Iqtisodiyot va menejment


-Mavzu: Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə34/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

6-Mavzu: Jahon iqtisodiyotida erkin iqtisodiy hududlarning tutgan o’rni
Reja:
6.1. erkin iqtisodiy hududlarning (EIH) mohiyati va tashkil qilinishining sabablari.
6.2. Iqtisodiy hududning asosiy ko’rinishlari.
6.3. Turli davlatlarda erkin iqtisodiy hududlar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari.


Tayanch iboralar
Erkin iqtisodiy hudud, maxsus iqtisodiy hududlar, savdo hududlari, erkin bojxona hududlari, Bond omborlari, erkin portlar, sanoat-ishlab chiqarish hududlari, texnopolislar, texnoparklar, offshor hududlar, moliya markazlari, bank xizmati hududlari, turizm xizmati hududlari, ekoparklar, eksport sa­noati hududlari, kompleks hududlar, tashqi savdo imtiyozlari, soliq imtiyozlari, moliyaviy imtiyozlar, ma’muriy imtiyozlar


1. «Erkin iqtisodiy hududlar» (EIH) mohiyati va tashkil qilinishining sabablari.
XX asrning ikkinchi yarmida jahon iqtisodiyotidagi eng muhim hodisalarning biri erkin iqtisodiy hududlar faoliyati hisoblanadi.
Ilmiy maqolalarda va xalqaro tashkilotlarning hisobotlarida turli xildagi hududlarni tavsiflash uchun «erkin iqtisodiy hududlar» atamasi ishlatiladi. Biroq bu atama hodisaning mohiyatini to’liq aks ettirmaydi. CHunonchi, bu hududlarning ko’pchiligida qo’llaniladigan iqtisodiy qoidalar, dastaklar, maxsus ma’muriy qonunlar ma’lum huquqiy va xo’jalik rejimidan ozod qilmaydi, balki uni yengillashtiradi va tadbirkorlikni rag’batlantiruvchi imtiyozlar beradi, xolos. Bu bilan amalda davlat o’zining iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kamaytiradi.
YAponiyaning Kioto shahrida 1973 yil 18 mayda qabul qilingan «Bojxona jarayonlarini soddalashtirish va uyg’unlashtirish bo’yicha Xalqaro konventsiya»ga muvofiq erkin hudud deganda mamlakatning shunday hududi tushuniladiki, bu yerga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiktsiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxona nazorati va soliqqa tortishdan ozod etiladi.
Ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlar uchun erkin hududlar amalda hududdagi ishchilarning turmush tarzi, ishlab chiqarish salohiyatining kontsentratsiyalashuvi kabilarga ko’ra eksterritoriallik jihatdan maxsus hisoblanadi. SHuning uchun ham bunday hududlarga «maxsus iqtisodiy hududlar» atamasi mos keladi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə