Iqtisodiyot va menejment


Savdo siyosatining moliyaviy metodlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə21/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

4.3. Savdo siyosatining moliyaviy metodlari


Tashqi savdoni tartibga solishning notarif usulidagi keyingi yirik guruh moliyaviy usullar xisoblanadi va u quyidagi guruhlarga ajratiladi:
subsidiyalar ;
eksport kreditlari;
demping.
Subsidiyalar — milliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash va importni bilvosita kamsitishga qaratilgan davlat byudjetidan ajratiladigan pulli to’lovlar. Subsidiyalar import tovarlar bilan raqobatga kirishayotgan va eksport uchun mo’ljallangan tovarlar ishlab chiqaruvchilarga berilishi mumkin. Birinchi holatda u ichki subsidiya deb, ikkinchi holatda esa eksport subsidiyasi, deb ataladi.
Ichki va eksport subsidiyalarining farqlanishi jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy oqibatlar turlicha ahamiyatga ega. Ularga alohida to’xtalib o’tamiz.





Ichki subsidiyalar. erkin savdo sharoitida milliy ishlab chiqarish hajmi Q1 ni, ichki iste’mol hajmi Q3 ni, import Q3- Q1 ni tashkil etadi.
Subsidiya ajratilgandan keyin ichki ishlab chiqarish hajmi Q2 gacha ortadi, iste’mol esa Q3 holatida qoladi, chunki iste’molchilar tovarni avvalgidek jahon narxida xarid qilishadi. Import hajmi esa Q3- Q2 ya’ni ichki ishlab chiqarish hajmining qo’shimcha ortishi miqdoriga mos Q2- Q1 ravishda kamayadi.
Milliy ishlab chiqaruvchilar har bir maxsulotning jahon bahosidan subsidiya miqdorida foyda oladi (S=Ps-Pw). Hukumat xarajatlari 1-va 2-figuralarni tashkil etadi.
Subsidiyalarning bir qismi (1-figura) mazkur tovarlarni ishlab chiqargan korxonalar xisobiga qayta taqsimlanadi. Qolgan qismi (2-figura) esa mamlakat iqtisodiyotining sof yo’qotishi xisoblanadi. CHunki, subsidiya natijasida samarasiz ishlayotgan milliy ishlab chiqaruvchilar o’z tovarlarini sotish imkoniyatiga ega bo’lishadi.
Ichki subsidiyalarning afzallik tomoni shundaki, ular tarif va kvotalarni qo’llash orqali importni miqdoriy jihatdan cheklashdagi kabi samaraga ega bo’ladi. Bunda ichki narxlarning o’zgarishi yuz bermaydi va subsidiya ta’sirida tashqi raqobatdan himoyalanayotgan tovarlarning ishlab chiqarish samaradorligi ortadi.
Eksport subsidiyasi. erkin savdo sharoitida importyor mamlakat iste’molchilari Q1 hajmdagi tovarni jahon narxida Pw da xarid qilishadi.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə