Iqtisodiyot va menejment


Tartibga solishning noiqtisodiy metodlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə23/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

4.5. Tartibga solishning noiqtisodiy metodlari


Tashqi savdoni tartibga solishning notarif dastaklari orasidan huquqiy dastaklar ham o’rin egallagan. Ularni odatda xalqaro iqtisodiy munosabatlarda noiqtisodiy dastaklar, deb nomlashadi. Bu dastaklar ikki va ko’p tomonlama kelishuvlarda o’z aksini topadi.
Savdo kelishuvlari, dengizda suzish va savdo sulhi - bu davlatlararo shartnomalarning bir turi bo’lib, ikki tomonlama savdoning tamoyillarini va rejimini o’rnatadi. O’zaro savdoda mamlakatlar bir-biriga nisbatan qulay shart-sharoit yaratib berish uchun va neytral suvlardan, hududdan kelishilgan holda foydalanish uchun ikki tomonlama kelishuvlar imzolashga xarakat qilishadi. Bunday kelishuvlar odatda ijro xokimiyatlari tomonidan tuziladi va keyinchalik mamlakatlarning qonun chiqaruvchi organlari tomonidan ratifikatsiyalanadi. SHuningdek, ikki tomonlama kelishuvlar odatda 5-10 yilga tuziladi va muntazam ravishda qayta ko’rib chiqiladi.
Davlatlararo kelishuvlarda mamlakatlar bir-biriga nisbatan quyidagi huquqiy rejimlardan birini qo’llashga kelishib olishadi:
Milliy rejim — mamlakat o’zining yuridik va jismoniy shaxslariga yaratib beradigan shart-sharoitdan, rejimdan hamkor mamlakat rezidentlariga ham foydalanishga ruxsat berishini nazarda tutuvchi rejim. Misol uchun, mamlakatlarni importyorlardan undiradigan aksiz solig’i va QQS stavkasi ichki ishlab chiqaruvchilardan undiriladigan soliq, stavkalaridan yuqori bo’ladi. Agar mamlakatlar o’zaro savdoda milliy rejimi qo’llashga kelishib olishsa, bu soliq stavkalari ichki va xorijiy sub’ektlar uchun bir xil bo’ladi.
Mumkin qadar qulaylik yaratish rejimi - bu bir mamlakat tomonidan uchinchi mamlakat (savdo kelishuvida aks ettirilmagan mamlakat) yaratgan qulay shart-sharoitlarni, afzallik va imtiyozlarni o’z hamkor mamlakatiga ham taqdim etishini nazarda tutuvchi huquqiy rejim. Ammo bu rejimda quyidagi hollarda berilgan imtiyozlar inobatga olinmaydi:
qo’shni mamlakatlarga taqdim etilgan imtiyozlar;
bir integratsion guruh ichida taqdim etilgan imtiyozlar;
BMTning 1971 yidda qabul qilgan Umumiy preferentsiyalar tizimi doirasida berilgan imtiyozlar.
Bu rejimga ega bo’lish bugungi kunda katta ahamiyat kasb etadi. Misol uchun, JSTga a’zo bo’lish uchun mamlakat bu tashkilotga kiruvchi boshqa mamlakatlarning har biri bilan "mumkin qadar qulaylik yaratish" rejimini taqdim etish bo’yicha kelishuv imzolashi shart.
Hozirda jahon bozorining turli segmentlarida halqaro savdo muammolarini muvofiqlashtiruvchi ko’plab halqaro tashkilotlar, uyushmalar, kengashlar faoliyat yuritmoqdalar, ko’p tomonlama halqaro bitimlar imzolangan.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə