Iqtisodiyot va menejment


Jahon xo’jaligida transmilliy korporatsiyalarning roli



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə32/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

5. 5. Jahon xo’jaligida transmilliy korporatsiyalarning roli
O’z tarkibiga bosh boshqaruvchi markaz orqali rivojlanishning umumiy strategiyasini ishlab chiqaruvchi va amalga oshiruvchi, ikki yoki undan ortiq mamlakatda xo’jalik birliklariga ega bo’lgan hamda katta miqdorda xorijiy aktivlarga ega xalqaro kompaniya mutaxassislar tomonidan transmilliy korporatsiya (TMK) nomini olgan.
Jahon iqtisodiyotining o’ziga xos «umurtqa pog’onasi» bo’lgan zamonaviy TMKlarning xarakterli belgilari quyidagilar hisoblanadi:
- Ishlab chiqarish, savdo va xizmat ko’rsatish faoliyatining katta qismini bosh shtab-kvartira joylashgan mamlakat iqtisodiy makoni chegarasidan tashqariga olib chiqish;
- Turli davlatlarda shahobchalar, sho’’ba va assotsiatsiyalangan kompaniyalarning katta tarmog’ini shakllantirish;
- Iqtisodiy faoliyatni samarali bashoratlash va rejalashtirish sharoitida tashqi va ichki investitsion oqimlarni boshqarish;
- Kapitallar, ishchi kuchi, axborot ko’chishi (transferti)ning firma ichkarisidagi kanallarining ko’pligi.
Ishlab chiqarish quvvatlarini va servis markazlarini jahonning turli hududlariga bo’lib-bo’lib joylashtirish (diversifikatsiyalash), bunday korporatsiyalarga xalqaro mehnat taqsimoti shartlari va ichki milliy bozor xususiyatlaridan kelib chiquvchi ustunliklardan foydalanish hisobiga katta daromad olish imkoniyatini beradi.
Milliy kompaniyani xalqaro kompaniyaga aylanishiga konkret misol sifatida «Elektrolyuks» guruhini keltirish mumkin. «Elektrolyuks» elektr uskunalari ishlab chiqish va ta’mirlash bilan shug’ullanuvchi ikki shved firmasining qo’shilish yo’li bilan 1912 yilda tashkil etilgan. 50-yillarda bu kompaniya avval SHvetsiyada so’ngra boshqa Skandinaviya mamlakatlarida ham yetakchi mavqega ega bo’ldi. Tayyorlanayotgan maxsulotlar nomenklaturasini uzluksiz kengaytirib borgan holda kompaniya G’arbiy Yevropada savdo va xizmat ko’rsatish korxonalari tarmog’ini yaratishga kirishdi. 80-yillarda «Elektrolyuks» o’z tuzilmasiga AQSH («Uayt Konsolidated» elektr uskunalari ishlab chiqarish bo’yicha mamlakatda 3-o’rinda turardi), Germaniya («AEG» - 1-o’rin), Italiyaning («Zanussi» - 1-o’rin) kabi bir necha yirik kompaniyalarini qo’shib oldi.
Hozirgi paytda uni jahonning 75 mamlakatida bo’limlari mavjud, bu TMKning personali 110 ming kishidan ortiq, yillik aylanmasi 16 mlrd. doll.dan oshadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə