Ызбекистон республикаси



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#142766
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Соликлар ва соликка тортиш маърузалар матни 2008 lotin




O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA 
MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI 
"SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH" 
fanidan 
MA`RUZALAR 
MATNI 
NAMANGAN - 2008 



Ma`ruzalar matni oliy o`quv Yurtlarining noiqtisodiy yo`nalishlari bo`yicha bakalavriatning 
«Soliqlar va soliqqa tortish» fani dasturi asosida tayg`rlangan. 
Ma`ruzalar matnida soliqlar va soliqqa tortishning eng muhim masalalari: funktsiyalari, 
umumdavlat soliqlari, maxalliy soliqlar va yig`imlar, ularni hisoblash usullari va to`lash tartibi kabilar 
kiritilgan. 
Tuzuvchilar: katta o`qituvchi K.Tojiboyev
Taqrizchilar: dots.A.Yuldashev 
dots.I.Sirojiddinov 



KIRISH 
Mamlakat iqtisodiyotini tartiblash va umumahamiyatga ega bo`lgan xarajatlarni moliyalashtirish 
uchun davlat ma`lum miqdordagi moliyaviy manbalarga ehtiyoj sezadi. O`zbekiston Respublikasi moliya 
tizimida soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar orqali davlat bYudjetini hamda ijtimoiy jag`armalarning 
daromadlari shakllantiriladi. Mazkur munosabatlar bakalavriat bosqichining iqtisodiy ta`lim 
yo`nalishlarida batafsil o`rganib chiqiladi, lekin noiqtisodiy ta`lim yo`nalishlarida tahsil olayotgan 
talabalarda ham soliqlarga oid tushinchalarni shakllantirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bakalavriat bosqichining noiqtisodiy ta`lim yo`nalishlarida “Soliqlar va soliqqa tortish” maxsus 
kursining o`qitish jarayonida soliqlarning nazariy masalalari, ularning ob`ektiv zarurligi, soliq 
to`lovchilarning majburiyatlari va huquqlari hamda Yuridik va jismoniy shaxslarning soliqqa tortish 
masalalari atroflicha o`rganiladi.
“Soliqlar va soliqqa tortish” maxsus kursining o`qitishdan maqsad talabalar ongida soliqlar 
to`g`risida tasavvurni hosil qilish va soliq to`lovchi sub`ektlardan undiriladigan soliqlar va majburiy 
to`lovlarning huquqiy asoslarini, ular orqali to`plangan daromad manbalaridan foydalanish yo`nalishlari 
bo`yicha bilimlarni shakllantirish xisoblanadi.
Kurs olidiga qo`yilgan vazifalar: soliqlarning mohiyatini, soliq siyosatini, soliq tizimining nazariy 
jihatlarin, soliq to`lovchi Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan soliq turlari va ularning undirilishi 
bilan bog`liq munosabatlarni o`rgatishdan iborat. 
SHu bilan bir qatorda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarini tadrijiy rivojlanishi 
va Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan farmon va qarorlarning ma`no-mohiyatini talabalar ongiga 
singdirishdan iboratdir. 
Mazkur maxsus kurs mamlakat miqyosida yoki aloxida iqtisodiyot sub`ektlari, shuningdek, 
jismoniy shaxslar bilan davlat bYudjeti daromadlarini shakllantirish Yuzasidan soliq munosabatlarini 
tashkil etishhamda muvofiqlashtirish jarayonini o`rganadi. 
SHuning uchun soliq munosabatlariga xukumat tomonidan alohida e`tibor qaratiladi. Soliqlar 
vositasida YAIMni qayta taqsimlash orqali davlat bYudjetini daromadlar qismini shakllantiradi. 
SHuninng uchun ushbu maxsus kurs mamlakatda soliq munosabatlarini optimal darajada samarali amalga 
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Talabalarning “Soliqlar va soliqqa tortish” maxsus kursini o`zlashtirish uchun o`qitishning ilg`or 
va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish 
muhim ahaiyatga ega. Maxsus kursni o`zlashtirishda elektron matYeriallar, vYertual stendlar hamda soliq 
xizmati organlari web-saytlari ma`lumotlaridan axborot texnologiyalardan foydalaniladi. SHuningdek, 
gipoteza va farazlarni ilgari surish va olingan natijalarni tekshirish, jarayonda tashabbuskorlik, 
intiluvchanlikni shakllantirishga qaratilgan mustaqil ta`lim metodlarini qo`llanilishi, mustaqil, tahliliy, 
ijodiy fikrlash uchun muhit yaratilishi, jarayonning modellashtirilishi, xamkorlikning ortishiga Yerishish 
kabi pedagogik texnologiyalardan ma`ruza va amaliy darslarda foydalaniladi.

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə