Iqtisodiyot va menejment


Tashqi mehnat migratsiyasining tashkiliy-huquqiy asoslari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə27/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

5.4. Tashqi mehnat migratsiyasining tashkiliy-huquqiy asoslari

Mehnat bozori ham har qanday boshqa bozorlar kabi ayirboshlashni ma’lum tartib-qoidalarini o’rnatishga, unga amal qilishga va nazoratga ehtiyoj sezadi yoki boshqarilib turishni taqozo etadi. Bu odatda davlat zimmasiga yuklatiladi. Davlatning migratsiya jarayonlarida ishtiroki tarixdan ma’lum: chunonchi XIII-XIX asrlardayoq ishchi kuchini erkin ko’chib yurishini chegaralaydigan to’siqlar mavjud bo’lgan. Hozirda ishchi kuchining erkin harakati qator huquqiy, ma’muriy, madaniy, til, ijtimoiy va boshqa yo’l vositalari bilan boshqarilib turiladi.


SHulardan faqat huquqiy va ma’muriy to’siqlarni davlatning o’zi o’rnatishi yoki ularni bartaraf etishi mumkin. Agarda XX asrning o’rtalarigacha ishchi kuchi harakatini mamlakatlararo tartibga solish asosan manfaatdor davlatlarning ikki tomonlama shartnomalari asosida amalga oshirilgan bo’lsa, keyinchalik, mehnat sohasida mamlakatlararo aloqalarning murakkablashuvi, jahon mehnat bozorida faoliyat ko’rsatishning tashkiliy-huquqiy asoslarini qayta ko’rib chiqishni taqozo etdi. Jumladan, 1953 yilda Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti mamlakatlari, 1957 yil­da esa Yevropa hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar ham ishchi kuchining erkin ko’chib yurishini quvvatlab chiqdilar.
Tashqi mehnat migratsiyasini tashkil etishda, tajribalar va axborotlar bilan ayirboshlashda, bu jarayonni tartibli va rejali amalga oshirishni ta’minlashda migratsiya bo’yicha xalqaro tashkilotning o’rni alohida ahamiyatga ega. Bu tashkilot a’zo mamlakatlardagi (35 ta a’zo) o’z bo’limlari orqali bo’lajak muhojirlar uchun til o’rganish kurslarini tashkil etadi. Ushbu yo’nalishda Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) ham o’z ishini faollashtirib Xalqaro Mehnat me’yorlari bo’yicha 1919-1993 yillar davomida 174 ta Konventsiya va 181 ta tavsiyalar qabul qildi. Ularda ishchi kuchini mamlakatlararo ko’chib yurishini huquqiy jihatdan tartibga solish ham o’z ifodasini topgan. Jumladan 1949 yilda qabul qilingan muhojir-mehnatkashlar to’g’risidagi Konventsiyada XMTga a’zo bo’lgan davlatlarga muhojirlarni ishga qabul qilishda, ish xaqi to’lashda va ularni kamsitilishlariga yo’l qo’ymaslik majburiyatlarini yuklovchi qator qoidalar o’rin olgan.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə