Iqtisodiyot va menejment



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə36/74
tarix22.03.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#102933
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74
Iqtisodiyot va menejment

Asosiy tushunchalar
Erkin iqtisodiy hududlar - mamlakatning shunday hududiki, bu yerga olib kirilgan tovarlar milliy bojxona yurisdiktsiyasidan tashqarida hisoblanadi, binobarin bojxo­na nazorati va soliqqa tortishdan ozod etiladi, ya’ni bu yerda mamlakatning boshqa hududlarida qo’llanilmaydigan o’ziga xos imtiyozlar va rag’batlantirishlar tizimidan foydalaniladi.
Offshor hududlar — milliy iqtisodiy makonning bir qismi bo’lib, bu yerda chet ellik huquqiy va jismoniy shaxslar tijoriy operatsiyalarni chet el valyutasida amalga oshirishadi
Nazorat savollari
1. Erkin iqtisodiy hududlarning iqtisodiyotidagi ahamiyati qanday?
2. eIH ko’rinishlariga tavsif bering.
3. eIH dagi imtiyozlar qanday ko’rinishlarga ega.

7-Mavzu: Xalqaro valyuta-moliya va kredit munosabatlari


Reja:
7.1.Jahon valyuta tizimining zaruriyati, mohiyati va rivojlanishining asosiy bosqichlari
7.2.Xalqaro valyuta-kredit vositalari
7.3.Valyutaning almashtirish kurslari
7.4.Valyuta bozorlari va valyuta operatsiyalari
7.5.Mamlakat to’lov balansi


Tayanch iboralar
Jahon valyuta tizimi, oltin standarti, erkni konvertirlanadigan valyuta, konvertirlanmaydigan valyuta, qisman konventirlanadigan valyuta, SDR, valyuta kursi, kotirovkalash, devalvatsiya, revalvatsiya, nominal valyuta kursi, real valyuta kursi,to’lov balansi.


7.1. Jahon valyuta tizimining zaruriyati, mohiyati va rivojlanishining asosiy bosqichlari


Har qanday xalqaro bitim o’zaro hisob-kitoblar bilan kuzatilishi sababli birinchi navbatda uni qaysi pul birligida amalga oshirish masalasi turadi. SHuning uchun bitim ishtirokchisi jahon bozorida biror-bir tovar yoki xizmatni sotar yoki sotib olar ekan, o’zining milliy valyutasi boshqa mamlakatlarning pul birliklari bilan qanday nisbatda ekanligini, ulardan qaysi biri barqarorroq va jahon bozorida qay darajada talabga ega ekanligini bilishi kerak. Bu unga xorijda tashqi iqtisodiy operatsiyalar olib borishga zarur bo’lgan valyuta zahirasini o’zida yaratish imkonini beradi.
Mamlakatlar o’rtasida tovar va xizmatlar oqimi ko’paygan sari pul-moliya vositalari ayirboshlash ham tobora ko’payib boradi, o’zaro hisob-kitoblar murakkablashadi, natijada bunday hisob-kitoblarni tartibga solib turish, tezlashtirish va kapital harakati uchun keng yo’l ochishga xizmat qiluvchi jahon valyuta tizimini shakllanishiga ob’ektiv shart-sharoit yaratiladi.
Jahon valyuta tizimi tarixan mamlakat ichida va tashqarisida normal to’lovlarni ta’minlovchi milliy valyuta tizimlarini rivojlanishi asosida yuzaga kelgan. XIX asr boshlarida turli mamlakatlar o’rtasida xalqaro ayirboshlashning kengayishi, ularning milliy valyuta tizimlari o’rtasida o’zaro aloqalarni ta’minlash zarurligiga olib keldi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə