Iqtisodiyot va menejment


-Mavzu: Xalqaro kapital migratsiyasi va transmilliy kompaniyalar



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə29/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

5-Mavzu: Xalqaro kapital migratsiyasi va transmilliy kompaniyalar
Reja:
Kapital harakatining mohiyati va asosiy shakllari.
Zamonaviy bosqichda kapital harakatining xususiyatlari.
Xalqaro kreditning asosiy turlari.
Xalqaro ssuda kapitali bozori.
Jahon xo’jaligida transmilliy korporatsiyalarning roli.


Tayanch iboralar
Kapitalning xalqaro xarakati, ssuda kapitali, tadbirkorlik kapitali, bevosita (to’g’ri) investitsiyalar, portfelli investitsiyalar, firma yoki tijorat krediti, bank krediti, forfeyting, faktoring, moliyaviy kredit, bog’liq kreditlar, xalqaro ssuda kapitali bozori, pul bozori, kapitallar bozori.
5.1. Kapital harakatining mohiyati va asosiy shakllari.
Kapital harakati yoki uni yuqoriroq foyda olish maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib yurishni xalqaro iqtisodiy munosabatlarning tez rivojlanayotgan shakli hisoblanadi.
Oxirgi besh yilda Xalqaro valyuta fondiga a’zo mamlakatlarda tovarlar eksporti 1,7 marta, kapital eksporti 3,7 marta oshdi. Kapital eksportini tezlashuviga birinchi navbatda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarishni yanada markazlashuvi va moliya kapitalini jamg’arilishi asosiy turtki bo’ldi. Yirik korporatsiyalarning paydo bo’lishi va ularni kredit-bank tizimi bilan birlashuvi kapitalni mamlakatlararo ko’chib yurishiga sharoit yaratdi va shu orqali tovarlar sotish bozorlari yanada kengaytirildi
Tadbirkorlar va hukumat chet ellik sheriklariga kredit yoki qarzlar berishi, xorijda o’z ishini tashkil etishi va xorijiy banklarda o’z banklarining korrespondent hisoblarini ochishi, boshqa mamlakatda qimmatli qog’ozlar va ko’chmas mulkni sotib olish orqali kapital olib chiqishni amalga oshiradilar. Kapitalni olib chiqish bilan bir vaqtda har qanday mamlakat shuningdek kapital ham olib keladi, ya’ni kapitalniig xalqaro harakati jarayoni boradi. O’z mohiyatiga ko’ra bu asosan moliyaviy majburiyatlarni, moliyaviy oqimlarni bir mamlakatdan boshqa mamlakatga ko’chib o’tishini bildiradi. ya’ni qarz beruvchilar yoki mulkdorlar qarz oluvchilarga yoki kompaniyalarning xorijdagi korxonalariga hozirda foydalanish uchun pul yoki investitsion tovarni berganda hamda uning evaziga kelajakda foizlar yoki dividend keltiruvchi majburiyatlarni yoki aktsiyalarni olgan takdirda kapital harakati yuz beradi. SHunga muvofiq kapitalni olib kelish va olib chiqishning bir necha shakllari ajratiladi
Kapital harakatining asosiy shakllari.
Ssuda kapitali va tadbirkorlik kapitali harakati



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə