Iqtisodiyot va menejment


Xalqaro kreditning asosiy turlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə31/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

5.3. Xalqaro kreditning asosiy turlari.
Kapital harakatining muhim shakli ssuda kapita­lini xalqaro kredit ko’rinishida olib kelinishi va olib chiqilishi hisoblanadi. Korxonalar, aholi va davlatda bush pul jamg’armalarining paydo bo’lishi, ular­ni banklar, sug’urta va investitsiya kompaniyalarida to’planishi, shuningdek transmilliy kompaniyalar, banklar, xalqaro moliya-kredit muassasalarining paydo bo’lishi ssuda kapitali jahon bozorini shakllanishiga olib keladi. Bu bozorda turli mamlakatlardagi qarz beruvchilar va qarz oluvchilar kredit berish shartlari va kredit miqdorini belgilovchi shartnomalar tuzadilar.
Turli belgilariga ko’ra xalqaro kreditning bir necha ko’rinishlari mavjud. Kapitalning xalqaro harakati kabi kredit ham qarz beruvchi va muddati bo’yicha alohida turlarga bo’linadi.
Kreditlar kim tomonidan berilishiga qarab xususiy, xukumat va xalqaro tashkilotlar kreditlariga ajratiladi.
Xususiy kreditlar xususiy firmalar va banklar to­monidan beriladi hamda firma va bank kreditlariga bo’linadi.
Firma yoki tijorat krediti bir firma tomo­nidan boshqasiga to’lov muddatini cho’zish sharti bilan tovarlarni sotish ko’rinishida beriladi. Ushbu holda kredit olish-sotish bitimiga xizmat qiladi va tovarni ishlab chiqarish sohasidan iste’mol sohasiga harakatlantiradi. Kreditning bu turi veksel shaklida yoki ochiq hisob bo’yicha beriladi. Veksel shaklidagi kreditda import qiluvchi tovar hujjatlarni olib eksport qiluvchi tomonidan o’tkaziladigan veksel (trattani) to’lashga rozilik bildiradi (aktsept) yoki oddiy vekselni rasmiylashtiradi.
Ochiq hisob bo’yicha kreditda eksport qiluvchi import qiluvchining qarz majburiyatlarini olmaydi, balki qarzdor tomonidan vaqt-vaqti bilan qoplanadigan (har 1-2 oyda) qarzdorlik hisobini ochadi.
5.4. Xalqaro ssuda kapitali bozori.
Qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida vositachi bo’lib ssuda kapitali bozori qatnashadi. Xalqaro ssuda kapitali bozori - bu bo’sh turgan pul kapitallarini to’planishi va mamlakatlar o’rtasida qayta taqsimlash bo’yicha munosabatlar majmuasidir. Uning asosi EVRO -bozor hisoblanadi. Unda operatsiyalar ustun ravishda dollarda, shuningdek EVRO da, ienada va boshqa konvertirlanadigan valyutalarda, ular kelib chiqqan mamlakatlar tashqarisida amalga oshiriladi. Bu bozorning asosiy ishtirokchilari yirik firmalar va banklar, moliya, sug’urta, investitsiya, xolding kompaniyalari, nafaqa fondlari, xukumat tashkilotlari va xalqaro valyuta-kredit muassasalari hisoblanadi.
Xalqaro ssuda kapitali bozori o’z ichiga pul va kapitallar bozorlarini oladi.
Pul bozori - bu xalqaro savdoga xizmat ko’rsatish bilan bog’liq qisqa muddatli operatsiyalar (bir necha soatdan bir yilgacha) bozoridir. Uning muhim qismi banklararo bozor yoki qisqa muddatli ta’minlanmagan banklararo ssudalar (depozitlar) bozoridir. Bu yerda ssuda kapitali harid va to’lov mablag’i sifatida amal qiladi va yuqori likvidlilik va harakatchanligi bi­lan ajralib turadi.
Kapitallar bozori – uzoq muddatli operatsiyalar bo­zori hisoblanadi. Unda ssuda kapitali o’z-o’zidan o’sib boruvchi qiymat sifatida qatnashadi, ya’ni shakliga ko’ra u o’z navbatida kredit va qimmatbaho qog’ozlar bozorlariga bo’linadi.
Qimmatbaho qog’ozlar bozori kapitallar bozorining asosiy bo’g’ini hisoblanadi. Unda obligatsiyalar, aktsiyalarni chiqarish va ularni ikkilamchi joylashtirish amalga oshiriladi. Dastlab u fond birjalari sifatida paydo bo’ldi, biroq hozirgi vaqtda uning birja bo’lmagan bo’g’ini kengaymoqda.
Pul va kapitallar bozorlari bir-biri bilan o’zaro chambarchas bog’langan va bu ayniqsa qisqa muddatli resurslarni o’rta va uzoq muddatli kreditlarga aylanish jarayonida yaqqol namoyon bo’ladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə