Ызбекистон республикаси


-mavzu: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/14
tarix29.11.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#142766
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Соликлар ва соликка тортиш маърузалар матни 2008 lotin

8-mavzu: Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 
1.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va uning joriy etilish sabablari.
2.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni undirishning huquqiy asoslari.
3.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning ob`ekti va uni aniqlash tartibi.
4.Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari.
 
Mavzu bo`yicha qo`yilag`tgan muammolar: 
soliqqa tortish maqsadida suv resurslarining manbalaridan foydalanishni asosiy mezonlar orqali 
tabakalash muammosi; 
foydalanilgan suv xajmini belgilashda Yuridik shaxslar faoliyatidan kelib chikkan holda aniqlash 
uslubiyatini joriy etish; 
boshqa tuman va shaharlarda suv ta`minoti manbalariga ega bo`lgan Yuridik shaxslar hisobini 
Yuritish muammosi; 
soliq solishning soddalashtirilgan tizimiga utmagan va er uchastkalariga ega bo`lgan ko`plab kichik 
korxonalarning foydalanag`tgan suv resurslarini soliqqa tortish muammosi.
Suv mamlakatning asosiy boyligi hisoblanib, undan samarali foydalanish haqida prezidentimiz o`z 
nutklarida bir necha bor takrorlaganlar. 
Suvdan foydalanishni imkoniyat darajasida tejash maqsadida suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
solig`i kiritilgan. Suv resurslaridan foydalanish solig`i to`lovchilari bo`ladi, o`z faoliyatida suvdan 
foydalanuvchi Yuridik shaxslar hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning soliq 
solishning alohida tartibi urnatilgan to`lovchilarning ayrim toifalariga tatbiqetilmaydi. 
Bunda, agar soliq solishning alohida tartibi urnatilgan to`lovchilar asosiy faoliyat turi bilan bir 
katorda boshqa faoliyat turlari bilan shug`ullansalar, ular alohida hisob olib borishlari va shu faoliyatda 
foydalaniladigan suv xajmidan kelib chiqib suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to`lashlari kerak. 
Er osti va er usti manbalaridan ishlab chiqarish va texnikaviy maqsadlarda foydalanishga olingan suv 
resurslari xajmi, ya’ni Yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan suv resurlarining jami xajmi, iste`mol 
harakteri va maqsadlaridan qat`iy nazar soliqqa tortiladi.. 
Er usti manbalariga darg`lar, kullar, suv omborlari, ariklar va boshqa eo usti manbalari kiradi. 
Er osti manbalariga: artezian kuduklari va skvajinalari, vertikal va gorizontal drenaj tarmoklari 
kiradi.
O`z faoliyatida suvdan foydalanuvchi Yuridik shaxslar, dehqon xo`jaliklari (Yuridik shaxs tashkil 
etadigan va Yuridik shaxs tashkil etmaydigan) hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi jismoniy 
shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to`lovchilardir.
Suvdan foydalanish joyida Yuridik shaxslar, davlat soliq xizmati organlarida ro`yxatga olinish 
joyidan kat`i nazar, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to`laydilar. 
Aholi punktlarining suv ta`minoti uchun suv etkazib beruvchi Yuridik shaxslar o`z faoliyatida 
ishlatiladigan suv uchungina soliq to`lovchilar hisoblanadi. 
Er usti va er osti manbalaridan foydalaniladigan suv resurslarining xajmi soliq solish ob`ekti 
hisoblanadi.
Er usti manbalariga kiradi: darg`lar, kullar, suv omborlari, er Yuzasidagi boshqa xavzalar va suv 
manbalari, turli xil kanal va xovo`zlar. 
Er osti manbalariga kiradi: artezian kuduklar va skvajinalar, vertikal va gorizontal zovur tarmog`i. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Maxkamasi tomonidan belgilanadi va soliq to`lovchilarga O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va 
Davlat soliq kumitasi tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi. 
Suvdan qishloq xo`jalik ekinlari va kuchatlarini sug`orish uchun foydalanadigan g`rdamchi 
xo`jaliklarga ega Yuridik shaxslar, shuningdek ilmiy-tadkikot tashkilotlari va ukuv Yurtlarining ukuv-
tajriba xo`jaliklari soliqni qishloq xo`jalik korxonalari uchun belgilangan stavkalar bo`yicha to`laydilar. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lashdan quyidagi Yuridik shaxslar ozod etiladi: 
a) notijorat tashkilotlari, ana shu faoliyatda ishlatilgan suv xajmidan kelib chiqib, suv resurslaridan 
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalanuvchilardan tashkari. 


87 
Soliq solish maqsadida notijorat tashkilotlari deganda quyidagilar tushuniladi: 
faqat davlat bYudjeti mablag`lari hisobiga moliyalanadigan, harajatlarni qoplash uchun belgilangan 
smetalar doirasida dotatsiya oladigan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar
xayriya birlashmalari, uYushmalari va jamg`armalari, xalqaro tashkilotlar, diniy birlashmalar va 
boshqa tashkilotlar: 
1) ijtimoiy-xayriya g`ki tadbirkorlik faoliyatidan daromad olishni ko`zlamaydigan, ta`sis hujjatlarida 
ta`kidlangan boshqa maqsadlar uchun barpo etilganlari; 
2) moliyaviy va boshqa mablag`larni mazkur tashkilot xodimlari, muassislari g`ki a`zolarining 
shaxsiy manfaatlari uchun taqsimlamaydigan va investitsiyalamaydiganlari (qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda mehnatga haq to`lashlar bundan mustasno); 
b) er osti mineral suvlaridan davolash maqsadlarida foydalanadigan sog`likni saqlash muassasalari, 
ular mineral suvlardan savdo tarmog`ida sotish uchun foydalanadigan hollar bundan mustasno; 
v) farmatsevtika faoliyati bilan shug`ullanadigan va suvdan dorivor vositalar tayg`rlashda 
foydalanadiganlar; 
g) atrof muxitga zararli ta`siri oldini olish maqsadida chiqarib tashlanadigan er osti suvlari uchun 
(ishlab chiqarish va texnik extig`jlar uchun ishlatiladigan suv xajmlaridan tashkari). Masalan, sizot 
suvlarning satxini pasaytirish maqsadida chiqarib tashlanadigan zovur suvlari; 
d) uning uchun bYudjetga soliq to`lagan Yuridik shaxslardan suv olgan iste`molchilar; 
e) foydali kazilmalar kazib olish bilan yo`l-yo`lakay va shaxtadan suvni chiqarib tashlash uchun 
olingan er osti suvlari uchun, ishlab chiqarish va texnik extig`jlar uchun foydalaniladigan suv xajmlaridan 
tashkari; 
j) agregatlar ishlashi uchun suvdan foydalanganlik uchun gidroelektrostantsiyalar; 
z) birlamchi foydalanganlik uchun haq to`langan suvdan ikkilamchi foydalanuvchilar (masalan, 
sug`orish uchun kollektor-zovur tarmog`idagi suvdan foydalanish); 
i) faoliyatning asosiy turi bo`yicha qishloq xo`jalik mahsuloti etishtiruvchilar shurlangan erlarni 
sug`orishga suvdan foydalanganlik uchun. Mazkur imtig`z g`rdamchi qishloq xujaligiga ega Yuridik 
shaxslarga ham tatbiqetiladi; 
k) umumiy ishlovchilarining kamida ellik foizi nogironlar bo`lgan, nogironlarning jamoat 
birlashmalari, "Nuroniy" jamg`armasi va "O`zbekiston chernobilchilari" uYushmasi mulkida bo`lganlari, 
savdo-sotik, vositachilik, ta`minot-sotish va tayg`rlov faoliyati bilan shug`ullanuvchi Yuridik shaxslardan 
tashkari; 
l) bo`shatib olinadigan mablag`lar ular tomonidan moddiy-texnik bazani mustaxkamlashga, 
uskunalar, anjomlar, didaktik materiallar, bolalar uyinchoklari va kitoblarini harid qilishga sarflanishi 
sharti bilan nodavlat maktabgacha ta`lim muassasalari ro`yxatga olingan paytdan boshlab uch yil 
muddatga. 
9. Soliq to`lovchilarga O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi amalga kiritilishiga qadar qabul 
qilingan O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga kura taqdim etilgan soliq imtig`zlari ular taqdim 
etilgan muddat tugashiga qadar saklanadi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to`lovchilar tomonidan, dehqon xo`jaliklari (Yuridik 
shaxs tashkil etadigan va tashkil etmaydigan)dan tashkari, tasdiqlangan stavkalar bo`yicha amalda olingan 
soliqqa tortiladigan suv xajmidan kelib chiqib hisoblanadi. 
Dexkon xo`jaliklari (Yuridik shaxs tashkil etadigan va Yuridik shaxs tashkil etmaydigan) uchun suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliq davlat soliq xizmati organlari tomonidan umuman xo`jalik 
bo`yicha o`tgan yilda 1 ga sug`oriladigan erga sarflangan suv xajmidan kelib chiqib hisoblanadi. 
Soliq bo`yicha hisob-kitoblar: 
Yuridik shaxslar (dehqon xo`jaliklaridan tashkari) tomonidan yil boshidan o`sib boruvchi yakun 
bilan amalga oshiriladi va davlat soliq xizmati organlariga chorak va yillik moliyaviy hisobotlarni 
topshirish muddati uchun belgilangan muddatlarda Yuriknomaga ilova qilingan shaklda taqdim etiladi; 
jismoniy shaxslar (dehqon xo`jaliklaridan tashkari) tomonidan mustaqil amalga oshiriladi va davlat 
soliq xizmati organlariga shu soliqni to`lash uchun belgilangan muddatda (hisobot choragidan keyingi 
oyning 15 kunigacha) mazkur Yuriknomaga ilova qilingan shaklda taqdim etiladi. 


88 
Dexkon xo`jaliklariga (Yuridik shaxs tashkil etadigan va Yuridik shaxs tashkil etmaydigan) suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lash to`g`risida to`lov xabarnomalari davlat soliq xizmati 
organlari tomonidan joriy yilning 1 mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Suvni markazlashtirilgan vodoprovod tarmog`idan oladigan Yuridik shaxslar "Okavasuv" tizimi 
korxonalari bilan solishtirish jarag`nida olingan suv xajmini aniqlashtirish chogida suv xajmidagi farqni 
solishtirish amalga oshirilgan davr uchun hisob-kitoblarda aks ettiradilar. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to`lanadi: 
Yuridik shaxslar (dehqon xo`jaliklaridan tashkari) tomonidan - har oyda, hisobot oyidan keyingi 
oyning 15-kunigacha; 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan (dehqon xo`jaliklaridan 
tashkari) - har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha.
CHorak uchun suv resurslaridan foydalanganlik solig`ining umumiy summasi eng kam ish haqining 
ellik baravaridan kam miqdorni tashkil etadigan Yuridik shaxslar soliqni chorakda bir marotaba, choraklik 
moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatlarda to`laydilar. 
Soliq to`lovchilar (qishloq xo`jalik korxonalaridan tashkari) joriy yilning 15 yanvariga qadar suvdan 
foydalanish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga soliqni belgilangan limitdan kelib chiqib g`ki suv 
etkazib berish shartnomasiga kura har oyda g`ki har chorakda to`lashlari to`g`risida bildiruvnoma 
Yuboradilar. 
YAgona er solig`ini to`lashga utmagan qishloq xo`jalik korxonalari va dehqon xo`jaliklari (Yuridik 
shaxs tashkil etadigan va Yuridik shaxs tashkil etmaydigan) suv resurslaridan foydalanganlik uchun 
soliqni yilda bir marta - hisobot yilining 15 dekabriga qadar to`laydilar.
YAgona er solig`ini to`lashga utmagan qishloq xo`jalik korxonalari boshqa Yuridik va jismoniy 
shaxslar foydalangan suv xajmini olingan suvning umumiy xajmidan chiqarib tashlaydilar, bunda 1 gektar 
sug`oriladigan erni sug`orishga suv sarfining umuman xo`jalik bo`yicha o`rtacha miqdoridan kelib 
chiqiladi (boshqa Yuridik va jismoniy shaxslarning sug`oriladigan erlari ham kiradi). 
Soliq to`lovchi tomonidan ortiqcha soliq summalari to`langan taqdirda, soliqlar , yig`imlarning 
boshqa turlari bo`yicha karz mavjud bo`lmasa, ushbu summalar soliq to`lovchiga uning g`zma arizasi 
bo`yicha o`ttiz kun ichida qaytariladi g`ki bulg`usi to`lovlar hisobiga e`tiborga olinadi. 
Suv er osti va Yuzadagi manbalardan kelib tushadigan vodoprovod tarmog`idagi suvdan 
foydalanilganda soliq manbalar bo`yicha belgilangan stavkalardan kelib chiqib hisoblanadi. SHahar va 
tumanlarning davlat soliq xizmati organlari suv etkazib beruvchi korxonalardan vodoprovod tarmog`iga 
Yuzadagi va er osti manbalaridan kelib tushadigan suv xajmlari nisbati to`g`risidagi ma`lumotlarni 
olishlari va mazkur ma`lumotlarni soliq to`lovchilarga etkazishlari kerak. 
Balik xo`jaliklari suvni ma`lum suv manbasidan (kanal, darg`) oladigan va suvni ana shu suv 
manbaiga tashlaydigan hollarda, qishloq va suv xujaligi organlari tomonidan beriladigan ma`lumotnoma 
asosida olingan suv xajmidan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish paytida 
ana shu manbaga tashlanadigan suvning xajmi chiqarib tashlanadi. Balik xo`jaliklari tomonidan olingan 
suv kollektor-zovur tarmog`iga tashlangan taqdirda soliq butun olingan suv xajmi uchun to`lanadi. 
Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan binolar bir qismi, ayrim xonalar boshqa Yuridik 
va jismoniy shaxslarga ijaraga topshirilganida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni "Suvokava" 
tizimi korxonalari g`ki suv xujaligi organlari g`xud boshqa korxonalar bilan suv etkazib berish to`g`risida 
shartnoma to`zgan ijaraga beruvchilar to`laydilar. 
Bino (xona)ni ijaraga olgan va o`zlari suv etkazib berish to`g`risida shartnoma to`zgan Yuridik 
shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni mustaqil ravishda to`laydilar. 
Amaldagi korxonalar va tashkilotlar xududida ta`mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajaradigan 
Yuridik shaxslar ushbu ishlarni bajarish jarag`nida foydalaniladigan suv uchun soliq to`lamaydilar. 
Ta`mirlash-qurilish va boshqa ishlarni bajarish chogida foydalaniladigan suv xajmi uchun soliqni ular 
uchun ushbu ishlar bajariladigan korxona va tashkilotlar to`laydilar. YAngi qurilish maydonchasida 
qurilish ishlarini bajarish chogida qurilish paytida foydalaniladigan suv xajmi uchun soliqni qurilish 
tashkiloti to`laydi. 


89 
Mulkchilik va buysunish shaklidan kat`i nazar issik suv va bug` o`zatuvchi korxonalar suv 
resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni ular tomonidan Yuzadagi va er osti manbalaridan ishlab 
chiqarish va texnik extig`jlar uchun ishlatilgan suv resurslari xajmi uchun to`laydilar. 
Soliqni hisobga olish tartibi. 
Yuridik shaxslarning bYudjet bilan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo`yicha hisob-
kitoblarining buhgalteriya hisobi bYudjetga to`lovlar bo`yicha (turlar bo`yicha) karzlarni hisobga olish 
hisobvarag`ida Yuritiladi. 
hisoblab g`zilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi: 
davr harajatlarini hisobga olish hisobvarag`i debeti; 
bYudjetga to`lovlar bo`yicha karzlarni hisobga olish hisobvarag`i krediti. 
BYudjetga o`tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi: 
bYudjetga to`lovlar bo`yicha karzlarni hisobga olish hisobvarag`i debeti; 
pul mablag`larini hisobga olish hisobvarag`i krediti. 
Soliq to`lovchilar davlat soliq xizmati organlarining karorlari va ular mansabdor shaxslarining 
harakatlari ustidan davlat soliq xizmatining Yuqori organlari g`ki sudga shikoyat qilish huquqiga egalar. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to`lovchilar O`zbekiston Respublikasi qonun 
hujjatlariga muvofik javobgar bo`ladilar. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning to`g`ri hisoblab chiqilishi va to`lanishi ustidan 
nazorat O`zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan, O`zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlariga muvofik amalga oshiriladi. 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasining
HISOB-KITOBI 
200_ yil _-chorak uchun 
Xajm 
Yuzadagi 
manbalar 
Er 
osti 
manbalari 
Jami 
Yil 
boshi 
dan 
Xiso 
bot 
choragi 
uchun 
Yil boshi 
dan 
Xiso 
bot 
choragi 
uchun 
Yil boshi 
dan 
Xiso 
bot 
choragi 
uchun 
1. Hisobot davri uchun 
olingan suvning umumiy xajmi 
kub. m 
460000
200000
660000 
2. Soliq solinadigan 
bazadan chiqariladigan suv 
hamji kub. m 
10000 

10000 
3. Hisobot davri uchun 
soliq solinadigan suv xajmi 
(1-satr 2- satr) kub. m
45000 
200000
650000 
4. 1 kub. m, uchun soliq 
stavkalari, tiyin 
326,9 
420,5 

5. Hisobot davri uchun 
to`lanadigan soliq summasi 
sum 
1471150
841000
988115

6. Hisobot davri uchun 
bYudjetga oldin to`langan 
soliq summasi 
600000
400000
100000

7. Hisobot davri uchun 
to`lanishi kerak 
871150 
8010000 
888115



90 
O`z-o`zini nazorat qilish uchun savollar 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni joriy etishdan maqsad nimada? 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to`lovchilari kimlar hisoblanadi? 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning bYudjet daromadlaridagi hissasi qanday? 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqning stavkalari qanday va soliqqa tortiladigan ob`ekt 
nima? 
Suv resurslaridan foydalanganlik uchun solig`ini hisoblash va to`lash tartibi qanday? 

Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə