Iqtisodiyot va menejment


Iqtisodiy nazariyalar va mehnat migratsiyasining samaradorligi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə26/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

5.2. Iqtisodiy nazariyalar va mehnat migratsiyasining samaradorligi.


Hozirgi zamon xalqaro iqtisodiy munosabatlarining muhim shakli hisoblangan ishchi kuchi migratsiyasi uzoq yillar davomida iqtisodiy tadqiqotlar ob’ekti bo’lib kelmoqda. Ishchi kuchini chetdan olib keluvchilar uchun ham, uni chetga chiqaruvchilar uchun ham tashqi mehnat migratsiyasining ijobiy va salbiy oqibatlarini tahlili asosida, ishchi kuchlari harakatining iqtisodiy samaradorligini aniqlashga oid qator iqtisodiy nazariyalar ishlab chiqilgan. Bular ichidan ko’proq ma’lum bo’lgani ishchi kuchi xalqaro migratsiyasi­ning «Balans» va «Asimmetriya» nazariyalari bo’lib, ularning har biri ishchi kuchini bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko’chib yurishini turlicha tushuntiradi. «Balans» yoki neoklassik nazariya migratsiyani tor ma’noda, ya’ni asosan mehnatga xaq to’lash, ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, ishlab chiqarish hajmining o’sishi nuqtai nazaridan ko’rib chiqadi yoki ishchi kuchi migratsiyasini tovarlar va kapital oqimi singari yana bir ishlab chiqarish omilining harakati sifatida tushuntiradi. Ushbu nazariyaga binoan migratsiya mehnat unumdorligi va ish xaqi darajasi o’rtasidagi tafovutlar ko’payib borishi bilan o’sib boradi. Ish xaqi dara­jasi ishchi kuchini jo’natuvchi mamlakatlarda ko’tarilib borsa va aksincha ularni qabul qiluvchi mamlakatlarda pasayib borsa yoki ishchi kuchi bahosi turli mamlakatlarda tenglashib borsa, mavjud mehnat resurslarini ko’chib yurishiga zarurat qolmaydi.
Ammo bu nazariya hozirgi paytda turli davlatlarning amaldagi notekis rivojlanishini nazarda tutib, tashqi mehnat migratsiyasini ishchi kuchini eksport qiluvchi uchun ham, uni import qiluvchilar uchun ham, qolaversa butun jahon xo’jaligi uchun ham ijobiy oqibatlarga ega deb e’tirof etadi.
5.3. Xalqaro mehnat bozori
Ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi so’nggi o’n yilliklarda kuchaya borib, dunyo bo’ylab keng yoyilmoqda hamda jahon xo’jaligi taraqqiyotiga, mehnat resurslari bilan ayirboshlashga faol tortilgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, demografik, siyosiy va madaniy-diniy vaziyatiga sezilarli ta’sir ko’rsatib kelmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 1990 yilda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida 15,2 mln.ga yaqin chet ellik istiqomat qilgan, shu jumladan Yevropa hamjamiyati mamlakatlarida 13,4 mln. kishi yoki tub aholining 5 foizi, Yevropaning ayrim mamlakatlarida ularning salmog’i yanada yuqori, xususan, SHvetsiyada 16,5 foiz, Belgiyada-9,1 foiz, Germaniyada-8,4 foiz, mutaxassislar ulushi esa 10 foizga yetadi.
O’z navbatida, Yevropa mamlakatlaridan ham har yili millionlab odamlar yaxshi hayot qidirib turli davlatlarga ko’chib borishadi. Masalan, xorijiy ishchilar soni AQSH da 5,65 mln., Lotin Amerikasida 3,5-4 mln., YAqin SHarq va SHimoliy Amerika mamlakatlarida 2,8 mln., G’arbiy Afrikada 1,3 mln. kishini tashkil etadi.
Hozirgi paytda migratsiya oqimining geografik yo’nalishlari bo’yicha ishchi kuchi jahon bozorining 4 ta yirik markazi shakllangan. Birinchi markaz 60-70-yillarda YAqin SHarq mamlakatlarida neft qazib chiqarish sanoatining taraqqiy etishi, unga bog’liq ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani rivojlanishi bilan tarkib topgan.



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə