni o’zida birlashtirib, milliy chegaralarni kesib utuvchi mehnat resurslarining turli yo’nalishlardagi oqimlarini qamrab oladi.
Turmush tarzi yashash darajasi - mamlakatning iqtisodiy rivojlanishdagi erishgan darajasiga mos keluvchi mamlakat aholisi turmush sharoitlarining umumiyligi bo’lib, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasida asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi.
Ishchi kuchi importi -xorijdan mamlakatga ishchi kuchi kelishidir.
Ishchi kuchi eksporti -mamlakatdagi ishchi kuchini xorijga chiqishidir.
Ishchi kuchi eksporti va importining afzalliklari -eksport va import qiluvchi mamlakatlarning oladigan foydalaridir.
Jahon mehnat bozorining markazi - ishchi kuchini jalb etuvchi hudud yoki joydir.
Neoklassik nazariya - ishchi kuchi migratsiyasini tor ma’noda tushuntirishga asoslangan nazariyadir.
Assimetriya nazariyasi – ishchi kuchi migratsiyasi natijasida yuzaga keladigan oqibatlarni kengroq baholashga asoslangan nazariyadir.
Xalqaro mehnat tashkiloti - xalqaro doirada ishchi kuchi migratsiyasini tartibga soluvchi tashkilotdir.


Nazorat savollari:
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi deganda nimalarni tushunasiz?
Xalqaro mehnat bozori nima?
Nima sababdan O’zbekistonni ishchi kuchini eksport qiluvchi mamlakatlar qatoriga qo’yish mumkin?
Jahon mehnat bozorining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni sanab uting.
80-90 yillarda butun dunyo va ayrim mintaqalarda ishchi kuchining o’sishi qanday bo’lgan?
Ishchi kuchi xalqaro migratsiyasining «balans» va «asimmetriya» nazariyasini tushuntirib bering.
Ishchi kuchi eksportidan davlatlar qanday manfaat ko’radilar?
Ishchi kuchini import qiluvchi mamlakatlar undan qanday samara oladilar?
Jahonning ayrim mamlakatlaridagi xorijiy ishchi kuchining salmog’i to’g’risida qisqacha axborot bering.
Ishchi kuchi jahon bozorining turt yirik markazini tariflab bering.
Ishchi kuchining jahon bo’ylab erkin harakati?
Qanday to’siqlar xalakit beradi va ulardan qaysi biri davlat nazoratida o’rnatiladi va bartaraf etiladi?
Xalqaro Mehnat Tashkiloti va uning ishchi kuchi migratsiyasini tartibga solishdagi roli.
O’zbekistonda ishchi kuchini chetga chiqarish va chetdan olib kelish tartibi qanday huquqiy va me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi?
Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida davlat siyosatining asosiy vazifalari nimalardan iborat?



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə