Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə20/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

Tayanch atamalar
Notarif usullar, Halqaro savdoni miqdoriy jihatdan cheklash, kvotalash, litsenziyalash, eksportni ixtiyoriy cheklash, subsidiya, eksportni kreditlash, demping, ichki soliqlar va yig’imlar, protektsionizm, eng qulay savdo rejimi, milliy rejim.


4.1. Notarif metodlarning guruhlanishi
Davlat tashqi savdoni tartibga solishda tarif metodlari bilan bir qatorda notarif metodlardan ham keng foydalanadi. Ularning ko’pchiligi bojxona tariflaridan farqli ravishda miqdoriy jihatdan o’lchanmaydi va shuning uchun statistikada yaqqol aks ettirilmaydi. Notarif metodlarning bu xususiyati hukumatlarga tashqi savdo siyosati sohasida o’z maqsadlariga erishishda ulardan aralash foydalanishga imkoniyat yaratadi.
Notarif usullar - tovar ayirboshlashga ta’sir qilish dastaklarini, ya’ni mamlakatga olib kiriladigan yoki chetga chiqariladigan maxsulot hajmi va nomenklaturasini cheklashni bildiradi. Notarif usullar miqdoriy, moliyaviy, yashirin va noiqtisodiy usullarga ajratiladi. Ular ustun darajada rivojlanayotgan va hukumat tomonidan protektsionistik iqtisodiy siyosatni talab qiluvchi, bozor tuzilmalari shakllanayotgan o’tish davri iqisodiyoti mamlakatlariga xosdir.
Tahlillar shuni ko’rsatadiki, tashqi savdo davlat tomonidan tartibga solish tarif va notarif usullar kombinatsiyasi yordamida amalga oshiriladi. XXI asr boshlarida tarif usullarining mavqei pasayib bormoqda. Ushbu holat Jahon savdo tashkiloti tomonidan a’zo mamlakatlar oldiga qo’yilgan strategik vazifa ular o’rtasidagi o’zaro tovar savdosida tarif cheklashlarini bosqichma-bosqich bartaraf etish vazifasi bilan bog’liq.
11.1.1-jadval
Sanoat jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar tomonidan qo’llaniladigan notarif to’siqlar (tovar bahosiga nisbatan foizda)3

Mamlakatlar

Kvotalar

Litsenziya-lar

Boshqa turdagi notarif to’siqlar

Jami

Avstriya

12

9

5

26

Belgiya va Lyuksemburg

-

51

-

51

Kanada

3

-

2

5

Daniya

10

31

-

27

Germaniya

37

5

2

45

Finlyandiya

20

26

-

46

Frantsiya

-

-

96

96

Irlandiya

13

15

7_

28

Italiya

8

46

5

74

YAponiya

120

-

3

123

AQSH

6

-

-

6

Norvegiya

3

62

19

81

SHveytsariya

10

12

16

38

SHvetsiya

2

3

6

11

4.2. Miqdoriy cheklovlar


Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklash - bu davlat tomonidan savdo aylanmasining notarif metodlarini qo’llagan holda tartibga solishning ma’muriy metodidir. Davlat mazkur usul yordamida eksport yoki importga ruxsat berilgan tovarlarning miqdori va nomenklaturasini belgilaydi. Miqdoriy cheklovlar bir mamlakat hukumatiga qarori yoki ma’lum tovarlar savdosini muvofiqlashtiruvchi halqaro savdo kelishuvlari asosida qo’llanilishi mumkin.
Tashqi savdoni miqdoriy jihatdan cheklash usullari quyidagilardan iborat:
kvotalash/kontingentlashtirish;
litsenziyalash;
"eksportni ixtiyoriy cheklash".


Kvotalash yoki kontingentlash. Umuman, tashqi savdoni davlat tomonidan tartibga solishda qo’llaniladigan notarif usullarning 50 dan ortiq turi mavjud. Ularning tarkibida eng keng tarqalgani kvotalardir. Agar tarif usullar aniq bir tovar guruhi bo’yicha eksport yoki import hajmi masalasini ochiq qoldirsa, kvotalar olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan maxsulotning qiymat yoki miqdoriy hajmini to’g’ridan-to’g’ri cheklash vositasi bo’lib xizmat qiladi.
Kvotalash - bu tovarlar eksporti yoki importini muayyan vaqt ichida ma’lum miqdor yoki summa bilan miqdoriy jihatdan cheklashdir. Kvotalash mavsumiy ko’rinishda yoki xarakterda bo’lsa kontingentlash shakliga kiradi. Ular o’z yo’nalishiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
Eksport kvotasi - halqaro barqarorlashuv shartnomasiga muvofiq muayyan tovarlarning umumiy eksportdagi ulushini belgilash. OPEK yoki biron-bir milliy hukumat tomonidan mamlakat ichki bozorida defitsit tovarlarning chetga chiqib ketishining oldini olishda qo’llaniladi (Masalan, Rossiyada neft eksportida).
Import kvotasi - milliy tovar ishlab chiqaruvchilarni himoyalash, savdo balansini muvozanatlashga erishish, ichki bozorda talab va taklifni tartibga solish hamda boshqa mamlakatlar tomonidan diskriminatsiya (kamsitish) savdo siyosati qo’llanilganda javob tariqasida qo’llaniladi. Masalan, AQSH YAngi Zelandiyadan import qilinadigan sut va qaymoq hajmini 5,7 mln. litr, Niderlandiyadan import qilinadigan muzqaymoq hajmini 104 ming kg, SHveytsariyadan keladigan pishloq hajmini 3.4 mln. kg qilib belgilagan4.
Global kvotalar. Bu tovarlarning qaysi mamlakatga eksport yoki import miqdoridan qat’iy nazar, eksport va importga nisbatan dunyo miqyosida belgilanadi.
Individual kvotalar. Global kvota doirasida tovarni eksport yoki import qiladigan har bir mamlakatga nisbatan belgilanadi.
Import kvotalarini joriy qilishda davlat milliy ishlab chiqaruvchilarga xorijiy raqobat ta’sirini kamaytirishga intiladi. Bunday kvotalarning xarakat mexanizmi import tariflaridan foydalangandagi holatni eslatadi, yani import tovarlar taklifi cheklanganda ichki narxlar jahon narxiga nisbatan o’sib boradi. Biroq tarifdan farqli ravishda import kvotalari xorijiy raqobatning ichki narxlarga ta’sir ko’rsatishiga yo’l qo’ymaydi. Bu usul importdan keladigan foydani ko’paytiradi va mamlakat to’lov balansini muvozanatga keltirish jarayonini osonlashtiradi. Halqaro bitimlar orqali qat’iy belgilanadigan tarif stavkalari o’rnatilgan vaziyatda mamlakat yuqoridagi masalani hal eta olmaydigan eksport-import operatsiyalariga nisbatan miqdoriy cheklashlar joriy qilishga ruxsat beradi.
O’z navbatida, eksport kvotasi milliy ishlab chiqaruvchilarni yetarlicha tabiiy resurslar bilan ta’minlash, jahon bozoridagi eksport baholarini oshirish va harbiy-strategik maqsadlarga erishish kabi maqsadalariga qaratilgan bo’ladi.
Eksport kvotalari import kvotalari singari mamlakat hukumati tomonidan bir tomonlama tartibda yoki manfaatdor tomon bilan xalqaro kelishuv asosida joriy etilishi mumkin. Ular global yoki ma’lum davrda amal qiluvchi mavsumiy ko’rinishda bo’lishi mumkin.
Litsenziyalash. Kvotalash jarayoni (boshqacha qilib aytganda, kontingentlash), odatda, litsenziyalash, ya’ni maxsus ro’yxatga kiritilgan resurslar va maxsulotlar bilan tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish vakolatiga ega bo’lgan davlat tashkilotlari (vazirliklar va mahkamalar) ruxsati bilan amalga oshiriladi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə